Ajabtovur faktlar  ( 88221 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 21 B


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:30:58

* Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan — ular gung bo‘lishgan.

* Napoleon aylurofobiya — mushuklardan qo‘rqish dardiga duchor bo‘lgan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:31:41

* Yevropaning  eng baland nuqtasi Kavkaz tog‘larida (Rossiya) joylashgan — 5642m. Shimoliy Amerikada eng baland joy esa Mak-Kinli (AQSh) tog‘idadir —6199m. Argentinadagi Akonkagua tog‘ining eng yuqori cho‘qqisi yerdan 6959m balandda. Osiyoning eng yuqori nuqtasi esa hammaga ma’lum. Bu —Nepaldagi Jomalungma cho‘qqisidir (Himolay tog‘i) —8848m. Everest deb ham ataladigan bu cho‘qqi butun dunyoda ham eng baland hisoblanadi. Shuningdek, Osiyodagi   Jomalxari (eng yuqori cho‘qqisi 7314 m, Butan), Novshak (eng do‘ng joyi 7475m Afg‘oniston), Pomir (eng baland nuqtasi 7498m, Tojikiston) tog‘lari ham dunyo bo‘yicha eng «ulug‘» tog‘lar ekanligi aniqlangan.

* Ma’lumki, «Ginnesning rekordlar kitobi»dan eng ajabtovur jahon rekordlari o‘rin oladi. 1955 yildan boshlab har yili chop etiladigan bu kitobning bugungacha 100 millionga yaqin nusxasi sotilgan. Har yili 40 ming kishi «Rekordlar kitobi»ga kirishga harakat qiladi, ammo ulardan 5600 nafarigagina bu nasib etadi. 276 betlik 2006 yilgi nashr 276 betdan iborat bo‘lib, undan mingdan oshiq yangi rekordlar o‘rin olgan.

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:20:55

U asosiy maqsad emas, u yangi kunga tayyorgarlik vositasi bo‘lishi darkor, deya ish tutgan Napoleon va Edison bor-yo‘g‘i 4-5 soatgina uxlashni odat qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning o‘z ishiga katta qiziqish bilan yondashganligi bois, uncha-muncha toliqishni sezmaganlar. Biroq Enshteynda, u fizikani har qancha sevishiga qaramay, mutlaqo buning aksi kuzatilgan. Buyuk olim hamisha 10 soatdan ko‘p uxlagan. Hatto yaqin do‘stlari hazillashib, uni «uyquchi» deb ham atashgan. Vaholanki, Enshteyn davrida 10 soatdan ko‘p uxlashni odat qilgan «uyquchi»lar soni umumiy aholining 4 foizinigina tashkil etgan.

Qayd etilgan


Farrukhjon  31 Avgust 2006, 07:29:38

Mashhur olim, Nobel mulofoti sovrindori Nils Bor o`z davrida futbol bo`yicha Daniya terma jamoasining darvozaboni hisoblangan. U Olimpiada o`yinlarida qatnashgan va Olimpiada chempioni bo`lgan.

Qayd etilgan


Farrukhjon  31 Avgust 2006, 07:32:53

Napoleon Bonapart 24 yoshidayoq general unvonini olgan. U fransuz tilida yaxshi gapira olmagan.

Qayd etilgan


Abdullox  25 Noyabr 2006, 22:25:32

       Jahonning mashhur bastakorlari va ularning merosi ( soatda).

Yozef Gayden  (1732-1809) , Avstriya                                                 340
Georg Fridrix Gendel   (1685-1759),nemis                                           303
Volfgang Amadey Motsart    (1756-1791),Avstriya                               202
Iogan Sebastyan Bax    (1685-1750),nemis                                         175
Frans Shubert   (1779-1828),nemis                                                     134
Lyudvig Van Betxoven   (1770-1827),nemis                                         120
Genri Pyorsl   (1659-1695),ingliz                                                          116
Juzeppe Verdi   (1813-1901),italyan                                                     87
Antonin Dvorjak   (1841-1904),chex                                                     79
Frens List    (1811-1886),venger                                                          76
Pyotr Chaykovskiy    (1840-1893),rus                                                   76

     

Qayd etilgan


Suvon  01 Dekabr 2006, 19:34:29

MDU (Rossiya)-dunyodagi eng katta universitet bo`lib 40 000 ta xonadan iborat.
Mug`iliston okean va dengiz bilan tutashmagan yagona yirik davlat (2.2 mln km.kv)
Bangladesh aholi soni bo`yicha dunyoda 5-o`rinda (110 mln), maydoni jixatdan 87-o`rinda (165 000 km.kv) turadi.




Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:15:47

Dunyodagi eng qimmat ayol mashhur qo‘shiqchi Jennifer Lopesdir. U o‘z badanini bir milliard yevroga sug‘urta qildirgan.

***

2002 yilda pop-qo‘shiqchi  Britni Spirs ishtirokida Pepsi salqin ichimliklar kompaniyasining eng qimmat roligi yaratildi. 90 sekundlik lavha uchun 7,5 million dollar sarflandi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning qariyb 1 millioni Britni Spirsga gonorar sifatida berilgan.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:16:01

Maykl Blumbergni 2001 yilda Nyu-York meri etib tayinlash uchun 744757 kishi ovoz berdi. Mazkur saylov kampaniyasi 62 million dollarga tushdi. Bu har bir ovoz uchun 92 dollaru 60 tsent  sarflandi deganidir.

***

Jahondagi eng qimmat sigaret esa Treasurer rusumiga  tegishlidir. Uning bir pachkasi 24 yevro turadi va maxsus do‘konlarda sotiladi.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:16:21

Narxi eng osmon mehmonxona  Dubaydagi Burj Al Agovdir. Uning oddiy nomerida tunash uchun 770 yevro to‘laysiz.  Oliymaqom mehmonlar uchun mo‘ljallangani esa 7700 yevroga tushadi.

***

Ko‘ylagi haqiqiy brilliantlar bilan bezatilgan Barbi qo‘g‘irchog‘i kimoshdi savdolaridan birida 100 ming yevroga sotilgan.

Qayd etilgan