Umumiy bo'lim > Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

RAMAZON HAYITI muborak!

Sahifalar: (1/9) > >>

Robiya:

:bsm:
Bizga Ramazon ro'zasini farz qilgan Alloh subhonahu va taologa Uning jamoli adadidan ham ko'proq hamdu sanolar bo'lsin!

Islomni ta'lim bergan, Alloh amrlarini yetkazgan Payg'ambarimiz - Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovotu durudlarimizni yo'llaymiz!

:as:

Qadrli dindoshlarim, aziz forumdoshlar!

Mana, Siz bilan ajru mukofoti beqiyos bo'lgan Kunlar ARAFAsida turibmiz. Duolar mustajob bo'lgan kunlar qatorida ARAFA kuni ham tilga olinadi. Shunday ekan, Siz azizlarning ushbu Kunda qilajak barcha ezgu niyatlaringiz mustajob bo'lsin! Tutgan ro'zalarimiz Ertaga do'zax otashidan parda bo'lib, boshqa xayrli amallarimiz gunohlarga kafforat bo'lsin!

Dindosh birodarlar, qadrli aka-opa, uka-singillarim! Ertaga butun musulmon dunyosida ulug' BAYRAM, inshaAlloh!

Barchangizni Iyd ul Fitr, muborak Ramazon hayiti bilan tabriklayman! Siz orqali oila a'zolaringiz, qavmu qarindoshlaringizga ham ushbu Kun xayrli bo'lsin deb qolaman!

Yaratgan Egamning O'zi yurtimiz va butun dunyodagi mo'min musulmonlarning qalbidagi mehr muhabbat, birodarlik rishtalarini mustahkamlab, hamisha yelkama-yelka bo'lishni nasib etsin!

AYYOM MUBORAK BO'LSIN!!!

JaviK:

Barchani ertanggi  Ramazon HAyiti  muborak bo`lsin. Olloh yo`lida qilingan ibodatlarimiz qabul bo`lsin. Olloh barchannggizni panohida saqlasin.

Habib:

Muborak bo'lsin, muborak qilsin! Dillarni shod aylab, keyingi Ramazonga yetishni nasib aylasin!  :amn:

ibrohim:

Birodarim doimo ibodatda bo'ling,
Pokligu halollik yo'lida yuring.
Hayotni o'tkinchi g'animat biling,
Hayit bayramingiz muborak, duolar qiling!

Govegastar:

Ajib go'zallikni o'ziga jamlagan,
Oyning yuzin yopar ehtimol etak.
Rosululloh sevib bayram aylagan,
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak.


(mavjud sherdan olindi)

Sahifalar: (1/9) > >>

Go to full version