VODIYLIKLAR UCHRASHUVI 3 yohud ANDIJONDA IFTORLIK!!!!  ( 4483 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


JaviK  03 Sentyabr 2010, 08:17:26

ASSALOMU ALAYKUM AZIZ FORUMDOSHLAR.

Do`st bilan obod uying
gar u vayrona bo`lsa ham
Do`st qadam qo`ymas ekan
Vayronadur koshonaham!


Ollohga shukur forumdoshlar bilan uchrashish nasib qilgan, Marg`ilonga esa borish nasib qilmadi. Shunday ekan shu Andijonda bir iftorlik uyushtirsak degandim. Toshkentliklar uchrashuvi zo`r chiqibdi. Toshkentliklarni ham iftorlikka taklif qilamiz. Ha aytgancha Taklif mualiffi esa Al_laziz87. CHustga borganimda vaqt topa olmagandi diydorlashishni orziqib kutmoqdalar. shunga sizlar nima deysizlar aziz forumdoshlar!!!

Men kelishi aniq deb kutayotganlar!!!!
1.AbdulAziz aka.
2.MuhammadSohib aka.
3.Ixlos aka.
4.Nodirbek aka.
5.Zayd aka.
6.MuhammadSaid aka.
7.Dimu aka.


Mezbonlar!!
1.Javik :D
2.Al_Laziz87(Lazizbek)
3.Mirolimbek.
4.Xolms (Durbek aka.)
5.Abdulloh aka.


Online mezbon!!
CHustiy aka.

Kelishligini taklif qilamiz!!
1.CHehmik aka.
2.Abu Muso aka.
3.Yurist aka.
4.Habib aka.
5.Titan_Uz aka.
6.Marg`iloniy. aka
7.Mr.Ziy. aka
8.Uz_Muslim aka.
9.Ruzibayev brat.
10.Braupov aka.
11.Muallim aka.

12.va barcha forumdoshlar. Nomlari yozilmagan akalar hafa bo`lmaysizlar hammanggiz yodimdasizlar, sizlarni kutamiz.

Iye uchrashuv joyini va kunini yozmabmanu ha mayli fikrlarni eshitaylikchi. Tahminan 5 yoki 7 Sentabrga rejalashtiryapmiz takliflarni kutamiz.

Qayd etilgan


Habib  03 Sentyabr 2010, 10:19:44

Hayrli qilsin Alloh!

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Sentyabr 2010, 17:29:18

Assalomu alaykum!
Xayrli tadbir boshlabsizlar.
Ramazon oyi tugamasidan tezroq birga iftor qilish nasib etsin!

Men borolmasam kerak. Chunki Ramazon yakunlanyapti. Boshqa safarga musofir bo'lish bilan ba'zi yumushlarim qolib ketishi mumkin.

Shuning uchun anjanliklar o'zilar bir o'tiriylar. Boshqalar ham kelishsa xursand bo'laman. Inshaalloh Ramazondan so'ng yana bironta osh qilib chaqirseylar, bo'ro'ramiz-ta. :)

Anjanliklar 5-6 ta yig'ilib qopsilar. Vaqtni o'tkazmasdan tezroq bir-birilarga xabar qilib, vaqt va joyini kelishiylar. Nodirbek degan farg'onalik bola ham sizlarda Madrasada o'qiyapti. Mirolim, uni albatta topib, iftorlikka olib keling.

Xayrli tadbirdan xayrli natijalar, fotolar, reportajlar kutib, Davronbek.

Qayd etilgan


Chustiy  04 Sentyabr 2010, 23:23:51

Sal kechro harakat qipsizda, manimcha ulgurmasela kere, bu yogi qadr kechasi, arafa, juma...

Atak Qadr kechasiga yigilib, birgalashib saharlik qisela juda zo;r bo;ladi...

Qayd etilgan


Nоdirbek  06 Sentyabr 2010, 23:04:07

Zo'rku, iftorlik qilamizmi?
Afsus, men bu safar ham bora olmayman. O'qish boshlandi. Menimcha Abdulloh ham bora olmasalar kerak.
Xabarni tahrirlab, onlayn mezbonlar safiga bizni ham qo'shib qo'ying.
Iftorlikni yaxshi o'tkazinglar...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Sentyabr 2010, 10:40:23

Javikjon, Mirolimjon, telefonilarga tushib bo'lmayapti.
Nima qildiylar? O'ziylar o'tirdiylarmi?
Nima qiyinmi telefon bilan bitadigan ish-u.
5 kishi yig'ilsayam ajoyib diydor bo'ladi.
Bugun oxirgi kun. Ulgurib qolilar. Ertaga arafa, hamma uyda bo'ladi.

Qayd etilgan