Oxiratga Tayyorgarlik  ( 26880 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


UzMuslim  26 Avgust 2010, 20:57:32

:bsm:
O’limdan keyin odam uchun eng qiyin bekatlardan biri- bu hisob-kitob bekatidir. Alloh Taolo bu haqda Qur’oni karimda bunday deydi:

اقْتَرَبَ لِلنَّاسِ حِسَابُهُمْ وَهُمْ فِی غَفْلَةٍ مَّعْرِضُونَ

Odamlarga hisobotlari (qiyomat kuni) yaqinlashib qoldi. Ular hanuz g'aflatda, (imon va amaldan) yuz o'giruvchidirlar.
(Anbiyo, 1-oyat)

وَكَأَیِّن مِّن قَرْیَةٍ عَتَتْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهَا وَرُسُلِهِ فَحَاسَبْنَاهَا حِسَابًا شَدِیدًا وَعَذَّبْنَاهَا عَذَابًا نُّكْرًا
Qanchadan-qancha qishloq (shahar)lar borki, o'z Parvardigorlari va Uning payg'ambarlari amridan bosh tortgandirlar, bas, Biz ularni qattiq hisob-kitob qilganmiz va xunuk azob bilan azoblaganmiz.
(Taloq surasi, 8-oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 20:58:01

Endi oxirat olami haqida kelgan ba’zi hadislarni keltirmoqchimiz. Shayx Saduq payg’ambarimiz (saov)dan naql qiladi:

Qiyomat kunida to’rt narsa haqida so’ralmaguncha biron qadam bosilmaydi. Shunda sahobalar bu to’rt savol nima haqidadir?-deb so’rashdi. Hazrat bunday deb javob berdilar:

1- Umr haqida, ya’ni umringni nima ishlarga sarflading/-deyiladi

2- Yoshlik haqida, ya’ni yoshligingni nima bilan o’tkazgansan?-deyiladi;

3- Mol-davlat haqida, qaysi yo’l bilan topilgani va nimalarga sarflangani haqida;

4- Mening ahli baytyimga nisbatan bo’lgan muhabbat haqida so’raladi.

Yuqorida aytilganlar savol-javob haqida edi. Endi hisobga keladigan bo’lsak,

birinchi hisob namoz haqida bo’ladi. Agar banda bu hisobi, ya’ni namozlari qabul bo’lgan bo’lsa, boshqa hamma hisoblar ham qabul bo’ladi, mabodo namoz hisobidan o’ta olmaydigan bo’lsa, u holda hech bir amali qabul bo’lmaydi.

Namoz qabul bo’lishi-hamma amallarning qabul bo’lishi demakdir.

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 20:58:22

Ikkinchi hisob qarz haqidadir. Shayx Saduq "œMan la yahzuruhul faqih" hadislar kitobida keltirilishicha, payg’ambarimiz (saov) qarzni o’tamaslik gunohi haqida gapirib jumladan shunday deb marhamat qildilar; Qiyomat kunida qarzi to’lanmagan odam qarzdor ustidan shikoyat qilib keladi. Shunda qarzdor odamning qancha savobi bo’lsa, haqini ololmagan insonga beriladi. Agar qarzdor odamning savobi yo’q bo’ladigan bo’lsa, u holda qarz berib pulini ololmagan odamning gunohlari qarzini bermagan odamga o’tkaziladi.

Shirk keltirish gunohining hisobi og’irdir. Shayx Kulayniy "œKofiy" da imom Zaynul-Obidindan naql qiladi: Shirk keltiruvchilar to’da-to’daqilib Jahannam qa’risiga uloqtiriladilar.

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 20:58:47

Boylarning og’ir hisoblari: Shayx Saduq "œMan la yahzuruhul faqih" hadislar kitobida keltirilishicha, imom Sodiq (a.s) bunday deb aytgan edi: Qiyomat kunida Jannatga kiruvchilardan ikki kishi hisob-kitob uchun yo’ldan to’xtatilib qolinadi. Ulardan biri- faqir, ikkinchisi esa- boy bo’lib yashagan odamlardir. Faqir bunday deb Allohga yolvoradi:

- Xudoyo, nima uchun meni Jannat yo’lidan to’xtatib qo’yding? Sening Izzatingga qasam ichib aytamanki, menga hukumat qilishni topshirib qo’ymagan edingku, adolatsizlik va zulm qilgan bo’lsam, ko’p molu-davlat bermagan edingki, Sening haqqingni unda ado etmagan bo’lsam, bergan rizqing amallab kun kechirishimga yetar edi xolos, O’zing buni yaxshi bilguchisan!

- Bandam rost aytyapti, bu mo’min bandamni jannatga kirishiga yo’l beringlar - degan ovoz eshitiladi.

Keyin badavlat bo’lib yashagan mo’minni hisob uchun keltirishadi. U shunchalik u yerda qolib ketadiki, yuzidan quyilgan terlar qirq tuyani sug’orishga yetgulik miqdorda bo’ladi. Nihoyat uni (mo’min banda bo’lgani uchun) Jannatga kirgizishadi. Jannatga kirganida uni ko’rgan faqir "œNamuncha qolib ketding?"- deb so’raydi. U esa:

- Hisobim cho’zilib ketdi - deydi. Alloh Taolo bergan har bir ne’matini hisobini mendan so’radi, yengillik qilgan joylarimni o’z marhamati bilan kechirib, keyingi ne’matining hisobiga o’tdi. Shu tarzda menga berilgan barcha ne’matlarning hisob-kitobini qilib oxiri mana rahmatiga noil qildi-deb javob beradi. Keyin esa hayron bo’lib-Sen o’zing kimsan? - deb so’raydi, shunda faqir odam "œSen bilan birga hisob uchun to’xtatilgan faqir bo’lib yashagan bandaman, deydi. Haligi odam esa "œSeni also tanimabman" deydi (Chunki anchadan beri Jannatda bo’lib shaklu-shamoyili ham go’zallashib qolgan bo’ladi ).

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 20:59:37

Gunohlar sonining hisobi: Bir kuni hazrat  rasululloh (saov) sahobalari bilan hech bir giyoh unmaydigan taqir yerda to’xtadilar va sahobalarga qarab "œBoringlar o’tin yig’ib kelinglar" dedilar. Sahobalar:

- Ya Rasululloh, axir hech narsa o’smaydigan taqir biyobondan qanday qilib o’tin yig’amiz?-deyishdi. Hazrat

- Mayli kim qancha yig’a olsa yig’ib kelsin, yaxshilab qidirsangizlar yoqishga yaroqlik biron narsa topib kelasizlar-dedilar.

Ko’p o’tmay talaygina has-cho’p va o’tinlar yig’ilib qoldi. Shunda rasululloh (saov) bunday deb marhamat qildilar:

- Qaranglar, bironta o’tin topa olmaymiz degan yerdan shuncha o’tin to’plab qo’ydingiz. Qiyomatda ham odam hech bir gunohi yo’q deb o’ylaganida agar hisob kitob qilinsa bir dunyo gunoh topish mumkin. Shuning uchun Allohning adolati va hisob-kitobidan qo’rqmoq va rahmatidan umidvor bo’lmoq lozimdir.

Qayd etilgan


UzMuslim  28 Avgust 2010, 16:34:33

Kunlardan bir kuni hazrat Rasululloh (sav) Masjidul Harom yonida shaytonni uchratdilar-da, unga qarab: Ey nafratga uchragan, nima uchun mendan hafasan? —deb so’radilar. Shunda shayton bunday deb javob berdi: Men hamma odamlarni yo’ldan urib gumroh qilaman deb harakat qilaman. Sen esa Qiyomat kunida odamlarni shafoat qilib men chekkan hamma zahmatlarimni chipakka chiqarasan. Shuning uchun seni ko’rarga ko’zim yo’q!

Hazrat Rasululloh (sav): Xo’sh ummatimni nima uchun yomon ko’rasan?-deb so’radilar. Shayton bunday dedi: Chunki sening ummatingning ba’zi xususiyatlari bordirki, boshqa ummatlarda yo’qdir.

Bular quyidagilardir:


1.      Ummating a’zolari bir-birlarini ko’rganlarida o’zaro salom beradilar, Salom Allohning ismi bo’lgani uchun men undan qo’rqaman.

 2.      Uning ustiga bir-birlariga salomlashganlarida qo’l berishadi. Bir-birlariga qo’l berib so’rashganlarida esa gunohlari duv-duv to’kiladi.

Qayd etilgan


UzMuslim  28 Avgust 2010, 16:35:59

3.      Namozlar ichida ayniqsa bomdod namoziga ko’p ahamiyat beradilar.Kechasi ulrning tepasida qo’riqchilik qilgan farishtalar qilingan kechasidagi amallarni yozib qo’yadilar Bomdod azoni paytida esa o’z o’rinlarini kunduzgi farishtalarga beradilar. Ya’ni farishtalar doimo ularni o’rab turganidan keyin mening qiladigan fitnalarim natijasiz qoladi.

  4.      Ovqat yeyishdan oldin "œBismillah"ni aytishadi, shuning uchun ovqatlariga sherik bo’la olmay, och qolib ketaman.

   5.      Sening ismingni aytganlarida doimo salavot aytadilar va shunchalik ko’p savob oladilarki, men qochishga majbur bo’laman.

Qayd etilgan


UzMuslim  28 Avgust 2010, 16:37:55

6.   Biron ish qilishdan oldin "œInshaalloh" deb aytishadiki, natijada men ishlariga aralasha olmayman.

   7.      Sening ummating doimo sadaqa berib turadi, buning natijasida ham ko’plab savobga ega bo’ladilar. Uning ustiga tushadigan balolarni ham bu sadaqa berishlari bilan daf qiladilar. Mening butun umidmni barbod qiladilar. Hazrat Rasululloh (sav) shundy deb marhamat qilagan edilar: Qachon biror mo’min sadaqa beraman deb qo’lini cho’ntagiga uztganida shayton kelib uni vasvasa qiladi va bu ishni qilishdan qaytaradi. Qachonki usha odam shayton vasvasasiga ahamiyat bermay sadaqa bersa, shayton usha yerdan qochadi.

   8.      Qur’oni Karimni tilovat qiladilar. Qaysi uyda Qur’on tilovat qilinar ekan men uchun usha uyda joy qolmaydi. Chunki farishtalar u yerda raftu-omad qiladilar.

Qayd etilgan


UzMuslim  28 Avgust 2010, 16:39:40

9.      Menga ko’p la’nat o’qishadi. Menga (Shaytonga) qilingan la’nat natijasida badanimda yara hosil bo’ladi, bu yara to o'sha menga la’nat o’qigan odamni gumroh qilmagunimcha tuzalmaydi. Agar yo’ldan ura olmasam abadul abad yaram bilan qolaman.

  10.      Biror gunoh ish qilsalar darrov tavba qilishadi, bu degani ularning gunohlari kechirilib mening qilgan hamma zahmatlarim nobud bo’ladi, demakdir.

  11.      Aksirganlarida esa "œAlhamdulillah" deb Allohga hamd aytishadi.

Qayd etilgan


UzMuslim  28 Avgust 2010, 16:41:49

Hazrat Rasululloh (sav) bunday degan edilar: Aksirish Alloh tarafidan va esnash esa shayton tarafidan bo’ladi. Shuning uchun aksirganingizda "œAlhamdulillah" deb ayting. Aksirganni eshitgan boshqa musulmon esa "œYarhamukalloh" deyishi kerakdir. Qachon inson namoz o’qisa, ayniqsa sajdalarida uzoq qolsa, shayton darg’azab bo’lganidan hatto faryod chekadi.

Hazrat imom Sodiq (a.s) bunday degan edilar: Namoz o’qimaydigan odam shaytondan ham pastroq va badtarroqdir. Nega deganda, shayton Allohga sajda qilar edi, odamga sajda qilmagani uchun Parvardigor g’azabiga uchradi. Ammo namoz o’qimaydigan odam esa, Parvardigorga sajda qilishdan bosh tortgan bo’ladi.


Qayd etilgan