Akbarjon to`ylar muborak  ( 14341 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Chustiy  14 Sentyabr 2010, 19:24:24

 :as:

Mana Ramazoni sharif tugap forumda to`y sezoni yana boshlandi :)
Bugun kelgan habarlaga ko`ra  :1 forumdoshimiz, dardoshimiz :), tengdoshimiz, qibladoshimiz, mail.rudoshimiz shu yaqin kunlarda uylanayotgan ekanlar...

Allah ushbu do`stimizi nikohlarini  muborak qilsin va ikki yosh orasini mehr, hayr ila ja`m qilsin...

Yana bir do`stimiz odamgarchilikdan chiqqani bilan tabriklimiz ;D

p/s: nasib etsa yaqinda yana bir porumdoshi to`ylari bo`lish arapsida, duo qip tursela kuni aniq bo`lgach alohida mavzu ochib habarini beramiz  :1

Qayd etilgan


lolo  14 Sentyabr 2010, 21:43:12

Forumdoshimiz Akbarjon!


بَارَكَ اللَّهُ لَكَ، وَبَارَكَ عَلَيْكَ، وَجَمَعَ بَيْنَكُمَا فِي خَيْرٍ
Аллоҳ сизга бу никоҳни баракотли стсин.
Аллоҳ сизга баракотлар ёғдирсин ва иккингиз сртангизни
схшиликда жамласин.
:amn:
(Абу Довуд, Термизий, Аасоий ва Ибн Можа ривостлари)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  14 Sentyabr 2010, 22:30:58

So'nggi paytlarda kamnamo bo'lib qoluvdilar, gap buyog'da ekande...
Alloh ushbu yangi qurilayotgan oilani bahtli,
 saodatli, bir-biriga muhabbatli qilsin.
Kelajakda ko'zlarini quvontiradigan,
 solih va soliha farzandlarni nasib etsin.

Qayd etilgan


Robiya  15 Sentyabr 2010, 03:18:39

:as:

Forumdoshimiz Akbarjon! Barcha yaxshi tilaklarga qo'shilaman..

Qurilajak oila Islomga xizmat qilsin!

Ertaga Qiyomatda boshingizga toj kiydiradigan qori hofizalarning ota-onasi bo'lib yuringlar, inshaAlloh..

Alloh muborak qilsin!

P.s. Yaqinda ushbu bo'lim yana bir mavzuga boyiydi, aniq bo'lsin, inshaAlloh xabar beraman. Ungacha boringlarni yig'ib turinglar..

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Sentyabr 2010, 11:23:20

Akbarjon!
Ana endi aqliz kiribdi  :13

Tabriklayman.
Ikkovingizning ham umringiz uzoq bo'lib, qo'sha-qo'sha farzandlarning ota-onasi bo'lib yurish nasib etsin!

Qayd etilgan


Habib  15 Sentyabr 2010, 11:30:59

Biz ham tilaklarga qo'shilgan holda, sermazmun hayot, fayz ila yo'g'rilgan turmush tarzini so'raymiz O'zidan. Baxtli bo'linglar!

Qayd etilgan


Oyshanur  15 Sentyabr 2010, 11:53:29

 :as:
Akbarjon,to'yizga taklifnoma berganizda bizam forumdosh xotin-halajlar tugunni boshga qo'yiiiib borardik,hech yo'q kelin ko'rdiga :)))

Nikohingiz hayrli bo'lsin.Ayolingizni dunyoyingiz uchun ham,diningiz uchun ham,oxiratingiz uchun ham hayrli qilsin.
Solih va soliha farzandlarni nasib qilsin.Amin.


Qayd etilgan


Chustiy  15 Sentyabr 2010, 12:48:42

16-sentyabr kuni to`y belgilanibti....

Yana bir bor tabrilikman...

Qayd etilgan


yoqutxon  15 Sentyabr 2010, 13:01:46

Assalom aleykum. Qurayotgan nikohingiz hayrli bo'lsin, undan solih va soliha farzandlar ko'ring illoyim. Eng ibratli, odamlar havas qiladigan oilalardan biri bo'lishingizga tilakdoshman.

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2010, 13:13:34

:as:

Obbo Akbarjon-ey : ) uylanyabman, deng:)
Birdan sizni forumga a'zo bo'lganingizdan beri yozgan post mavzulari ko'z oldimdan o'tdi. "Foto gallereya"da har xil jonivorlarni rasmlarini joylaganingiz, "Bemazhablar" mavzusida jon kuydirib yozishlaringiz, "O'zbekiston haqida savol bor" mavzusidagi Yurist bilan tortishmali gaplaringiz, bir kuni arazlab, yaxshi qolinglar, rozi bo'linglar, deyishingiz, mana hamma hammasi ortda qolib, inshalloh namunali oila rayisi bo'lish arafasida turibsiz...
Rabbim bu nikohni muborak qilib, Vataniga, Diniga xizmat qiladigan kelin-kuyov bo'lishingizni nasib aylasin inshalloh...
Bolalarni qanchalik yaxshi ko'rishingizni bilaman, Yaratgan ota-onalik baxtini sizlarga ham nasib etsin iloyim....
To'ydan keyin yo'q bo'lib ketmay (Mahdiyah va Muhammad Aminday) orada bo'lsa ham "hay-huy" deb turasizlar, degan umiddaman : )

Hurmat bilan,
Zamira



Qayd etilgan