RAMAZON HAYITI muborak!  ( 49876 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


BilmasOY  10 Sentyabr 2010, 13:42:32

Assalomu alaykum qadrli dindoshlarim, forumdoshlar! Barchangizni ulug' ayyom - Ramazon hayiti bilan tabriklayman! Ilohim, bu kun va bundan keyingi amallarimiz barchamiz uchun xayrli bo'lsin! Umrimiz davomida bilib bilmay O'ziga shirk keltirib qo'yishdan, shayton vasvasalaridan O'zi asrasin! Tug'ilganimizdek islom fitratida olamdan ko'z yummoqlikni nasib aylasin! Eng oliy baxti, eng oliy ne'mati, Subhon Robbimning diydorini ko'rish baxti barchamizga nasib etsin! Xayrli qilsin!  :amn:

Qayd etilgan


braupov  10 Sentyabr 2010, 14:18:11

 :as:
Barcha forum ahlini Ramazon Xayiti bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Ramazon oyida qilgan solih ammallringiz Yaratganning xuzurida maqbul bo'lsin. Kelasi Ramazon oylarida bag'ri butunlik bilan etib borish nasib qilsin. 

Qayd etilgan


AbdulAzim  10 Sentyabr 2010, 14:52:13

Assalomu alaykum, barcha forumdoshlarni qutlug' bayram - Ramazon Hayiti bilan tabriklaymiz. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Zamiraxon  10 Sentyabr 2010, 20:54:16

 :as:
Aziz forumdoshlarim, birodaru opa-singillarim, Barchangizni Alloh bizga mukofot qilib bergan kun - Iyd-ul Ramazon Hayit bayrami bilan qutlayman. Eng ezgu tilaklar va eng yaxshi niyatlar ila ...
OFF: bugun barcha qizlarimiz "yugur-yugur", "pishiriq pishir" qilishgan, yaxshilab dam ovolizlar :)

Qayd etilgan


BelleQizcha  11 Sentyabr 2010, 01:46:14

Assalom alaykum aziz porumdoshlar, bugun bizada hayit yaniy juma kuni., to'risi hech voqytim yo hamma postlarni tekshirishimga oshanchun vazyatdan foydalanaib, barcha porumdoshlarni  chin-chin yurakdan hayit bayramla bilan tabrikliyman ro'za namozilia qabul bolsin. Doim bor bob yurila inshallah. Silani hurmat qiluvchi BelleQizcha,. yaxshii kunlada korushulu

Qayd etilgan


lolo  11 Sentyabr 2010, 13:46:32

 :as:

Taqabbala Alloh minna va minkum! (ma’nosi: Alloh (yahshi amallarimizni) sizdan ham va bizdan ham qabul qilsin"

Buni Rasululloh صلَّى اللهُ عََليْهِ وَ سَلَّم ning ashoblari ‘Id kuni uchrashganlarida bir-birligini tabriklab etishardi." [Ibn Hajar. Al-Fath 2/446]

Qayd etilgan


Ummu Muslima  11 Sentyabr 2010, 14:25:16

 :as:
Sizu-bizni mana shunday Ulug' Ayyomlarga yetkazgan ALLOHimga behissob hamdu sanolar bo'lsin,

yana ko'p yillar ,tinchlik salomatlikda Ramazonlarga yetib , ALLOHga maqbul bo'ladigan amallar qilib  Roziligini topish barchalarimizga nasib etsin omiin.

Iyd Ramazon barchangizga muborak!

Qayd etilgan


كوثر  06 Avgust 2013, 23:37:25

as.al.vr.vb.
kevotgan hayitila bilan aziz forumdoshlar  ! ! !
in shaa Alloh inninga hayit.

Qayd etilgan


IRFON-2012  09 Avgust 2013, 00:01:06

Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!

Allohning buyuk marhamati ila, bu yilgi Ramazon oyini ham o'tkazib oldik. Qalblarda biroz mahzunlik, chunki yana doimgidek, ko'z ochib yumguncha oylarning sultoni bilan xayrlashish vaqti keldi. Ammo Allohning buyuk xikmatini ko'ring. Ularning qalblarida shodlanib, sokinlik topishlari uchun, Ramazondan keyingi oyning birinchi sanasini musulmonlar bayrami qilib qo'yibdi. Imkon qadar ibodatlarda bardavom bo'lib, ro'za tutib ancha poklanib, sayqallanib olgan nafsimiz endi bir shodlanib olsin. Islom dini faqatgina namozu ro'zadan iborat emas. Bayram va shodiyona kunlari ham bor. Bu kunda ro'za tutish xarom, aza tutishdan ham qaytarilgan. Musulmonlar muqaddas oyning rahmatlaridan bahramand bo'lganini nishonlashlari kerak. Bu kuni bir-birini tabriklaganlar ham ulkan savoblarga ega bo'ladi.
Muhtaram Prezidantimiz farmonlari bilan, har yili hayit kunlari butun mamlakat bo'ylab dam olish va katta bayram kuni qilib belgilanadi. Alohida tabriknomalar o'qib eshittiriladi. Bu bayramni xalqimiz azaldan e'zozlab, nishonlanib kelgan. Bu kuni erta tongda, hayit namoziga shoshilgan insonlarni ko'ramiz. Boshlarida milliy do'ppilar, yuzlarida mayin tabassum. Mana shu holatni ko'rib, o'zinga o'xshading jonajon xalqim, degim keladi. Qaniydi har kuni hayit bo'lsa!
Bolalarga hayitlik ulashamiz. Buning zamirida ulkan va pokiza maqsadlar bordir. Esini tanigandan boshlab, bolajonlar hayitni yoqtirib qolishadi. Garchi pul yoki shunga o'xshash xadyalar tufayli mehr qo'ysada, bu faqatgina hayitning ne'mati ekanligidan, bolaning ongiga bu kunning qadr-qimmati chuqur singib boradi. Kattalarga, oilasiga, jamiyatga va muqaddas dinimizga muhabbati ortadi.
Bayram kunida qabristonlarga shoshadiganlar ham ko'p. Mayli, haqlariga duo qilsin, ibrat olib qaytsinlar. Lekin afsuski, bu kunni azaga aylantirib olganlar ham talaygina. Axir bugun bayramku! Bayramda faqat shod-u xurramlik, xursandchilik va tabassum bo'lishi kerak. Shu kuni azani qo'yib turaylik. Necha haftadan beri qarindoshlarni ziyorat qilgani bahona yoki vaqt topolmayotgandik. Mana imkoniyat, mana bahona. Ota-ona, amma, xola, tog'a, amaki, hammalariga hayitlik berib duolarini oling. O'ttiz kun ibodat qilgan odam, bir kun bayram qilishni ham bilish kerak. Sal yayrab, o'yin-kulgu ham qilib turish kerak chegaradan chiqmasdan. Kunduzi farzandlaringizni olib, istirohat bog'larida aylantirib keling. O'zingiz ham bir maza qilib xordiq chiqaring. Ha bugun shunaqa kun. Boshqa payt ham dam olib turamiz, lekin bugun zarur bu narsa. Ishdagi tashvishlarni bir kunga yig'ishtirib turing! Shunday nishonlangki, musulmon bo'lmaganlar ham Islomga xavas qilsin. Bayram qilsa ham katta savob bo'ladi, deganimizning boisi shudir.

Butun O'zbekistonimizni, vatanimizning har bir fuqorosini, barcha forumdoshlarimizni, dunyodagi barcha musulmonlarni, osmonlar-u yer va undagi barcha mavjudotlarni, bayramni quvonch bilan qarshi olgan barcha zotlarni chin qalbimdan tabriklayman! Ushbu kun quvonchli damlaringiz boshlanishi bo'lsin! Bu ojizona bitilgan tabrikni o'qiyotgan qaro ko'zlarga alohida tabrigimni izxor etaman! Ko'zlari hamisha baxt-u quvonchni ko'rsib yursin. Yashab turgan muqaddas zaminimiz, ko'rkam diyorimiz hamisha eng sokin va tinch maskanlar bo'lib qolsin! Uning bag'rida avlodlarimiz o'ynab-kulib ulg'aysinlar va keyingi avlodga yanada obodroq yurtni qoldirsinlar! Yurtimning har bir kuni avvalgisidan hayrliroq bo'lsin! Qalblarimiz hamisha iymon nuridan halovat topsin! Keyingi Ramazonga ham sog'-salomat, tinch-osudalik bilan yetish nasib qilsin!

Xayr Ramazon! Hozirdanoq seni sog'inishni boshladik...

Qayd etilgan


Ansora  09 Avgust 2013, 10:12:24

Assalomu alaykum.

Barchangizni Ramazon bayrami bilan tabriklayman. Turkiyada "shakar-qand" bayrami, deyishadi:)

Hayitingiz qandday o'tsin:)



resİm yÜkleme

Qayd etilgan