Bizga Ramazon ro'zasini farz qilgan Alloh subhonahu va taologa Uning jamoli adadidan ham ko'proq hamdu sanolar bo'lsin!
Islomni ta'lim bergan, Alloh amrlarini yetkazgan Payg'ambarimiz - Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovotu durudlarimizni yo'llaymiz!
Qadrli dindoshlarim, aziz forumdoshlar!
Mana, Siz bilan ajru mukofoti beqiyos bo'lgan Kunlar
ARAFAsida turibmiz. Duolar mustajob bo'lgan kunlar qatorida
ARAFA kuni ham tilga olinadi. Shunday ekan, Siz azizlarning ushbu Kunda qilajak barcha ezgu niyatlaringiz mustajob bo'lsin! Tutgan ro'zalarimiz Ertaga do'zax otashidan parda bo'lib, boshqa xayrli amallarimiz gunohlarga kafforat bo'lsin!
Dindosh birodarlar, qadrli aka-opa, uka-singillarim! Ertaga butun musulmon dunyosida ulug' BAYRAM, inshaAlloh!
Barchangizni
Iyd ul Fitr, muborak Ramazon hayiti bilan tabriklayman! Siz orqali oila a'zolaringiz, qavmu qarindoshlaringizga ham ushbu Kun xayrli bo'lsin deb qolaman!
Yaratgan Egamning O'zi yurtimiz va butun dunyodagi mo'min musulmonlarning qalbidagi mehr muhabbat, birodarlik rishtalarini mustahkamlab, hamisha yelkama-yelka bo'lishni nasib etsin!
AYYOM MUBORAK BO'LSIN!!!