Qashqadaryo haqida she'rlar  ( 27770 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:35:56

BUYUK DAVLAT SHAHRISAN

Qarshi shahrim, chindan ham go‘zalsan jannat misol,
Husn-jamoling ko‘rgach har bir kishi mamnun, lol.

Bag‘ringda yashaganning ko‘ngli shodlikka to‘la,
Farovonlik tufayli odamlarning tili bol.

Ikki ming yetti yuzga to‘ladigan yoshingni
Katta bayram qilamiz, budir senga baxt-iqbol.

Buyuk davlat shahrisan, xalqimizning faxrisan,
Yo‘limiz nurli ekan, yana topasan kamol.

To’ra Juman

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:06:01

Ko‘k gumbazi, osmono‘par tog‘lari,
Oqsaroyi, chamanzor-u bog‘lari,
Sizni kutar ziyoratgoh joylari,
Ko‘hna Keshni tark etmangiz, laylaklar.

Qadimlikda afsonaga boy bo‘lgan,
Temur bobom qadam bosgan joy bo‘lgan.
Falak uzra parvoz etar tilaklar,
Ko‘hna Keshni tark etmangiz, laylaklar.

Uzoqlashib ketdingizmi, aytingiz,
Go‘daklari sizni qo‘msar, qaytingiz.
Ulug‘bekka orzu bo‘lgan falaklar,
Ko‘hna Keshni tark etmangiz, laylaklar.

Ma’mura NIYOZOVA

Qayd etilgan


Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:28:33

QASHQADARYOSAN...
(Bitikdan parcha)

      ...Bir chekkasi cho’ldir harsillab yotgan,
      Bir chekkasi qorlar tizzaga botgan.
      Bir chekkasi tog’lar, ko’kni ko’tarib,
      Buloqlari borib, tongni uyg’otgan,
      Bag’rida jannatlar bitgan sahrosan —
      Qashqadaryosan...

      Hisor tizmalari — Nuhning kemasi,
      Nuh to’fonin ham u to’sgan chamasi,
      Bir ulkan dengizning xarsanglarida
      Ulkan dinozavr izi, panjasi...
      Odam Ato ko’rgan ko’hna danyosan —
      Qashqadaryosan...

      Mug’ullar bosqini o’tganda jondan,
      Ozodlik shamshiri tushdi osmondan.
      Nimani yo’qotdi Boyazid, bilmam,
      Dunyo dunyo topdi Sohibqirondan.
      Temur yerga sanchib ketgan tug’rosan —
      Qashqadaryosan...

      Bir qutlug’ maskandir Hazrat Bashirim,
      Pirlar nafasiday havosi shirin,
      Ulug’bek ilmining xazinasini
Shu tog’lar bag’rida saqlar yashirin.
Ali Qushchi izlab kelgan samosan —
      Qashqadaryosan...

      Dunyoda besh sirli nuqta bor, biroq,
      Kitob kengliklari yana sirliroq.
      Osmon darvozasin ochib, yulduzlar
      Kelajak kitobin o’qiydi porloq.
      Oliy ruhlar yurib tushgan havosan —
      Qashqadaryosan...

      Temur avlodidan chiqarib bir zot,
      O‘zga ellarni ham qilsin deb obod,
      Hind sori sargardon etganda taqdir,
      Ortidan ergashib ketgan umrbod,
      Boburga suyanchiq bo’lgan oshnosan —
      Qashqadaryosan...

      Samarqand azmida tik dovon osha,
      Navoiy ishq dardin etganda pesha,
      Shahri Keshning moviy gumbazlaridan,
      Ruhlar olamini qilsa tomosha,
      Bir kosa suv tutgan malaksiymosan —
      Qashqadaryosan...

      Kuyching bor — so’z aytsa Vatan dardidan,
      Shahidlar tirilib kelar qabridan,
      Ne ajab, agar yuz shoir yaralsa
      Abdulla Orifning har bir satridan!
      Navoiy baytidek o’tli navosan —
      Qashqadaryosan...

      Arslon bosadi arslon izini,
      Bu el hech kimsaga bermas izmini,
      Temur tuprog’ida taxtga mingan zot
      Qo’lida bir buyuk KARVON tizgini...
      Yurtning egasini bergan ma’vosan —
      Qashqadaryosan...

      Haq yaqinroq kelsa qulin qoshiga,
      Yaxshi inson bitar elning boshiga.
      Ey, ishning ko’zini bilgan dehqonim,
      Duo qil shu yurtning tog’u toshiga!
      NURing borki, nurli yo’lga peshvosan —
      Qashqadaryosan...

      Senkim, bir kaft tuproq bobom hokidan,
      Bir qatim shu’lasan yurak chokidan.
      Shu qadim zaminni Quyoshga tutsam,
      Yer deb tushib kelgan falak toqidan.
      Bir sodda, bir tanti, mehridaryosan —
      Qashqadaryosan...

      Sen yalpizgulimsan, bolalik sirim,
      Hali yozilmagan eng go’zal she’rim.
      Toshkent tuzoq qo’ysa ko’chalarida,
      Meni qo’llab turgin, ey ona yerim!
      Qayda bo’lmay sen ham bitta Zebosan,
      Qashqadaryosan...

           Zebo MIRZAYEVA

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:02:03

Deydilar: - Chaqnagan qaysi yurt erur,
Buyuk sohibqiron sochgan ziyodan.
Javob berdilarki, - Hech so‘nmas bu nur,
Taralgan eng avval Qashqadaryodan.
Dedilar:. Qaysi el bedor doimo,
Zavq olar mehnatdan, suluv dunyodan.
Javob berdilarki,. Shoir, ulamo,
San’atkorlar chiqqan Qashqadaryodan.
Dedilar:. Jahonga buyuk yurtboshi,
Parvoz aylagandi qaysi ma’vodan.
Javob berdilarki,. Hurlik quyoshi,
Qalqqandi dastavval Qashqadaryodan.
Dastavval, dastavval Qashqadaryodan!
1999

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:17:24

FAXR

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi sessiyasida o‘qilgan she’r

Kimdir maqtanadi san’ati bilan,
Birov ilmu fanga rag‘bati bilan.
Kimdir she’ri bilan maqtansa, kimdir
Maqtanar mol-dunyo, davlati bilan.

Kimdir o‘rmonlarin ko‘kka ko‘tarsa,
Kimdir gerdayadi shaxmati bilan.
Ularning bari-ku insonga xosdir,
Birma-bir kelgaydir navbati bilan.

Toshkentda haykal bor bir oilaga,
Shon topmish yetimga shafqati bilan.
Ahli Kesh maqtansa arziydi - Temur
Jahonni zabt etdi sarvati bilan.

O’zbekning boshidan zar sochsin dunyo,
Topdi u rizqini zahmati bilan.
Uning asosidir - buyuk bobolar
Bizga ibrat bo‘ldi mehnati bilan.

Bizdek nochorlar-ku yerga qaraymiz,
Kimdir osmon bo‘ldi savlati bilan.
Qashqadaryo xalqi faxr etar doim
Islomi yaratgan shavkati bilan.
1998 yil, iyun

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


saraton07  17 May 2008, 18:54:51

Assalomu-alaykum Qashqadaryoliklar! ajoyib she'rlar. Yashasin ma'rifat va ma'naviyat!Yashasin  Ziyooooooooooooo! Qani, hamma  Qashqadaryoliklar,  bu yoqqa, Ziyouz.com ga.   Bo'shashmanglar! Hamma narsa   yaxshilik uchun, ilmu-ziyo uchun!Olg'aaaaaaaaaa!

Qayd etilgan