RAMAZON HAYITI muborak!  ( 25548 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Robiya  09 Sentyabr 2010, 05:19:52

:bsm:

Bizga Ramazon ro'zasini farz qilgan Alloh subhonahu va taologa Uning jamoli adadidan ham ko'proq hamdu sanolar bo'lsin!

Islomni ta'lim bergan, Alloh amrlarini yetkazgan Payg'ambarimiz - Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovotu durudlarimizni yo'llaymiz!

:as:

Qadrli dindoshlarim, aziz forumdoshlar!

Mana, Siz bilan ajru mukofoti beqiyos bo'lgan Kunlar ARAFAsida turibmiz. Duolar mustajob bo'lgan kunlar qatorida ARAFA kuni ham tilga olinadi. Shunday ekan, Siz azizlarning ushbu Kunda qilajak barcha ezgu niyatlaringiz mustajob bo'lsin! Tutgan ro'zalarimiz Ertaga do'zax otashidan parda bo'lib, boshqa xayrli amallarimiz gunohlarga kafforat bo'lsin!

Dindosh birodarlar, qadrli aka-opa, uka-singillarim! Ertaga butun musulmon dunyosida ulug' BAYRAM, inshaAlloh!

Barchangizni Iyd ul Fitr, muborak Ramazon hayiti bilan tabriklayman! Siz orqali oila a'zolaringiz, qavmu qarindoshlaringizga ham ushbu Kun xayrli bo'lsin deb qolaman!

Yaratgan Egamning O'zi yurtimiz va butun dunyodagi mo'min musulmonlarning qalbidagi mehr muhabbat, birodarlik rishtalarini mustahkamlab, hamisha yelkama-yelka bo'lishni nasib etsin!

AYYOM MUBORAK BO'LSIN!!!

Qayd etilgan


JaviK  09 Sentyabr 2010, 07:33:44

Barchani ertanggi  Ramazon HAyiti  muborak bo`lsin. Olloh yo`lida qilingan ibodatlarimiz qabul bo`lsin. Olloh barchannggizni panohida saqlasin.

Qayd etilgan


Habib  09 Sentyabr 2010, 09:38:48

Muborak bo'lsin, muborak qilsin! Dillarni shod aylab, keyingi Ramazonga yetishni nasib aylasin!  :amn:

Qayd etilgan


ibrohim  09 Sentyabr 2010, 10:22:14

Birodarim doimo ibodatda bo'ling,
Pokligu halollik yo'lida yuring.
Hayotni o'tkinchi g'animat biling,
Hayit bayramingiz muborak, duolar qiling!

Qayd etilgan


Govegastar  09 Sentyabr 2010, 20:07:19

Ajib go'zallikni o'ziga jamlagan,
Oyning yuzin yopar ehtimol etak.
Rosululloh sevib bayram aylagan,
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak.


(mavjud sherdan olindi)

Qayd etilgan


yoqutxon  09 Sentyabr 2010, 22:05:51

 
Assalomu aleykum varahmatullohu vabarakatuh! Azizlarim Ramazon Hayiti muborrak bo'lsin!!!! Men uchun Olloh bergan umrning har  yangi yilli aynan mana shu ramazon hayitidan boshlanadi.Har bir narsaning ohirida esa imtihonni bo'ladi. Shuning uchun ramazon oyida ro'zani kanda qilmay tutgan birodarlarimizni Ollohga bo'lgan muhabbati va sabrini ro'za orqali  imtihondan o'tkazganliklari va bu amallari uchun Inshaaloh qiyomatda Ollohning mukoffatiga ega bo'lishlari bilan muborakbot etaman.Bu ulug' kunlarga yetkazganiga shukur!


Rabbisi Alloh, Qiblasi Kabatulloh,
Rasuli Muhammad,
Payg'ambariga ummat,
Kitobi Qur`on,
Dili to'la Iymon,
Sizga eng ezgu tilak
Ushbu kun muborak.



Qayd etilgan


Abdumuhaymin  09 Sentyabr 2010, 22:21:10

 :as:
Barcha muslim,muslimalarga ayyom muborak

Qayd etilgan


Abdulhafiz  09 Sentyabr 2010, 23:09:17

:as:

Allohim barchamizni keyingi ramazonga ham salomatlikda yetkazsin.

Qayd etilgan


Chustiy  09 Sentyabr 2010, 23:24:11

 :bsm:

 :as:

Сердечно поздравлсю Вас с
Лраздником Ураза-байрам!
Лусть праздник Ураза-байрам принесет в Ваш дом, семью тепло и радость, согласие и благосостосние, мир и благополучие! От всей души желаю Вам крепкого здоровьс, добрс‹х десний, успехов, счастьс!

 :as:

Qayd etilgan


Fayzbek  09 Sentyabr 2010, 23:34:36

 :bsm: :as:    Bu oyni boshi (oldingi 10 kunligi) rahmat, o'rtasi mag'firat (gunohlarni kechirilishi), oxiri do'zah o'tining harom bo'lish kunlari deyishadi, Allohim o'zi qilgan ibodatlarimizni qabul qilgan bo'lg'ay? Barcha mo'minu-mo'minalar, muslimu-muslimalarga Iyd Al Fitr muborak bo'lg'ay?
Bayram tinch, asoyishta va chiroyli kayfiyatda o'tgay?
(Nimaga "?" belgisi qo'yibsiz deb hayron bo'lmanglar Allohimdan umid bilan so'rayapman. Yana bir gap Yuqorida hamma "etkazsin", "Bo'lsin", "aylasin" kabi buyruq ohangidagi so'zlarni ko'p ishlatibdilar, Aslida bu so'zlar Allohdan umid bilan "etqazgay", "bo'lg'ay", "aylagay" bo'lib ishlatilishi maqsadga muofiq. Allohim barchamizni tilaklarimizdanda avfzallarini bergay.  :amn: )

Qayd etilgan