ISLOM.UZ SAYTIDAN FOYDALANISH QONUNIYMI?
Ismingiz: Anonim
Savolingiz: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning
www.islom.uz sayti va boshqa shunga o’xshash ichida terror, davlat siyosatiga qarshi gaplar bo’lmagan sof diniy materiallardan iborat veb-saytlarga kirish, ulardagi materiallardan ta’lim maqsadida foydalanish va saqlash qonun bilan qanday chegaralangan? Buning uchun huquqiy javobgarlik bormi? Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 184-moddasini batafsil tushuntirib, masalaga oydinlik kiritsangiz, shoyadki huquqimizni bilib olsak.
Javob: O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 184-moddasi "œJamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash" deb nomlanadi:
"œ184-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da‘vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash —materiallarni hamda ularni tayyorlash va tarqatishning tegishli vositalarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa —yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma‘muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi".
Ushbu modda mazmun jihatidan ikki qismga bo’linadi:
Birinchisi, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash.
Ikkinchisi, ushbu turdagi materiallarni tarqatish maqsadida saqlash.
Mazkur moddaning mazmunidagi jamoat xavfsizligi deganda insonlar hayotiga va mol-mulkiga xavf solishning oldini olish tushuniladi. Jamoat tartibi esa jamoat joylarida shakllangan ijtimoiy munosabatlar tarmog’idir. Bu tarmoqni shakllantirish orqali insonlar mehnat faoliyati, turmushi va dam olishi, shuningdek, ijtimoy axloq, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish talablariga rioya qilish uchun osoyishta vaziyat va qulay sharoit ta’minlanadi. Demak, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar deganda jamoat joylarida shakllangan ijtimoiy munosabatlar hamda inson hayoti va mol-mulkiga nisbatan xavf soladigan varaqalar, kitoblar, plakatlar, videokassetalar, disklar kabi materiallar tushuniladi. Bu turdagi materiallarni tarqatish deganda, bu kabi materiallarni ommaviy axborot vositlarida e’lon qilish, osib qo’yish, ko’pchilik oldida e’lon qilish, ya’ni bu kabi materiallarning yozma va og’zaki usulda hech bo’lmaganda bir shaxsga oshkor etilishi tushuniladi. Ushbu turdagi materiallarni hatto bir nusxasini saqlash ham ushbu moddada nazarda tutilgan saqlash hisoblanib, javogarlikka tortilishga asos bo’ladi.
Davomi...