So'zlashuvdagi iboralarimiz  ( 78789 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 13 B


Zamiraxon  26 Avgust 2010, 21:04:47

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
Ona tilimizda qancha-qancha iboralar bor, birini eshitganmiz, birini yöq. Iboralar tilimizga özgacha bir gözallik baxsh etadi, rang-baranglashtiradi.
Iboraning aynan kitobiy qoidasi esimda yög'u, lekin ma'nosi bir nechta sözlar jamlanmasining bir sözni ifoda etishi iboradir.
Keling, ona tilimizni gözallashtirib turgan iboralarni keltiramiz, yonidan ma'nosini ham yozsak yaxshi bölardi.
Özim boshlab beraman:
Tomdan tarasha tushganday - kutilmaganda, qöqqisdan.

Qayd etilgan


Ansora  26 Avgust 2010, 21:09:25

Tarvuzi qo'ltig'idan tushdi - bir inson bir ishning natijasini yomon ko'rgandagi holat, bo'shashib qolishi, hafsalasi pir bo'lishi (bu ham ibora lekin)

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 21:18:27

Ey Yo'q Be Yoq' -hech narsaga etibor bermey gapini boshlab ketgan odamga qarata aytiladigan Ibora..

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Avgust 2010, 21:27:23

Ey Yo'q Be Yoq' -hech narsaga etibor bermey gapini boshlab ketgan odamga qarata aytiladigan Ibora..
faqat gapini emas :)
köpincha bu ibora menimcha söramasdan, bemaslahat  biron ish qilgan odamga qaratilsa kerak.

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Avgust 2010, 21:32:28

To'nini teskari kiymoq - bu ibora har doim yaxshiyu, bugun gaplari boshqalarnikiga ters, bir narsa gapirsang jerkib tashlaydigan odamga qaratiladi. Töldiruvchilar bölsa marhamat.

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Avgust 2010, 21:38:19

Kim köp maqol biladi mavzusida bir forumdoshimiz ibora yozib qöygandilar adashib, bu Suv bossa töpig'iga kelmaslik - judayam beg'am, odamlar bilan ishi yöq odamga qaratiladi.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  26 Avgust 2010, 21:47:48

Bismillohir rohmanir rohiym!

1). Oyog'ini qo'liga olib chopmoq - shoshilmoq, shoshmoq, tez yugurib ketmoq.

Qayd etilgan


Shokir  26 Avgust 2010, 21:50:26

Kim köp maqol biladi mavzusida bir forumdoshimiz ibora yozib qöygandilar adashib, bu Suv bossa töpig'iga kelmaslik - judayam beg'am, odamlar bilan ishi yöq odamga qaratiladi.
Yana boshqacha aytilishiyam bor mana bu.

Dunyoni suv bossa ördakka ne g'am .

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  26 Avgust 2010, 21:52:09

Bismillohir rohmanir rohiym!

1). Suvga tushgan mushukday - shalvirab

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Avgust 2010, 21:55:38

Kim köp maqol biladi mavzusida bir forumdoshimiz ibora yozib qöygandilar adashib, bu Suv bossa töpig'iga kelmaslik - judayam beg'am, odamlar bilan ishi yöq odamga qaratiladi.
Yana boshqacha aytilishiyam bor mana bu.

Dunyoni suv bossa ördakka ne g'am .
Bu maqol emasmi, Shokir?

Qayd etilgan