Jonivorlar va insonlar tilidan qiziqarli mulohazalar  ( 10836 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:00:39

Chumoli: Bu galvarslar aynan bizning yo’limizdan boshqa erga uy qurishga joy topisholmagan, shekilli.

Shilliqurt: Chumolilar — qalang’i-qasang’i. Buni qarangki, ular dunyoni buyuk shilliqurt bishqaraytganini xatto bilishmaydi.

Xo’roz: Hali tong otmagan, chunki men hali xabar berganim yo’q!

Chumchuq: Bulbul — buyuk qush. Ammo biz chumchuqlar xiylagina ko’pmiz.

Xalqaro bitim: Biz, quyonlar tovuqlar bilan bir-birimizni emaymiz, deb bitim tuzdik. Ko’raylikchi, qarchig’ay bunga nima der ekan?

Changalzordagi ikki yo’lbars: Biz tinchlik manfaati uchun uchrashdik va shunday biimga kelishdikki, endi birga ov qilamiz.

Tulki: Jamiki maxluqlar uch toifaga bo’linadi: dushmanlar, raqiblar va o’lja.

Baqa: Taraqqiyotmi? Ha, bilaman, bilaman. Mana, masalan, men bor-yo’g’i itbaliq edim.

Pashsha: Suratdagi dog’larni ko’ryapsizmi? Bu mening ishim, men ham rassomman.

Echki: Bo’rilar bilan tinch-totuv yashasak, dunyoda osoyishtalik bo’lardi.

Ho’kiz: Men aytayotibman-ku, kiyiklarni boshingizga urasizmi?!

Bog’langan echki: Dunyo shuncha ham tor bo’ladimi?

Deraza oynasidagi pashsha: Hayot chegarasi qaerda ekanini endi bildim.

Chumchuq: Ko’ryapsizmi, bahor kelishi uchun qancha chirqillashga to’g’ri kelyayotibdi?!

Madaniylashgan kalamush: Qishloqda men nima ham qilardim? U erda hatto meg’zava oqadigan quvurlar ham yo’q.

Bo’ri: Qo’chqorning niyati yomon edi — u mendan yashirinmoqchi bo’ldi.

Sichqon: Mushuk chumchuqni ushlab oldi, endi biz qo’rqmasak ham bo’ladi.

Sassiq qo’ng’iz: Hayot bir qonun asosida davom etmoqda. Dunyodagi hikmat bitta. Donishlamndlik ham bitta: qattiq bo’lish.

Bir kunlik kapalak: Yuz yoshli toshbaqa! Qanday qilib bu qadar qoloq bo’lish mumkin?!

Xazon: Zamonning talabimi? Bilamiz: yelda pildirash kerak.

Qo’shni: Bu Arximed deganlari qo’rqoq va sotqin. Bizning shaxarga dushman bostirib kelayotibdi-yu, u bo’lsa, chizma-chizig’i bilan ovora.

Yangi avlod:
- Yoshlarga yo’l bering!
- Necha yilga?
- Salkam ellik yil kifoya qiladi.

Diplomatiya: Biz, albatta, zo’ravonlikni qoralaymiz, ammo qurol-yarog’ yetkazib berishga tayyormiz.

Dilshodbek tayyorladi.

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  31 May 2007, 14:23:59

JUDA ZO'R MAQOLA EKAN!!!

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  31 May 2007, 14:42:52


QANAQA JONIVOR ?

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  31 May 2007, 14:50:26

NIMA DEB O'YLAYSIZLAR SURATDAGI QANDAY MAHLUQ ?





Qayd etilgan


lolo  01 Iyun 2007, 23:35:54

1-qayiqning o'rni bo'lsa kerak
2-filga o'xshaydi

Qayd etilgan


esCape  01 Iyun 2007, 23:46:30

MAFIYA_BAXTIYOR нима скан ? бу махлук !

Qayd etilgan


Murod_bek  02 Iyun 2007, 09:28:47

Anakondami? :)

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  19 Iyun 2007, 16:54:36

NOZLI:
Eee, anakondamas bu mani hovuzchamdan qochgan mitti baliqcham-ku..
Juda sogingandim batta ekan-de 

OOO.SIZZIKIMIDI UYIMDAN OILB KETING...JA JONGA TEGDI!

Qayd etilgan


ikbaljohn  03 Iyul 2007, 12:45:05

OOO.SIZZIKIMIDI UYIMDAN OILB KETING...JA JONGA TEGDI!

Ey amaki, shu baliqchani boqib turing yana qolganlariniyam oborib beraman hali...
Shu sizga opqochish bo'sa-da Nozli..  Qani darrov o'zizi Ko'ngilochar bo'limizga marsh..

Qayd etilgan


Foniy  17 Oktyabr 2009, 16:05:16

So`radilar:
- Burgut, qayerda tug`ilib o`sgansan?
- Tor darada.
- Qayerga uchmoqchisan?
- Cheksiz osmonga!..

Qayd etilgan