So'zlashuvdagi iboralarimiz  ( 36564 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 13 B


AL_laziz87  28 Avgust 2010, 12:52:54

Qishda qor so'rama -Qizg'onchiq xasis insonlarni tariflashda ishlatiladi.

Qayd etilgan


Habib  28 Avgust 2010, 14:10:39

Pihini yorgan- ustasi farang, as, o'sha ishda juda mahoratli va tajribaga ega odamga nisbatan ishlatiladi.

Qayd etilgan


Habib  28 Avgust 2010, 14:12:31

Tishingni oqini ko'rsatma- g'iring dema,tirjayaverma, hiring-hiring qilaverma degan ma'noda ishlatiladi.

Qayd etilgan


Habib  28 Avgust 2010, 14:14:58

Almisoqdan qolgan- juda qadimdan qolgan, anchadan beri, ko'p yillar avval,juda eski narsaga ishlatiladi.

Qayd etilgan


UzMuslim  28 Avgust 2010, 16:00:23

O'xshatmaguncha Uchratmas-O'xshash Insonlar haqida Gap ketganda Ko'proq Ishlatiladi Bu Ibora.

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Avgust 2010, 07:01:40

Qo'y og'zidan cho'p omidi- Birovga yomonlik qilmaydigan odam

Qayd etilgan


shirin_a  29 Avgust 2010, 07:07:40

Og`zindagi oshni oldirib qo`ymagin   O`z haqqingni birovga berib qo`yma

Qayd etilgan


UzMuslim  29 Avgust 2010, 16:37:14

Og'zi Qiyshiq Busayam Boyyi Bolasi Gapirsin-Ko'p ishlatilatigan Iboralardan biri..

Qayd etilgan


Zamiraxon  29 Avgust 2010, 18:59:23

Kun davomida juda köp iboralarni ishlatar ekanmiz, yaxshilib e'tirob bersak.
Masalan, men kecha dadamga "palon söm pulni tishimning kovagida saqlayapman" dedim. Judayam ehtiyot bölib asrayapman degani menimcha.

Qayd etilgan


UzMuslim  29 Avgust 2010, 19:07:58

Man Ko'proq Ajoyib Hayolparastga O'xshab Hayol surmagin degan so'zni Ko'p ishlataman O'rtog'larimga Nisnbatan..

Qayd etilgan