Hadisi Qudsiylar!!!  ( 50106 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 B


Munira xonim  30 Avgust 2007, 20:16:15

Ey odam bolasi, mening farmonlarimga amal qil, seni qaytargan narsalarimdan qayt, shunda men seni abadiy o'lmaydigan qilaman.


Ey odam bolasi, agar so'zing yaltiroq - mayin bo'lib, amaling qabix bo'lsa, unda sen munofiqlarning munofig'isan.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 20:19:16

Ey odam bolasi, agar sening tashqi ko'rinishing yahshi bo'lib ichki dunyoying yomon bo'lsa, sen xalokatga loyiqlarning loyig'isan.

Ey odam bolasi, g'ariblarga panoh bo'lgil, yaqin qarindoshlar bilan aloqa qilgil, gadolarni yupatgil, musibat yetganda mehribonlik qilgil, yetimni xurmat qil va unga mehribon otadek bo'lgil. Kim mana shu sifatda bo'lib, mendan duo qilib so'rasa, albatta, uning duolarini ijobat qilaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 20:22:17

Ey odam bolasi, agar birortangiz uch kun yeb - ichib ham menga shukr qilmasa, u mening ne'matimni oyoqosti qildi xisob. Agar molidan zakotini bermasa, u mening xitobimni arzimas narsa deb bilgan kabidir.


Ey odam bolasi, agar namoz vaqti kirsayu, kimki o'sha zaxoti tirikchilikni to'htatib, ado etishga intilmasa, u menga g'ofillik qilganidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 20:23:48

Ey odam bolasi, sukut saqlashlik bilan mendan tan-sihatlik xotirjamlikni so'ragil.


Ey odam bolasi, bilgilki, salomatlik birlikda, ixlos taqvoda, xudojo'ylik tavbada, ibodat ilmda va boylik qanoatdadir.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  11 Iyul 2011, 16:51:31

,,Ey Odam farzandi !
 Qancha chiroqlar bor, ularni havoyi nafs shamoli o'chirib yubordi.
 Qancha obidlar bor, o'ziga bino qo'yish ularni buzdi.
 Qancha boylar bor, ehtiyojsizlik ularni aynitdi.
 Qancha kambag'allar bor, qashshoqlik ularni buzuqlikka yetkazdi.
 Qancha sog'lom kishilar bor, doim sog' yurish ularni fasodga eltdi.
 Qancha olimlar bor, ilmi ularni buzdi.
 Qancha johillar bor, nodonligi ularoi fasodga g'arq qildi.
     Agar  ruku'dagi keksalar, hushu'li yoshlar, emizikli go'daklar va o'tloqdagi hayvonlar bo'lmaganida albatta osmonni ustingizga temir ,yerni yaydoq tekslik, tuproqni esa kul qilgan , sizlarga osmondan bitta ham tomchi tushirmagan, yerda birorta don o'stirmagan va ustilaringizga azobni yog'dirgan bo'lar edim ''.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  14 Iyul 2011, 13:42:23

 ,,Ey dunyo ! Menga xizmat qilganga xizmat qil, senga xizmat qilganga xizmatingni qildir ! ''

Qayd etilgan