Ajabtovur faktlar  ( 88222 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 21 B


AbdurRohman  22 Sentyabr 2007, 16:34:24

Kaola ayig`i bir kunda 22 soat uxlaydi.

Yalqovmisan yalqov. qoyil!! ;D :D

Qayd etilgan


Robiya  25 Oktyabr 2007, 16:05:48

Chililik 63 yoshli Leontina Espinoza ismli ayolning 73 farzandi bor.

Zimbabvelik Tuma Nzu Makaza esa, bir yuz o’tiz olti (!) farzandning otasi.Uning yigirma to’rtta rafiqasi bor.Hammasi bir oila bo’lib yashaydi.Ularga haftasiga bir tonna makka uni,qirq sakkiz litr yog’,sakson kilo shakar ketadi.


Qayd etilgan


Robiya  25 Oktyabr 2007, 16:07:38

1974 yil may oyida birmalik Bxandanta Visichara jami o’n olti ming sahifaga joy bo’ladigan Budda rivoyatlari va aqidalarini yoddan o’qidi.

Ruminiyaning Buzzuluy qishlog’ida yashovchi qirq besh yoshli Jenika Neagovichnning yuragi o’ng tomonida,jigari esa chap tomonida joylashgan.

Qayd etilgan


Robiya  25 Oktyabr 2007, 16:09:17

Dunyoda eng xasis erkaklar fransuzlar, saxiylari, tabiiyki,o’zbeklar ekan.

Dunyodagi "œsemiz" davlatlar — AQSH,Rossiya,Buyuk Britaniya,Germaniya, "œozg’in"lari — Hindiston va Bangladesh.Hozirda bir milliard odam semizlikdan aziyat chekmoqda.

Qayd etilgan


Robiya  25 Oktyabr 2007, 16:10:58

Jirafa — 2 soat,ot — 3 soat, maymun — 9 soat, delfin — 10 soat, it — 10 soat, mushuk — 12 soat, sichqon — 13 soat, olmaxon — 14 soat uxlaydi.

Inson miyasida taxminan yuz milliard hujayra bor.35 yoshdan hujayralar soni kamaya boshlaydi.Bu kamayish yiliga 2,5 millionni tashkil etadi.


Qayd etilgan


Robiya  27 Oktyabr 2007, 16:53:43

Jigar ovqat hazmi uchun bir yilda 365 litr safro ishlab chiqaradi.

Oshqozon orqali bir yilda o’rtacha 730 ming kaloriya olinadi.

Ko’zlar bir daqiqada o’n-yigirma marta kiprik qoqadi va bu bilan doimiy namlanib turadi.Kiprik qoqishning bir yillik sanog’i olti-sakkiz millionga teng.


Qayd etilgan


Robiya  27 Oktyabr 2007, 16:54:34

Qo’l tirnoqlari oyda sakkiz mm. O’sadi.O’yoq tirnoqlari shuning yarmicha.

Buyraklar bir yilda yetti yuz litr suvni filtrlab o’tkazadi.

Teri har yili uch marta yangilanadi.


Qayd etilgan


Robiya  27 Oktyabr 2007, 17:00:36

Inson oltmish yil to’xtamasdan sanasa,uch milliardgacha sanay oladi.Agar Yer yuzining butun aholisi bir umr tinmasdan sanasa,ignabandning boshchasidagi atomlarning soninigina sanay olishi mumkin.


Qayd etilgan


Farida  11 Noyabr 2007, 17:51:36

KIM QANDAY SALOMLASHADI?

Jahon xalqlari qanday salomlashadilar? Irqi, millati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, odamlarning bir-birlari bilan salomlashishlari ko‘p narsani ifodalaydi. Xo‘sh salomlashishni kim qanday ifodalaydi?

Eskimoslar bir-biri bilan salomlashishdan oldin mushti bilan sekingina uradi. Agar siz Tibetga borsangiz, oldingizdan o‘tayotgan odam sizga tilini ko‘rsatsa, xafa bo‘lmang. Bu «Senga nisbatan yomon niyatim yo‘q» degani. Lekin bu xati-harakat boshqa millatlarda haqorat hisoblanadi. Agar ispan va italyanlar ko‘rsatkich barmog‘i yordamida qovog‘ini pastga tortsa, bu ularning siz bilan salomlashganlaridir.

Biz bir-birimizning qo‘limizni siqib salomlashamiz. Xuddi shu odat xitoyliklarga ham xos ekanini kuzatgan bo‘lsangiz kerak.

Xayrlashish vaqtida esa ruslar qo‘lini balanddan pastga silkitib xayrlashadi. Lekin Lotin Amerikasida bu ishora uyga mehmonga taklif qilish ma’nosini anglatadi.

Qayd etilgan


Farida  11 Noyabr 2007, 17:55:07

TEKSHIRUV

Buyuk fizik olim Albert Eynshteyn Yevropadan Amerikaning Prinston shahriga ko‘chib borgandi. Bir kuni u ishga joylashgan institut rektorining qabulxonasida telefon jiringlab qoldi. Kotiba ayol telefon dastagini oldi.
— Rektor bilan gaplashmoqchi edim.
— U kishi yo‘qlar.
— Unday bo‘lsa, Eynshteyn qaerda yashashini aytib bera olmaysizmi?
— Afsuski, yo‘q. Professor Eynshteyn ishlashimga xalal beradi deb, begonalarga manzillarini bermasligimni iltimos qilgan.
Shunda dastakdan pichirlagan ovoz eshitildi:
— To‘g‘ri, hech kimga aytmang, lekin qo‘ng‘iroq qilayotgan men — Eynshteynman! Iltimosimni qay darajada uddalayotganingizni bilmoqchi edim.

Qayd etilgan