1. Frazemaning tarkibida ikki yoki undan ortiq leksema qatnashgan bo‘ladi.
2. Frazema yaxlit bir lug‘aviy ma’noni ifodalaydi.
3. Frazemaning tarkibidagi so‘zlar o‘z leksik ma’nolarini yo‘qotgan bo‘ladi.
4. Frazema turg‘un birikma sifatida erkin birikma bilan faqat omonimik holatda bo‘ladi.
5. Frazemani faqat yaxlitligicha almashtirish mumkin.
6. Frazema gapning tarkibida yaxlitligicha bir sintaktik vazifada keladi.
7. Frazemani boshqa tilga so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi, yaxlitligicha tarjima qilinadi.
Manba: "O‘ZBEK TILI PRAKTIKUMI".
M. Asqarova, R. Yunusov, M. Yo‘ldoshev,
D. Muhamedova