ODAM SAVDOSI QURBONIMAN: KIMGA MUROJAAT QILAY?
Ismingiz: AbduAziz
Savolingiz: Men, akam va bir necha kishi Belarusga ishlagani borgan edik. Bir o’zbek yigit chaqirtirgan edi. Fermada ishladik, keyin balsam, bizni aldab chaqirgan ekan. Bizni qiynab ishlatdi, 7-8 oylab ishlab qiynalib yurgan yigitlar, ayollar bor. Bitta men u yerdan qochdim, qolganlarga yordam beraman deb va’da berdim. Hozir hujjatsiz Moskvada yuribman, akam va boshqalar o`sha yerda. Oyliksiz, kaltak yeb ishlashyapti. Qanday yo`l tutay, kimga murojaat qilay? Militsiyaga aytgan edik, u ham sotilgan shekilli, hech narsa qilolmayapti. Ular hozir (Belarus Respublikasi Gomel viloyati Lelchitsa tumani Astrajanka qishlog`ida) fermada.
Javob: O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurashishga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiyasini, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Konvensiyasini to‘ldiruvchi "Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqida"gi Protokolni ratifikatsiya qilgan, "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida" Qonun qabul qilingan va xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga doir unga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasining "œOdam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida"gi qonunida bu mavzuga oid asosiy tushunchalarga quyidagicha ta’rif beriladi:
"œ3-modda. Asosiy tushunchalar
odam savdosiga qarshi kurashish — odam savdosining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat;
odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka o‘xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olishni anglatadi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs — mustaqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bog‘liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek o‘z harakatlari bilan odam savdosiga ko‘maklashadigan, xuddi shuningdek, garchi o‘z mansab vakolatlariga ko‘ra to‘sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo‘lsa ham, odam savdosiga to‘sqinlik qilmaydigan yoki qarshi kurashmaydigan mansabdor shaxs".
Qonun odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari vakolatlarini belgilaydi va unga ko'ra Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligi faoliyati odam savdosi bo'yicha ishlarda quyidagi sohalarni qamrab oladi:
"œO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi odam savdosiga qarshi kurashish sohasida:
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etadi hamda amalga oshiradi, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazilishini ta’minlaydi;
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning statistika hisobini tashkil etadi va amalga oshiradi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalarning faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar hamda boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalar haqida tegishli davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlariga axborot taqdim etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda aholi o‘rtasida keng miqyosda ogohlantirish-profilaktika ishlarini o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan, ichki ishlar organlari vakolatiga kiradigan tadbirlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati odam savdosiga qarshi kurashish sohasida:
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlarning odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bilan aloqalarini aniqlaydi;
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv hamda dastlabki tergov o‘tkazadi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va odam savdosidan jabrlanganlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tishga urinishlarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi.
Davomi...