Ajabtovur faktlar  ( 88224 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 21 B


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:22:25

* Botaniklarning xulosasiga ko‘ra, Yer yuzida ob-havoni oldindan aytib beradigan o‘simliklarning 400 ga yaqin turi mavjud.

* Uchqat degan o‘simlik guli yomg‘ir oldidan kuchli, yoqimli hid tarqatadi, qurg‘oqchilik oldidan esa hidini butunlay yo‘qotadi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:22:58

* Yomg‘ir oldidan akatsiyaning sariq gulida urug‘chalar chetga surilib, o‘rtada "œasal" tomchisi paydo bo‘ladi. Asal hidi arilarni o‘ziga jalb etadi. Arilar g‘ujg‘oni esa yog‘ingarchilikdan darak beradi.

* Shved botanigi Karl Linney gullarning turli vaqtlarda ochilishidan foydalanib, botanik gul soat tuzgan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:23:33

* Quyosh shu’lasi "œyalt" etib chiqishi bilan sachratqi o‘t toj barglarini yozib, quyosh botishi oldidan gullarini yumadi.

* Quyosh nuri yo‘qolishi bilan binafsha gullarini yumib, pastga qarab osilib turadi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:24:51

* Yer yuzidagi eng birinchi oliy o‘quv muassasasi miloddan avvalgi 176 yili Afinada ochilgan. Unda sakkizta falsafa, ikkita huquq kafedrasi bor edi. «Universitet» atamasi esa V asrga kelibgina paydo bo‘lgan. Vizantiya imperatori Feodosiy 425 yili Konstantinopolda ochilgan oliy maktabni shunday nomlagan. Yevropa mamlakatlaridagi universitetlar Oksfordda — 1168, Parijda — 1200, Kembrijda — 1209, Lissabonda — 1290, Pragada — 1348, Krakovda — 1364, Venada — 1365 yili tashkil topgan.

* Ko‘zoynakdan kishilar qadim zamonlarda ham foydalanganlar. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘zoynak birinchi marta Xitoyda yaratilgan. So‘ngra Misr, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlarida ham kishilar katta qilib ko‘rsatuvchi shishalardan foydalanishgan. XVI—XVII asrlarga kelib ko‘zoynak ko‘p mamlakatlarga tarqaldi. Bu vaqtga kelib aniq fanlar — matematika, fizika, mexanikaning tez rivojlanishi tufayli ko‘zoynak ishlab chiqarish ham taraqqiy etdi. Shu bois, ko‘zoynaklar ommaviy tarzda urf bo‘ldi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:28:07

* X-XI asrlarga kelib G‘arb tezlik bilan Sharq olimlarining fandagi yutuqlarini o‘rganishni boshlagani tarixdan ma’lum. Albatta, bunda tarjimonlar mahorati ham ko‘p narsani hal qilardi. Shunday tarjimonlarning ozmi-ko‘pmi «mahorati» o‘laroq, mohiyat qay darajada o‘zgarganligi ma’lum bo‘lmasa-da, ammo mualliflarning ismlari yaxshigina o‘zgargan. Masalan, Muso-al Xorazmiy nomini «Algorazmi», «Algorifm», «Algoritm» kabi o‘ndan ortiq nomda tarjima qilishgan bo‘lsa, kitobi tarjima qilinganida muallifining nomi tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib ketgan hollar undan ham ko‘p. Misol uchun, Abu Bakr Ar-Roziy — Babakar Razes, Az-Zar¬qaliy — Arxazil, An-Nasaviy — Nasuenskiy, Abu Bashar Al-Balxiy — Albumasr, Ibn Boja — Avempas kabi.

Frantsiyada iste’dodli bolalarni saralab olish va ularga alohida e’tibor berish siyosatiga norozilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Buning ustiga Frantsiya olim va pedagoglari bunday siyosat, birinchidan, turli guruhdagi yoshlarning tabaqalashuvi, ijtimoiy psixologik muhitning beqarorlashuviga va oxir-oqibatda ijtimoiy nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishini, ikkinchidan esa, jamiyatda sun’iy ravishda ajratib qo‘yilgan iste’dodli yoshlar orasida takabburlik, ya’ni boshqalarga nisbatan bepisandlik alomatlarining paydo bo‘lishi, insoniy fazilatlar tanazzuliga olib kelishi mumkinligini ta’kidlaydilar.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:28:54

* Mashhur qo‘shiqchi Nik Keyv dumcha (?!.) bilan tug‘ilgan.

* Shekspir va Servantes bir kunda vafot etishgan — 1616 yilning 23 aprelida.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:29:21

* Ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulf aksar kitoblarini tikka turgan holda yozgan.

* Sara Bernar 13 yoshli Juletta rolini 70 yoshida o‘ynagan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:29:43

* Uolt Disney bolaligida bir boyqushni qiynab o‘ldirgan. Shundan so‘ng u jonvorlarni multfilmlarda «tiriltirish»ga kirishgan.

* Bir kuni Betxoven «sayoqligi uchun» qamoqqa olingan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:30:09

* Oyga qadam qo‘ygan astronavtlardan biri Bazz Oldrinning onasining qizlik familiyasi Mun — inglizcha Oy ma’nosini beradi.

* Eynshteyn jon berayotganida uning so‘nggi so‘zlari ham o‘zi bilan birga ketgan — yonida o‘tirgan ayol nemischaga tushunmagan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:30:30

* Yuliy Sezar sochlari to‘kila boshlaganini yashirish uchun dafna gulchambari taqib yurgan.

* Jorj Vashington tomorqasida marixuana yetishtirgan.

Qayd etilgan