Alla
Xalq ohangida
İkki ko'zim aymog'i-yo allla,
Yuragimning qaymog'i-yo alla,
Qosh farishta beshigingni qo'rg'asin,
Xudo bergan chirog'im-o, alla,
Kaklikchaday sayrog'im-o, alla.
Tulki bola uxlar qiyoq bolishda,
Turna uxlar-belanchagi qamishdan,
Oynako'lda baliq mudrar kumushda,
Chin bahmalda minorim-o, alla-yo,
Ro'molimda tumorim-o, alla.
Gul bargiga chirildoqlar belandi,
Rayhonlardan atru-anbar elandi,
Hayotimga qizil gulning payvandi,
Bog'imdagi qizil lolam, alla-yo,
Kissamdagi mayiz bolam, alla.
Shamol tindi, shaqildog'i-yonboshda,
Oy berkindi to'lqinlarga taloshda,
Uyqu bosib mudraydi tog'u, toshda,
Yangi chiqqan oyim bolam, alla-yo,
İpakdan ham mayin bolam, alla.
Til uchimda halvoyitar beroyin,
Kadining bog'i uzilsin-o, ko'royin,
Kelincha bo'lib suzilsin-o, ko'royin,
Xudo bergan chirog'im-o, alla-yo,
Yuragimning qaymog'i-yo, alla.
Oydin Hojiyeva. "Panohim" 1992.