So'zlashuvdagi iboralarimiz  ( 38713 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 13 B


yoqutxon  27 Avgust 2010, 05:01:26

''Любопс‹тнас Варвара''- qiziquvchan odamlarga aytiladi

Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Avgust 2010, 06:34:21

''The girl next door''-begona qiz, qo'shni qiz ma'nolarida keladi
hususan guzal va blondlarga aytiladi,.

Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Avgust 2010, 06:52:18

My foot- (oy'g'im)yolg'on gap bo'lsa ishonmayman digani..

yangi iboralar ham chiqyapti ulardan biri
lady gaga - boshqacha va g'alati odamlarga aytililadi,
Fits like a glove(qulpoqday sig'adi)- biron narsa baravar kelsa, aniq razmer.

Leave it- Hech qisi yo'q, qo'yaver.

Trash talk- g'iybat, yokiy odamni orqasidan gapirganda aytiladi,

To be in the same boat-uzbekchada manimcha, kemaga tushgani joni bir bo'lsa kerak.

Wasted- o'zlarini yo'otib qoyganlarni shunaqa diyishadi.

Diva- Hamma taraflama, yutgan odamlarga shunaqa etiladi,

Down to earth- kambag'al sippat, doim mehribon odamlarni shunaqqa chaqirishadi,

On track- hammasi joyda ketoyatganda.
 Chicks-Qizlar digani


Qayd etilgan


yoqutxon  27 Avgust 2010, 07:17:33

"Лойди туда! Ае знаю куда. Лриниси то! Ае знаю что"-  Eplovsiz odamlarga  aytiladi.

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Avgust 2010, 07:21:14

''Аем как рс‹ба''-Sir saqloladigan, kamgap

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Avgust 2010, 07:51:54

''Even if the sky is falling down''- Osmon uzilib yerga tushsa ham ya'ni hech qachon.                        '' brand new''- новенкий с иголочки ya'ni yangigina.          '' chap, guy''- o'g'il bola

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Avgust 2010, 07:52:02

''Even if the sky is falling down''- Osmon uzilib yerga tushsa ham ya'ni hech qachon.                        '' brand new''- новенкий с иголочки ya'ni yangigina.          '' chap, guy''- o'g'il bola

Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2010, 13:04:51

 :as:

Barchangizga Hayirli Jumalar tilayman. Ruhsat bersangiz, ibora haqidagi ma'lumotlarni bersam. İbora-tilshunoslikda Frazeologiya deyiladi.

FRAZEOLOGIYA

Tilning lug‘at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan yana biri iboralardir. Ibora ikki va undan ortiq so‘zlardan tarkib topgan lug‘aviy birlik bo‘lib, xuddi so‘z kabi lug‘aviy ma’noni anglatadi. Masalan, Xamirdan qil sug‘urganday iborasi «osonlik bilan», «qiyinchiliksiz» ma’nosini, ko‘ngil bermoq iborasi «sevmoq» ma’nosini, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan iborasi «yuvosh» ma’nosini bildiradi.
Xuddi so‘z kabi yaxlit bir ma’noni anglatadigan bunday til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi.

Ibora — frazema frazeologik birlik sifatida frazeologiya bo‘limida o‘rganiladi. Ibora tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasiga o‘xshab ketsa ham nutq birligi sanalgan bunday birliklardan tamoman farq qiladi. U so‘z birikmasi kabi har gal nutqning o‘zidagina yuzaga kelmaydi. Til birligi sifatida nutqqacha tayyor holda mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra iboralarni tilshunoslikda turg‘un so‘z birikmasi deb ham yuritiladi. Masalan, katta gapirmoq, gapni bir joyga quymoq, tirnoq orasidan kir izlamoq, tomdan tarasha tushganday, aravani quruq olib qochmoq.

So‘z birikmasining tarkibidagi so‘zlar o‘z leksik ma’no mustaqilligini saqlagan bo‘ladi. Iboraning tarkibidagi so‘zlar esa o‘z leksik ma’nosi bilan qatnashmaydi, ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Ba’zan ibora so‘z birikmasi bilan shaklan teng kelib qolishi mumkin. Bunday holatda ibora turg‘un birikma sifatida erkin birikma bilan omonimik holatda bo‘ladi.
Quyidagi gaplar tarkibida kelgan turg‘un va erkin birikmalarni qiyoslang: 1.Qiyiq ro‘moli bilan belini mahkam bog‘lab olgan yigit ishga kirishdi. 2.Ish og‘ir. Belni mahkam bog‘lamasangiz, qiyin bo‘ladi (O.Yoqubov). 3.Bola qoqilib yiqildi, u labini tishlab oldi. 4.Xadicha xola gapni qo‘zgashga qo‘zg‘adi-yu, lekin o‘g‘lining avzoyi buzilganini sezib, labini tishladi (H.Nazir).



Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2010, 13:05:32

Iboralar ham so‘zlar kabi ifoda va ma’no butunligiga ega. So‘zning ifodaviy tomonini tovushlar tashkil etsa, iboraning ifoda tomonini esa so‘zlar tashkil etadi. Qiyoslang: Farzand — ko‘zining oqu qorasi, ulug‘lamoq — ko‘kka ko‘tarmoq.
Ibora o‘ziga xos ma’no tomoniga ham ega. Iboradan anglashiladigan ma’no uning tarkibidagi so‘zlardan anglashiladigan ma’nolarning oddiy yig‘indisi bo‘lmay umumlashma, obrazli, ko‘chma ma’no sifatida gavdalanadi.

Masalan, Yo‘qlab kelibsan, boshim osmonga etdi (A.Muxtor). Bu gapdagi boshi osmonga etmoq iborasining «xursand bo‘lmoq» ma’nosi bosh, osmon, etmoq so‘zlari anglatadigan ma’nolarning oddiy yig‘indisi emas, balki xursandchilik tuyg‘usini ifodalashga asoslangan obrazli umumlashma ko‘chma ma’nodir. Bu jihatlar iboraning so‘z bilan yonma — yon turadigan, unga nisbatan murakkab bo‘lgan lug‘aviy birlik ekanligini ko‘rsatadi.

Lug‘aviy birlik bo‘lganligi uchun frazeologizmlar xuddi so‘zlar kabi gapda bir bo‘lak vazifasida keladi. Masalan,

1. Aravani quruq olib qochish evi bilan-da, avval burningni artsang-chi ... (S.Abdulla). 2. Elchibek bu xabardan terisiga sig‘may ketdi (A.Muxtor). 3. Sirkasi suv ko‘tarmas dadasining bunchalik «olijanoblik» qilishi juda g‘ayritabiiy, Azizaning aqliga sig‘mas edi (Shuhrat). 4. Hamma narsani miridan sirigacha qoldirmay gaplashdik (H.Nazir)Yuqorida keltirilgan gaplardagi frazeologizmlar birinchi gapda ega, ikkinchi gapda kesim, uchinchi gapda aniqlovchi, to‘rtinchi gapda hol vazifasida kelgan.

Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2010, 13:06:29

       
          Iboraning turlari


Frazemalar ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: 1) frazeologik butunlik,      2) frazeologik chatishma.

I. Ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning ma’nolari asosida izohlanib, umumlashgan ko‘chma ma’no ifodalaydigan frazemalarga frazeologik butunliklar deyiladi. Masalan, 1. Bilib quying. Ish og‘ir. Belni mahkam bog‘lamasangiz, qiyin bo‘ladi (O.Yoqubov). 2. Ayol kishiga qo‘l ko‘tarish erkakning ishi emas (R.Fayziy). 3. Bu maydon yog‘ tushsa yalagudek ozoda ... (A.Muxtor). 4. La’lixonning sha’niga bir gap aytdi, hammaning tepa sochi tikka bo‘ldi (S.Ahmad).

II. Ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning leksik ma’nolari bilan bog‘lanmaydigan, ular asosida izohlanmaydigan frazemalarga frazeologik chatishmalar deyiladi.

Masalan, 1. Qishki sessiyani yaxshi yakunladik, lekin bu hali — xamir uchidan patir (P.Qodirov). 2. Odamlar qo‘ltig‘idan tarvuzlari tushib, qishloqqa qaytishdi (M.Ismoiliy). 3. Butun gavdasi qizlik latofati bilan yashnagan chog‘da boyvachcha uni ko‘z tagiga olib qo‘ygan edi (Oybek). 4. Matluba olam-olam shodlik baxsh etgan shu bir parcha qog‘ozni olib, oyog‘i olti qo‘li etti bo‘lib direktor kabinetiga yugurdi (S.Abduqahhor).
Frazeologizmlarning eng asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

Qayd etilgan