Jamiyat va inson > Pazandalik

Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)

Sahifalar: (1/10) > >>

Ansora:

 :as:

Azizlar, "Foydali maslahatlar" mavzusi bor, lekin oshxona va taomlar bilan bog'liq maslahatlarni alohida mavzuda joylasak, qidirib vaqtimiz ketmaydi, deb o'ylab, yangi mavzu ochishga qaror berdim.



Ansora:

1. Yangi tova sotib olganingizda avvalo ichiga bir miqdor sirka solib qaynating. Shunday qilsangiz, kelajakda qizartmalaringizni tovaga  yopishib qolishini oldini olgan bo'lasiz.

2. Siqilgan limon qobiqlarini tashlamasdan qirg'ichdan o'tkazing, shakar bilan aralashtiring va bankaga solib muzxonaga qo'ying. Bu aralashma uzun muddat aynimaydi. Tort yoki shirinlik qilayotganingizda vaqtingiz ketmaydi:)

Ansora:

3. Pishloqni oson qirmoqchi bo'lsangiz, 15 daqiqa muzxonaga qo'ying.

4. Pechenyelaringiz yumshab qolgan bo'lsa, ularni bir necha daqiqa duxovkada "qotiring".

Ansora:

5. Tomatingiz judayam nordon bo'lsa, ichiga 1 dona sabzini qiring. Sabzi nordonligini oladi.

6. Qo'ziqorinlaringiz yana ham lazzatli bo'lsin desangiz, tozalagandan keyin ustiga tuz va limon suvi seping. 5 daqiqadan keyin pishirishingiz mumkin:)

yoqutxon:

Ajoyib!!!! Juda to'g'ri o'ylab ochibsiz.Mendan ham ba'zi maslahatlar:
7. Qo'ziqorinlarni kilolab olgan bo'lsangiz. Ularni birinchi navbatta qaynatib qo'ying, chunki qo'ziqorin tez ayniydi. Qaynatib qo'ysangiz hohlagan payt taomlar uchun ishlatsangiz bo'ladi.
8. Noningizni suvi ketib qolgan bo'lsa, mantiqasqon listlariga terib, 10-15 daqiqa parda ushlang. Shundan so'ng dasturxonga yangi uzilgan nonday tortib, oila a'zolaringizni hursand qilasiz.

Sahifalar: (1/10) > >>

Go to full version