Фитр садақаси Қиргизистонлик миллатдошлар учун  ( 4242 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Chustiy  05 Sentyabr 2010, 00:25:46

 :as:

Бошқа форумдаги форумдошлар ажойиб бир ишга қсл уришибти Аллоҳ улардан рози бслсин...
Шу бошлаган ишларини сизларга иқтибос келтириб, сизларнинг хам балки хисса қсшиб, ажр ва савобларга дохилдор бслишиларни истаб бу ердасм мавзу очишга нист қилдим...

Iqtibos
Assalamu alaykum.
Bilasizlar azizlar, musulmon kishi uchun Ramazon oyida kambag'al va extiyojmand insonlar uchun fitr sadaqa berishligi vojib amaldir. Fitr sadaqani berishlikdan maqsad faqir va hojandmandlarning Hayit bayramini shodyona bilan, sevinch ichida kutib olishligidir.

Xususan mana shu qiyin vaziyatda millatdosh insonlarning, Qirg'izistonda yashovchi o'zbek millatiga mansub musulmonlarning oziqaga taomi yo'q, boshida boshpanasi yo'q bo'p turgan holda, tinchlikda osoyishtalikda yashovchi biz Ozbekistonliklar uchun achinarlik va qayg'uga soladigan holatdir.
Milliy birdamlik, diniy musulmonchilikka ko'ra biz, hamma yurtimizdagi musulmonlarni qo'shni davlatdagi millatdosh-
musulmonlaga yordam qo'lini cho'zgan holda, shu jabrdiydalarni Hayit bayramini hursandchilik bilan qarshi olishligi uchun, bo'ynimizda vojib bo'lgan ushbu fitr sadaqasini shu musulmonlarga bag'shida etaylik. Zora ezilgan bu ko'ngil uchun bizning kichkinagina fitr sadaqamiz ularga tasalli bo'lsa. Hamma yurtdoshlarimizni ushbu tadbirga o'z hissalarini
qo'shishligini so'rab qolamiz.
Fitr sadaqasi summasi 4 ta jins maxsulotdan chiqariladi. Bular bug'doydan (yarim so') . Arpa, hurmo va mayizdan (1 so') miqdorga teng qiymatdan olinadi. O'zbekiston diniy idora bug'doy hisobida (0,5 so'=520 shar'iy dirham=1.667 kg) 1200 so'm miqdorda fitr sadaqasi summasini e'lon qildi. Arpa, hurmo va mayiz hisobi esa quyidagicha: (1 so'= 1040
shar'iy dirham=3,333 kg)

Lekin kitoblarda va mujtahid ulomolarning fikriga ko'ra "qaerda shu 4 jins qiymatli bo'lsa, fitrni ana o'sha maxsulotdan chiqarish kerak, chunki bunda faqirlar uchun manfaat bor" deb fatvo berishgan.

Shuning uchun yurtimizda shu 4 maxsulotdan uzum qiymatga ega bo'lgani uchun, 1 kilo o'rtacha uzum bozorda 4500
so'm bo'lganiga ko'ra 4500*3.333= 15000 so'm.
Demak ushbu tadbirimizga qo'shilmoqchi bo'lgan insonlar hohlasalar bug'doy nisobi bo'yicha 1200 so'mdan, imkoniyati bemalolrolari 15000 so'mdan fitr sadaqalarini berishliklari mumkin. Ushbu qiymat oiladagi har bir inson uchun
beriladi. Hamda ushbu Ramazon oyini ro'za bilan o'tkazaolmagan musulmonlarning ro'za uchun beradigan fidyalari ham mana shu ikki qiymat hisobida bo'ladi. Hohlagan 1200 so'm qiymatda, istagan 15000 so'm har kishiga hisoblagan holda berishliklari mumkin.
Pullar jamlanib, Hayitdan bir kecha oldin Moneygram pul o'tkazish yoli orqali O'sh va Jalalaboddagi extiyojmand
musulmonlarga yetkaziladi.
Allah qilayotgan exson-sadaqa va taotlarizni O'z dargohida qabul qilsin.

Qayd etilgan


Zulfina  05 Sentyabr 2010, 09:14:55

:as:


Juda yaxshi  narsa o'ylashibti. Alloh bu ishni boshlaganlardan rozi bo'lsin. Lekin qayoga oborish kere? Shungayam aniqlik kiritsez yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  05 Sentyabr 2010, 09:52:55

Tushunmadim, nimaga 1kg uzum 4500 deyilgan?

Qayd etilgan