Muallif Mavzu: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda  ( 71639 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Adolat.Net

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 48
ALIMENT TO’LAMAGANLARGA JAZO BORMI?

Ismingiz: Kapalak

Savolingiz:  To’rt nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to'lamagan odamga qanday jazo bor?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 136-moddasiga ko’ra, aliment olish huquqiga ega bo’lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so’ng qancha muddat o’tganligidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to’g’risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
 Mazkur shaxs, nizo bo’lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo’lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko’rib chiqiladi. Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.
Mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan “aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so’ng” iborasi, voyaga yetmagan farzandlar uchun aliment undirishda, masalan, nikohning bekor bo’lishi munosabati bilan, ushbu nikoh davomida tug’ilgan voyaga yetmagan farzandlar kimning qaramog’ida qolsa, ushbu tomonning ikkinchi tarafdan aliment undirish huquqi vujudga kelishini tushunish lozim.
Aliment undirish to’g’rida sudga murojaat qilinganda, agar nizoli holatlar mavjud bo’lsa, sud ishni ko’rib chiqib, aliment undirish to’g’risida hal qiluv qarori chiqaradi. Agar taraflar o’rtasida nizoli holatlar bo’lmasa, aliment undirish to’g’risidagi ish buyruq tartibida ko’rilib, natijada aliment undirish to’g’risida sud buyruq chiqaradi. Har ikki holatda sud tomonidan chiqarilgan aliment undirish to’g’risidagi qaror sud hujjati bo’lib, uning ijro qilinishi majburiy hisoblanadi. Sud hujjati asosida talab qilinayotgan alimentni to’lashdan bo’yin tovlash jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 130-moddasiga ko’ra, taraflar o’rtasida aliment to’lash to’g’risida kelishuv tuzilishi mumkin. Ushbu kelishuv yozma tarzda tuzilib, notarial tasdiqlanadi va ijro varaqasi kuchiga ega bo’ladi. Ya’ni, aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv bo’yicha aliment to’lash ham majburiy bo’lib, ushbu majbiriyatni bajarishdan bo’yin tovlash ham jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida aliment to’lashdan bo’yin tovlashga nisbatan quyidagicha norma o’rnatilgan:
“122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash
Moddiy yordamga muhtoj bo’lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlahdan bo’yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo’lgan mablag’ni jami bo’lib uch oydan ortiq muddat mobaynida to’lamaslik,-
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O’sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo’lsa,-
Ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Sud hujjatlarini bajarishdan bo’yin tovlash va ularning ijro etilishiga to’sqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi 2009-yil 10-aprel qarorining 17-bandiga ko’ra,  sud hujjatining ijro etilishiga to’sqinlik qilish alohida jinoyat tarkibini tashkil etganligi sababli, voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlayotgan shaxsning sud hujjatini ijro etilishiga to’sqinlik qilishi yuqorida keltirilgan Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan birga Jinoyat kodeksining 232-moddasi bilan qo’shimcha kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat kodeksining 232-moddasida quyidagicha norma belgilangan:
“ 232-modda. Sud hujjatini ijro etmaslik
Muayyan harakatlarni sodir etish yohud sodir etishdan o’zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo’yin tovlashni ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin davom ettirish, shuningdek, sud hujjatining ijro etilishiga to’sqinlik qilish,-
Eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O’sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etigan bo’lsa,-
Eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch oydan olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Demak, aliment to’lashdan bo’yin tovlash, farzandlar sonidan qat’i nazar jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.  Agar aliment to’lovchi sudning aliment to’lashdan to’la yoki qisman ozod etish to’g’rsidagi qarori mavjud bo’lmagan taqdirda, o’zining moddiy ahvoli yomonligini vaj qilib aliment to’lamayotgan bo’lsa ham yuqorida keltirilgan Jinoyat kodeksi moddalari bo’yicha javobgarlikka tortiladi.
Manba: www.adolat.net

Adolat.Net

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 48
ODAM SAVDOSI QURBONIMAN: KIMGA MUROJAAT QILAY?

Ismingiz: AbduAziz

Savolingiz: Men, akam va bir necha kishi Belarusga ishlagani borgan edik. Bir o’zbek yigit chaqirtirgan edi. Fermada ishladik, keyin balsam, bizni aldab chaqirgan ekan. Bizni qiynab ishlatdi, 7-8 oylab ishlab qiynalib yurgan yigitlar, ayollar bor. Bitta men u yerdan qochdim, qolganlarga yordam beraman deb va’da berdim. Hozir hujjatsiz Moskvada yuribman, akam va boshqalar o`sha yerda. Oyliksiz, kaltak yeb ishlashyapti. Qanday yo`l tutay, kimga murojaat qilay? Militsiyaga aytgan edik, u ham sotilgan shekilli, hech narsa qilolmayapti. Ular hozir (Belarus Respublikasi Gomel viloyati Lelchitsa tumani Astrajanka qishlog`ida) fermada.

Javob: O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurashishga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiyasini, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Konvensiyasini to‘ldiruvchi "Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqida"gi Protokolni ratifikatsiya qilgan, "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida" Qonun qabul qilingan va xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga doir unga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunida bu mavzuga oid asosiy tushunchalarga quyidagicha ta’rif beriladi:
“3-modda. Asosiy tushunchalar
odam savdosiga qarshi kurashish — odam savdosining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat;
odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka o‘xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olishni anglatadi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs — mustaqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bog‘liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek o‘z harakatlari bilan odam savdosiga ko‘maklashadigan, xuddi shuningdek, garchi o‘z mansab vakolatlariga ko‘ra to‘sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo‘lsa ham, odam savdosiga to‘sqinlik qilmaydigan yoki qarshi kurashmaydigan mansabdor shaxs”.
Qonun odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari vakolatlarini belgilaydi va unga ko'ra Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligi faoliyati odam savdosi bo'yicha ishlarda quyidagi sohalarni qamrab oladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi odam savdosiga qarshi kurashish sohasida:
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etadi hamda amalga oshiradi, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazilishini ta’minlaydi;
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning statistika hisobini tashkil etadi va amalga oshiradi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalarning faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar hamda boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalar haqida tegishli davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlariga axborot taqdim etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda aholi o‘rtasida keng miqyosda ogohlantirish-profilaktika ishlarini o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan, ichki ishlar organlari vakolatiga kiradigan tadbirlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati odam savdosiga qarshi kurashish sohasida:
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlarning odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bilan aloqalarini aniqlaydi;
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv hamda dastlabki tergov o‘tkazadi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va odam savdosidan jabrlanganlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tishga urinishlarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi.
Davomi...

Adolat.Net

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 48

PREZIDENT FARMONLARI QANDAY HUQUQIY MAQOMGA EGA?

Ismingiz: Compromise

Savolingiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band bo’lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi Farmoni mavjud va bu farmonga ko'ra bino inshootlar tagida yerlar xususiylashtirilishi rejalashtirilgan edi. Shu farmonni sakkizinchi bandida “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin”, deb yozilgan. Bu farmon tavsiya ko'rinishidagi farmonmi yoki majburiy farmonmi? Farmonda aytilgan masalalarni amalga oshirish uchun davlat tomonidan biror-bir chegaraviy muddat qo'yilganmi? Masalan, shu muddatgacha bu farmon bajarilmasa, farmon o'z kuchini yo'qatadi, degan qoida mavjudmi? Bu farmon bekor qilinishi mumkinmi? Bekor qilinishi uchun O'zberkiston Prezidenti tomonidan qanday qaror yoki farmon chiqarilishi lozim?

Javob: O’zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi qonunining 6-moddasida O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari sanab o’tilgan bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
“Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlari hisoblanadi va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlar  hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlari hisoblanadi”.
Mazkur qonunning 10-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari haqida qoida o’rnatilgan:
“O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi”.
Demak, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi hamda qonun osti hujjatlar tarkibiga kiradi.
Ushbu qonunning 28-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilish muddati to’g’risida qoida belgilangan bo’lib, unga ko’ra:
“Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqa izoh berilmagan bo‘lsa, muddatsiz amal qiladi.
Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda unda hujjat (yoki uning qismi) qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar o‘z kuchini saqlab qolishi ko‘rsatilishi zarur.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning amal qilinishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish to‘g‘risida yoki hujjatga muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin”.
Bundan tashqari, normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) quyidagi hollarda amal qilishdan to’xtaydi:
“normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa boshlanganda;
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda konstitutsiyaviy emas deb topilganda;
Davomi...

Adolat.Net

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 48

TALABA ONAGA BOLA PULI BERILMAYDIMI?

Ismingiz: Zilola

Savolingiz: 2007–2009-yillarda men magistratura bosqichida kontraktda o'qir edim, ishlamaganman. Bolamga 2 yoshgacha bo'lgan bola pulini olish uchun mahallaga murojaat qilganimda menga: siz stipendiya olar ekansiz, sizga pul berilmaydi deyishdi. Kontraktda o'qiyman, mana hujjat desam inobatga olishmadi. Buning ustiga diplom himoya qiladigan oyda hujjat yig'dim, ya'ni o'sha oydan boshlab stipendiya olmas edim. Eringiz va sizning stipendiyangiz oshib ketibdi, 8 ming so'm oshiq chiqayapti deb o'tkazishmadi. Hozir ikkinchi bolam 5 oylik bo'ldi. Aspiranturada o'qiyman. Nima qilsam bo'ladi, qanday hujjatlar yig'ay, xo'jayinimning necha oylik ish haqlarini ko'rsatishim lozim, aspiranturaning stipendiyasi ham daromadga kiradimi? Mening o'g'lim ikki tomonlama maymoq tashxisi bilan tug'ilgan. Nogironlik nafaqasini olmoqchi edim, agar nogironlik nafaqasini olsam bir vaqtning o'zida 2 yoshgacha bo'lgan bola pulini ham olsam bo'ladimi yoki bittasi beriladimi?

Javob: Ishlamayotgan va ikki yoshga yetmagan bola tarbiyasi bilan band bo‘lgan onalarga bola parvarishi davrida nafaqa tayinlash va to‘lash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-martda ro‘yxatga olingan “Ishlamayotgan onalarga ikki yoshga yetmagan bolalarini parvarishlash davrida nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda tartibga solingan. Nizomga ko‘ra, ikki yoshga yetmagan bola tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan, ishlamayotgan (mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida yollanib ishlamayotgan) shaxs sifatida nafaqa olish huquqiga quyidagilar ega bo‘ladilar:
a) ishlamayotgan onalar yoki ular o‘rnini bosayotgan shaxslar (odatda bolaning otasi, farzandlikka olgan shaxs, vasiy va boshqalar);
b) to‘lov-kontrakt asosida oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limida ta’lim olayotgan ishlamayotgan onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (bola parvarishi bilan bevosita shug‘ullanayotgan shaxslar);
v) yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibda tadbirkorlik qilayotgan, yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida a’zo sifatida ishlayotgan onalar (ularning o‘rnini bosayotgan shaxslar). Nafaqa tayinlashni so‘rab fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga ariza bilan murojaat qilishi lozimligi ko‘zda tutilgan. Qishloq, shaharcha, ovul, mahalla fuqarolar yig‘inining yoki u vakolat bergan komissiyaning nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qarori nafaqa tayinlanishi uchun asos bo‘ladi.
Nafaqa onaning mehnat staji bor-yo‘qligi, bolalarining sonidan qat’i nazar, 2003-yil 18-yanvardan boshlab 200 foiz miqdorida tayinlanadi. Nafaqa 12 oy muddatga, ammo bola 2 yoshga yetishi muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrga tayinlanadi. Nafaqaga muhtojlik saqlanib qolgan taqdirda avval tayinlangan nafaqa to‘lash muddati tamom bo‘lishiga 1 oy qolganda mahalla qo‘mitasiga takroran ariza beriladi va ariza ko‘rib chiqilib, uni tayinlash haqida yangidan qaror qabul qilinadi.
Davomi...

ibrohim

  • Mehmon
hurmatli Adolat.Net ma'muriyati , sizlarga bir savolim bor edi...

Nega talaba 4 yil davomida kontrakt asosida o'qib kontrakt pulini to'laydi-yu unga 4-kursning oxirgi oyi - avgust oyida stipendiya berishmaydi? Nega..?

oldindan rahmat....

Adolat.Net

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 48

SABABINI KO’RSATMASDAN ISHDAN BO’SHATISH MUMKINMI?

Ismingiz: Alisher

Savolingiz: Men 2006-yildan boshlab shahar kasalxonasida terapevt shifokor sifatida ishlay boshladim va 2010-yil fevral oyigacha shu yerda mehnat faoliyatimni davom ettirdim. 2010-yili fevral oyida mehnat ta’tiliga chiqib oilam bilan Rossiyaninig Samara shahriga to'yga bordik. Bu yerda men muzga yiqilib tushdim va oyog'imni ikki joyidan sindirib oldim. Shu holatda meni Samaraning shahar kasalxonasiga joylashtirishdi. Kasalxonada ikki oy davolanib uyga qaytdim. Bu yerda “siz ishga o’z vaqtida kelmadingiz” degan so’zlar bilan meni ish joyimdan bo’shatib yuborishibdi. Hozirgi kungacha kasalxona rahbaryati meni Mehnat kodeksining qaysi moddalari asosida ishdan bo’shatganliklarini tushintirib berishmayapti. Ular meni Mehnat kodeksining qaysi moddalariga asosan ishdan bo’shatishgan bo’lishi mumkin?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 4-bandiga ko’ra, xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi sababli ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzish quyidagi qoidalar asosida tartibga solinadi:
ichki mehnat tartibi qoidalari;
korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar.
Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzishi qo‘pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning og‘ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi. Kasalxona ichki mehnat tartibi qoidalari yoki yuqorida keltirilgan hujjatlarning biriga ko’ra, garchi  mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan davringizga to’g’ri kelgan bo’lsada ish beruvchini bu haqia xabardor etmagan holda ikki oy davomida muntazam ishga bormaslik mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo’lgan mehnat vazifasini qo’pol ravishda buzish holati hisoblanishi mumkin.
Davomi...

Adolat.Net

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 48
XORIJDA TURIB PASPORTNI ALMASHTIRISH MUMKINMI?

Ismingiz: O'zbegim

Savolingiz: Chet eldagi fuqorolar elchixona orqali pasport almashtirishi mumkinmi? Ko'p hollarda elchixona o'sha fuqoroni o'zi O'zbekistonga borib almashtirishini aytmoqda, fuqoroning chet eldan turib elchixona orqali pasport almashtirish huquqi bormi?

Javob: “Xorijdagi O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasport berish va almashtirish Tartibi” ga ko’ra, xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari O’zbekiston Respublikasining ular yashayotgan mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalaridan yangi pasport olishlari yoki pasportlarini almashtirishlari mumkin.
Pasport olish uchun xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston fuqarolari diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:
belgilangan ariza;
oldin mavjud bo’lgan pasport;
tug’ilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga to’lib, ilk bor pasport oluvchilar uchun);
35x45 mm o’lchamidagi oq-qora yoki rangli ikkita fotosurat;
zarur hollarda, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan qonunchilikka ko’ra, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi pasport berishlari va pasportlarini almashtirishlari lozim.
Agar diplomatik vakolatxona yoki konsullik muasasasi fuqaroga O’zbekistonga borib yangi pasport olishi yoki pasportini almashtirishini aytayotgan bo’lsa, mazkur diplomatik vakolatxona yoki konsullik muasasasida pasport berish va pasport almashtirish yuzasidan muammolar yoki kamchiliklar mavjud bo’lishi mumkin. Pasport berish yoki pasport almashtirishni rad etish sababini ularning o’zidan so’rash lozim. Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijdan turib O’zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali yangi pasport olish yoki pasportni almashtirish huquqi mavjud.
Manba

Adolat.Net

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 48

“PROPISKA”SI YO’QLAR TOSHKENTDAN UY OLISHI MUMKINMI?

Ismingiz: Farruh

Savolingiz: Biz Toshkentdan uy olmoqchimiz, lekin bizni propiskamiz Toshkentda emas, shunday holda biz nima qilsak bo'ladi? Toshkentda propiska bo'lmagan holda Toshkentdan uyni o’z nomiga olishning yo'li bormi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-dekabrdagi “Toshkent shahrida uy-joy sotib olishni tartibga solishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar tog’risida”gi qarori hamda 1999-yil 27-fevraldagi “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish to’g’risida”gi 92-sonli qarorining 2-bandiga ko’ra, xorijiy fuqarolarni, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo’lgan davlatlar fuqarolarini, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni va respublikaning boshqa mintaqalaridan kelayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro’yxatdan o’tkazish Ro’yxatdan o’tkazish masalalari bo’yicha maxsus komissiyaning asoslangan xulolasi asosida amalga oshiriladi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi maxsus komissiya respublikaning boshqa mintaqalaridan keladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish masalalarini ham hal etadi, uy-joy sotib olishni xohlovchi fuqarolarga ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning bir nusxasini beradi.
O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalari aholisi uy-joy sotib olayotgan tomon hisoblangan taqdirda uy-joyni sotib olish, ayirboshlash, hadya qilish yoki garovga qo’yish haqidagi bitimlarni notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni “Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasi organlarida davlat ro’yxatidan o’tkazish faqat Maxsus komissiyaning Toshkent shahrida ro’yxatdan o’tishga ruxsat berish to’g’risidagi qarori taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Demak, yuqorida keltirilgan qarorning 2-bandi 1-qismiga binoan O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida, ya’ni boshqa viloyatlarida doimiy yashovchi fuqaro Toshkent shahrida doimiy ro’yxatdan o’tishi uchun Ro’yxatdan o’tkazish komissiyasining asoslangan qarori mavjud bo’lishi talab qilinadi. Bunday komissiyalar Toshkent shahar hokimligi huzurida tashkil etiladi.
Davomi...

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19277
  • Jins: Ayol
Yana bir savol, 4 farzandi uchun aliment to'lamagan odamga qanday jazolar bor?
Bolalar hali voyaga yetmagan.

 :as:

Juda dolzarb savollarga javob berganingiz uchun katta rahmat. Meni yuqoridagi savolimga ham vaqt ajratsangiz minnatdor bo'lardim...

Adolat.Net

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 48
Kapalak, sizning savolingizga javob berilgan. Shu betning o'zida  7 post yuqoriga chiqsangiz javobni ko'rasiz.

Adolat.Net

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 48

O’ZBEKISTON FUQAROLIGIDAN VOZ KECHGAN ODAM UNI QAYTA OLISHI MUMKINMI?

Ismingiz: Jasur

Savolingiz: Bir oshnam Rossiya fuqaroligini olgan edi, u yana O’zbekiston fuqaroligini olishi mumkinmi?

Javob: “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida” gi qonunning 18-moddasiga ko’ra, ilgari O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan shaxs o‘z iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklanishi mumkin.
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qayta tiklash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qayta tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish uchun yuqorida ta’kidlangan Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Arizada O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum bo‘lish sabablari ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasi materiallarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qarorlar qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
Davomi...

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19277
  • Jins: Ayol
Yangi savol-javoblarni kutamiz...

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Savol: MCHJ Shaklida tashkil qilingan firmadagi o'z ulishini boshqa bir shaxsga xadya qilayotgan bo'lsa, yoki sotayotgan bo'lsa (notariyal idora orqali) soliq to'laydimi? Agar soliq to'lasa, qanday soliq turlari mavjud. Javob uchun oldindan raxmat!
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19277
  • Jins: Ayol
 :asl3:

Adolat, net, yaxshi mavzu edi, "tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydida"  :D

Laziz3003

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 1
Salom alekum mani savolim; firmamizda ishlagan oldingi bosh hisobchi vaqtida to'lovlarni amalga oshirmaganligi sabali direktorimiz ancha jarima to'ladi endi o'sha vaqtdagi bosh hisobchini sudga bermoqchimiz biz kimganima dib qaysi sudga yoki prokroturaga o'zimiz murojat qilib o'zimiz sudag bera olamiz shu haqda batafsil ma'lumot bersangiz oldindan raxmatJavoblarizni kutaman

 

Internet orqali bepul telefon

Muallif ZiyoBo'lim Fan va texnika

Javoblar: 35
Ko'rilgan: 36067
So'nggi javob 21 Iyun 2011, 23:19:15
muallifi ibnUyayna
Foydali maslahatlar

Muallif maknunaBo'lim Madaniyat

Javoblar: 206
Ko'rilgan: 124321
So'nggi javob 14 Dekabr 2011, 12:46:52
muallifi ibnUyayna
Musofir uchun faydali maslahatlar...

Muallif ZiyoBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 10918
So'nggi javob 15 Sentyabr 2006, 01:48:49
muallifi Ziyo
do`stlar uchun foydali maslahatlar!

Muallif JaviKBo'lim Salomatlik

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 9361
So'nggi javob 14 Iyun 2013, 16:04:52
muallifi Muxsiya
Yuzingiz uchun niqoblar va maslahatlar.

Muallif RukhiyaBo'lim Salomatlik

Javoblar: 42
Ko'rilgan: 105081
So'nggi javob 09 Oktyabr 2011, 18:29:43
muallifi BelleQizcha