Muallif Mavzu: RAMAZON HAYITI muborak!  ( 23716 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

UzMuslim

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 141
  • -oldi: 2172
  • Xabarlar: 2130
  • Jins: Erkak
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #15 : 10 Sentyabr 2010, 07:52:17 »
Assalamu Aleykum
Iydi Ramazon Muborak Qadrli Forumdoshlar,Alloh Taologa Shukuronalar bo'lsinki Mana Shundey Baxt Bizga Nasib Etib Turibdi...
Yana Bir BOr Ramazon Hayiti MUBORAK BO"LSIN..

Shoxruh Mirzo

  • Mehmon
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #16 : 10 Sentyabr 2010, 08:06:51 »
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Aziz dindoshim, Sizni Islom olamidagi eng ulug' ayyom "Iyd Ramazon" hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman! Bu muborak kunlarga yetkazganiga yaratgan Parvardigorimizga beadad hamdu-sanolar bo'lsin! Allohim barchamizning xonadonlarimizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, mustahkam iymon, dasturxonimizga qut-baraka, ishlarimizga rivoj bersin! Barchamizni xayr-sahovat sohibi qilsin va mana shunday muborak kunlarga qayta-qayta salomat iymon va xayrli amallar bilan sog'-salomatlikda yetkazsin! Shunday qasr quringki, darvozsi ISLOMdan, devorlari IYMONdan, zinalari NANOZdan, oynalari RO'ZAdan, ustunlari ZAKOTdan, taxti HAJdan, qo'rg'oni esa TAQVOdan, inshaAlloh xazinasi JANNATdan bo'lsin! Ushbu xazinaning ichidagi eng ulug' ne'mat - "Allohning beparda jamolini ko'rishlik" barchamizga nasib qilsin! Amin! AYYOM MUBORAK BO'LSIN !!!
« So'nggi tahrir: 03 Oktyabr 2010, 12:58:53 muallifi Shoxruh Mirzo »

Muslim-2

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 3
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 14
  • Jins: Erkak
    • wasatiya.net
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #17 : 10 Sentyabr 2010, 08:17:32 »
HAYYIT ayyomingiz muborak aziz birodarlar!

N.Nodirbek

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 4
  • -oldi: 35
  • Xabarlar: 78
  • Jins: Erkak
  • Yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan!
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #18 : 10 Sentyabr 2010, 08:48:15 »
Assalamu alaykum ahli islom!
Alloh barchamizga iyd Ramazon byramini hayrli, barokatli va qutlug' qilsin.
Kimki Allohdan qo�rqsa (taqvo qilsa), Alloh uni saqlaydi. Kim Allohdan umid qilsa, Alloh uni noumid qilmaydi. Kimki Alloh yo�lida ehson qilsa, Alloh uning o�rnini to�ldiradi. Shuning uchun taqvoni qalbing tayanchi, diydang jilosi qil! Zero, niyatsizning amali, ezgusizning ajri bo�lmas!
                                     Umar ibn Xattob (r.a)

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #19 : 10 Sentyabr 2010, 12:53:15 »



 :as:

Barchangizni Muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbdan tabriklayman.

Rabbim yana necha shunday Bayramlarni haqqini bergan holda ko'rishni, bir-birimizni muborakbod etishni nasib etsin inshalloh...

BilmasOY

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 945
  • -oldi: 401
  • Xabarlar: 266
  • Jins: Ayol
  • Bilmaganni so'rab o'rgangan olim!!
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #20 : 10 Sentyabr 2010, 13:42:32 »
Assalomu alaykum qadrli dindoshlarim, forumdoshlar! Barchangizni ulug' ayyom - Ramazon hayiti bilan tabriklayman! Ilohim, bu kun va bundan keyingi amallarimiz barchamiz uchun xayrli bo'lsin! Umrimiz davomida bilib bilmay O'ziga shirk keltirib qo'yishdan, shayton vasvasalaridan O'zi asrasin! Tug'ilganimizdek islom fitratida olamdan ko'z yummoqlikni nasib aylasin! Eng oliy baxti, eng oliy ne'mati, Subhon Robbimning diydorini ko'rish baxti barchamizga nasib etsin! Xayrli qilsin!  :amn:
BU DUNYO HECH KIMGA QOLMAS ABADIY:
KETDILAR, KETAMIZ, KELISHAR, KETAR...
                                        UMAR XAYYOM

braupov

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 935
  • -oldi: 557
  • Xabarlar: 442
  • Jins: Erkak
  • ?
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #21 : 10 Sentyabr 2010, 14:18:11 »
 :as:
Barcha forum ahlini Ramazon Xayiti bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Ramazon oyida qilgan solih ammallringiz Yaratganning xuzurida maqbul bo'lsin. Kelasi Ramazon oylarida bag'ri butunlik bilan etib borish nasib qilsin. 

AbdulAzim

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 138
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 104
  • Jins: Erkak
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #22 : 10 Sentyabr 2010, 14:52:13 »
Assalomu alaykum, barcha forumdoshlarni qutlug' bayram - Ramazon Hayiti bilan tabriklaymiz. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin!

Zamiraxon

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1144
  • -oldi: 872
  • Xabarlar: 1176
  • Sajdaga bosh egdim Allohim...
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #23 : 10 Sentyabr 2010, 20:54:16 »
 :as:
Aziz forumdoshlarim, birodaru opa-singillarim, Barchangizni Alloh bizga mukofot qilib bergan kun - Iyd-ul Ramazon Hayit bayrami bilan qutlayman. Eng ezgu tilaklar va eng yaxshi niyatlar ila ...
OFF: bugun barcha qizlarimiz "yugur-yugur", "pishiriq pishir" qilishgan, yaxshilab dam ovolizlar :)
Chun koinot zubdasi ojiz ko'rib o'zin,
Hamd etolmas oncha balog'at bila senga.
                                 Abu Homid G'azzoliy

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #24 : 11 Sentyabr 2010, 01:46:14 »
Assalom alaykum aziz porumdoshlar, bugun bizada hayit yaniy juma kuni., to'risi hech voqytim yo hamma postlarni tekshirishimga oshanchun vazyatdan foydalanaib, barcha porumdoshlarni  chin-chin yurakdan hayit bayramla bilan tabrikliyman ro'za namozilia qabul bolsin. Doim bor bob yurila inshallah. Silani hurmat qiluvchi BelleQizcha,. yaxshii kunlada korushulu
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

lolo

  • Mehmon
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #25 : 11 Sentyabr 2010, 13:46:32 »
 :as:

“Taqabbala Alloh minna va minkum! (ma’nosi: Alloh (yahshi amallarimizni) sizdan ham va bizdan ham qabul qilsin”

Buni Rasululloh صلَّى اللهُ عََليْهِ وَ سَلَّم ning ashoblari ‘Id kuni uchrashganlarida bir-birligini tabriklab etishardi.” [Ibn Hajar. Al-Fath 2/446]

Ummu Muslima

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 1490
  • -oldi: 506
  • Xabarlar: 239
  • Jins: Ayol
Re: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #26 : 11 Sentyabr 2010, 14:25:16 »
 :as:
Sizu-bizni mana shunday Ulug' Ayyomlarga yetkazgan ALLOHimga behissob hamdu sanolar bo'lsin,

yana ko'p yillar ,tinchlik salomatlikda Ramazonlarga yetib , ALLOHga maqbul bo'ladigan amallar qilib  Roziligini topish barchalarimizga nasib etsin omiin.

Iyd Ramazon barchangizga muborak!
So'nggi nafaslarda ALLOHdan rahmat yetib, jon Tavhid bilan chiqsa,naqadar go'zal Hotima!
(Abu Homid G'azzoliy)

كوثر

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 59
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 57
  • Jins: Ayol
Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #27 : 06 Avgust 2013, 23:37:25 »
as.al.vr.vb.
kevotgan hayitila bilan aziz forumdoshlar  ! ! !
in shaa Alloh inninga hayit.

IRFON-2012

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 130
  • Xabarlar: 119
Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #28 : 09 Avgust 2013, 00:01:06 »
Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!

Allohning buyuk marhamati ila, bu yilgi Ramazon oyini ham o'tkazib oldik. Qalblarda biroz mahzunlik, chunki yana doimgidek, ko'z ochib yumguncha oylarning sultoni bilan xayrlashish vaqti keldi. Ammo Allohning buyuk xikmatini ko'ring. Ularning qalblarida shodlanib, sokinlik topishlari uchun, Ramazondan keyingi oyning birinchi sanasini musulmonlar bayrami qilib qo'yibdi. Imkon qadar ibodatlarda bardavom bo'lib, ro'za tutib ancha poklanib, sayqallanib olgan nafsimiz endi bir shodlanib olsin. Islom dini faqatgina namozu ro'zadan iborat emas. Bayram va shodiyona kunlari ham bor. Bu kunda ro'za tutish xarom, aza tutishdan ham qaytarilgan. Musulmonlar muqaddas oyning rahmatlaridan bahramand bo'lganini nishonlashlari kerak. Bu kuni bir-birini tabriklaganlar ham ulkan savoblarga ega bo'ladi.
Muhtaram Prezidantimiz farmonlari bilan, har yili hayit kunlari butun mamlakat bo'ylab dam olish va katta bayram kuni qilib belgilanadi. Alohida tabriknomalar o'qib eshittiriladi. Bu bayramni xalqimiz azaldan e'zozlab, nishonlanib kelgan. Bu kuni erta tongda, hayit namoziga shoshilgan insonlarni ko'ramiz. Boshlarida milliy do'ppilar, yuzlarida mayin tabassum. Mana shu holatni ko'rib, o'zinga o'xshading jonajon xalqim, degim keladi. Qaniydi har kuni hayit bo'lsa!
Bolalarga hayitlik ulashamiz. Buning zamirida ulkan va pokiza maqsadlar bordir. Esini tanigandan boshlab, bolajonlar hayitni yoqtirib qolishadi. Garchi pul yoki shunga o'xshash xadyalar tufayli mehr qo'ysada, bu faqatgina hayitning ne'mati ekanligidan, bolaning ongiga bu kunning qadr-qimmati chuqur singib boradi. Kattalarga, oilasiga, jamiyatga va muqaddas dinimizga muhabbati ortadi.
Bayram kunida qabristonlarga shoshadiganlar ham ko'p. Mayli, haqlariga duo qilsin, ibrat olib qaytsinlar. Lekin afsuski, bu kunni azaga aylantirib olganlar ham talaygina. Axir bugun bayramku! Bayramda faqat shod-u xurramlik, xursandchilik va tabassum bo'lishi kerak. Shu kuni azani qo'yib turaylik. Necha haftadan beri qarindoshlarni ziyorat qilgani bahona yoki vaqt topolmayotgandik. Mana imkoniyat, mana bahona. Ota-ona, amma, xola, tog'a, amaki, hammalariga hayitlik berib duolarini oling. O'ttiz kun ibodat qilgan odam, bir kun bayram qilishni ham bilish kerak. Sal yayrab, o'yin-kulgu ham qilib turish kerak chegaradan chiqmasdan. Kunduzi farzandlaringizni olib, istirohat bog'larida aylantirib keling. O'zingiz ham bir maza qilib xordiq chiqaring. Ha bugun shunaqa kun. Boshqa payt ham dam olib turamiz, lekin bugun zarur bu narsa. Ishdagi tashvishlarni bir kunga yig'ishtirib turing! Shunday nishonlangki, musulmon bo'lmaganlar ham Islomga xavas qilsin. Bayram qilsa ham katta savob bo'ladi, deganimizning boisi shudir.

Butun O'zbekistonimizni, vatanimizning har bir fuqorosini, barcha forumdoshlarimizni, dunyodagi barcha musulmonlarni, osmonlar-u yer va undagi barcha mavjudotlarni, bayramni quvonch bilan qarshi olgan barcha zotlarni chin qalbimdan tabriklayman! Ushbu kun quvonchli damlaringiz boshlanishi bo'lsin! Bu ojizona bitilgan tabrikni o'qiyotgan qaro ko'zlarga alohida tabrigimni izxor etaman! Ko'zlari hamisha baxt-u quvonchni ko'rsib yursin. Yashab turgan muqaddas zaminimiz, ko'rkam diyorimiz hamisha eng sokin va tinch maskanlar bo'lib qolsin! Uning bag'rida avlodlarimiz o'ynab-kulib ulg'aysinlar va keyingi avlodga yanada obodroq yurtni qoldirsinlar! Yurtimning har bir kuni avvalgisidan hayrliroq bo'lsin! Qalblarimiz hamisha iymon nuridan halovat topsin! Keyingi Ramazonga ham sog'-salomat, tinch-osudalik bilan yetish nasib qilsin!

Xayr Ramazon! Hozirdanoq seni sog'inishni boshladik...

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
« Javob #29 : 09 Avgust 2013, 10:12:24 »
Assalomu alaykum.

Barchangizni Ramazon bayrami bilan tabriklayman. Turkiyada "shakar-qand" bayrami, deyishadi:)

Hayitingiz qandday o'tsin:)



resİm yÜkleme

 

1429 Hijriy yilning Ramazon hayiti qayerda qachon nishonlandi?

Muallif Musannif AdhamBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6049
So'nggi javob 01 Oktyabr 2008, 22:03:06
muallifi AbdulAziz
Qurbon hayiti muborak !!!

Muallif Musannif AdhamBo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 35
Ko'rilgan: 18067
So'nggi javob 24 Sentyabr 2015, 06:23:46
muallifi Pofiraxon
Ramazon muborak!

Muallif AbdulAzizBo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 8753
So'nggi javob 16 Avgust 2011, 13:10:36
muallifi siddiqa
Yangi forum muborak!

Muallif NodiBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 8353
So'nggi javob 08 Mart 2007, 08:49:17
muallifi Asal
ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari

Muallif zaynulabidiynBo'lim Islom

Javoblar: 113
Ko'rilgan: 68664
So'nggi javob 23 Sentyabr 2006, 07:13:05
muallifi Doniyor