Ajabtovur faktlar  ( 121646 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 21 B


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:02:37

* Rossiya dunyoda hududi bo‘yicha eng yirik mamlakat hisoblanadi. Maydoni: 17,1 mln. km.kv. Bu esa uning yana bir yirik mamlakat — Braziliyadan (maydoni 8.511.970 km.kv.) 2 baravar, Turkiyadan (Turkiya maydoni 814578 km.kv) 20 baravar katta deganidir.

* Chili esa dunyoning eng «uzun» mamlakatlaridan biridir. Bu mamlakat hududi shimoldan janub tomon 5000 km.ga cho‘zilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Rossiya (G‘arbdan sharqqa tomon 10000 km) va Kanada (janubi g‘arbdan shimoli sharq tomon 9000 km)dan keyin 3-o‘rinda turadi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:02:59

* Paragvay — Amerika qit’asidagi hududi okeanga tutash bo‘lmagan yagona mamlakat.

* Hindistondagi Chennay shahri 1996 yilgacha Madras, Rossiyadagi Tolyatti shahri 1964 yilgacha Stavropol, Turkmanistondagi Turkmanobod shahri 1927-1993 yillarda Chorjo‘y, Vetnamdagi Xoshimin shahri esa 1976 yilgacha Saygon nomi bilan atalgan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:07:40

* Yer yuzi aholisining 25 foizi biror marta ham telefondan foydalanmagan.

* Monologiya - bu ahmoqlikni o'rganadigan fandir.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:09:18

* Kishi umri davomida ajratadigan so'lak bilan ikkita basseynni to'ldirsa bo'ladi.

* Jigarimiz har soatda 100 litrdan ortiq qonni tozalaydi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:09:48

* Ayollar chet tillarini erkaklarga nisbatan tezroq o'rganisharkan.

* Eng tez gapiradigan millat fransuzlardir (minutiga 350 ta so'z).

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:10:17

* Gidrofobiya - bu suvdan qo'rqish kasalligidir.

* Odam hayoti davomida tasodifan 70 taga yaqin hashoratni eb qo'yadi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:10:49

* Koala ayig'i bir kunda 22 soat uxlaydi.

* Dunyoda eng ko'p tarqalgan ism - Muhammad.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:12:22

* Inson oltmish yil toxtamasdan sanasa, uch millyardgacha sanay oladi. Agar yer yuzining butun aholisini bir umr tinmasdan sanasa, ignabandning boshchasidagi atomlarning soninigina sanay olishi mumkin ekan.

* Buyuk olimlaridan andalusiyalik Ibn Rushd umri davomida faqat ikki kechada kitob o'qimagan ekan. Biri uylangan kuni, ikkinchisi, otasi vafot etgan kecha ekan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:15:10

* Dunyoda va Islom me'morchiligida ilk minora hijriy 85 yilda Shom(Suriya)dagi Ummaviylar masjidi ustida bunyod etilgan. Bu minora halifa Volid farmoniga binoan bunyod etilgan.

* Ka'ba bunyod etilgandan beri tabiiy ofatlar natijasida ko'p marta vayron bo'lgan va qayta tiklangan. Poydevorlariga qadar bo'lgan eng so'nggi va jiddiy ta'mir hijriy 1972-yil Hajjoj ibn Yusuf tomonidan amalga oshirilgan. Ka'baning hozirgi binosi Hajjoj insho ettirgan o'sha binodir.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:21:58

* Rossiyada 1 million 200 ming katayu kichik amaldorlar bor. Shundan davlat ijro hokimiyati bo‘g‘inlarida 1 million, sud va prokuratura idoralarida 160 ming kishi, qonunchilik sohasida esa 23 ming kishi ishlaydi. Faqat Moskva shahrining o‘zida hokimiyat organlarida 38 ming kishi faoliyat ko‘rsatadi.

* Choy bundan 2000 yil muqaddam Xitoyda paydo bo‘lgan. U haqidagi birinchi kitobni milodning 780 yilida mash¬hur Xitoy adibi Lu Yuy yozgan. «Chatszin» deb nomlangan bu asarda choy yetishtirish, tayyorlash va iste’mol qilish usullari haqida hikoya qilinadi. O‘zbekcha «choy» so‘zi ham xitoycha «cha» so‘zidan kelib chiqqan. Darvoqe, choy tayyorlashni alohida marosimga aylantirib yuborgan yaponlar uning «qora»sini «kocha», «ko‘k»ini esa «ocha» deb atashadi.

Qayd etilgan