So'zlashuvdagi iboralarimiz  ( 78833 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 13 B


Shokir  26 Avgust 2010, 21:58:29

Kim köp maqol biladi mavzusida bir forumdoshimiz ibora yozib qöygandilar adashib, bu Suv bossa töpig'iga kelmaslik - judayam beg'am, odamlar bilan ishi yöq odamga qaratiladi.
Yana boshqacha aytilishiyam bor mana bu.

Dunyoni suv bossa ördakka ne g'am .
Bu maqol emasmi, Shokir?
Bilmadim  :5

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 22:00:45

Bitta Gap Kamlig Qiladi ikttasi Ortiqcha-Gapirmasa  bo'meydi Lekin Gapirsa Jaxl Qiladigan odamlar uchun..

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Avgust 2010, 22:01:50

Bismillohir rohmanir rohiym!

1). Gapirmaslar olami - qabriston, mozor
Bu tasviriy ifoda, Samarqandiy.
Masalan, oq oltin deb paxtani aytamiz, qora oltin deb neft yoki kömirni.

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 22:18:01

Ja Oshirvordinku-Juda ham Bo'rtirib Gapiriladigan Gapga qarata Ishlaatiladi,,

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Avgust 2010, 00:14:51

''Qosh qo'yaman deb ko'z chiqaribdi''- biror bir maqsad bilan ish boshlagan lekin ishini ohiri umuman boshqacha tugagan odamga qarata aytiladi.

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Avgust 2010, 00:20:42

'' Suvga oborib, sug'ormay keladi''- va'da berib, aldab-sildab gapiga ishontirib lekin amalda hech nima qilmaydigan odamlarga aytiladi.

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Avgust 2010, 00:25:57

''Tepa sochi tikka bo'ldi''- jahli chiqqan odamga aytiladi

Qayd etilgan


AbdulAzim  27 Avgust 2010, 02:58:40

"Boshi osmonga etdi" — juda hursand bo'ldi.

Qayd etilgan


AbdulAzim  27 Avgust 2010, 02:59:21

"Xamirdan qil sug'urgandek" — Bir ishni juda oson bitirganlikni ifodalaydi.

Qayd etilgan


AbdulAzim  27 Avgust 2010, 03:00:04

"Yog' tushsa yalagudek" — biror joyning juda toza holatda ekanligini bildiradi.

Qayd etilgan