Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)  ( 38100 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  29 Sentyabr 2010, 14:58:37

 :as:

Azizlar, "Foydali maslahatlar" mavzusi bor, lekin oshxona va taomlar bilan bog'liq maslahatlarni alohida mavzuda joylasak, qidirib vaqtimiz ketmaydi, deb o'ylab, yangi mavzu ochishga qaror berdim.


Qayd etilgan


Ansora  29 Sentyabr 2010, 15:03:32

1. Yangi tova sotib olganingizda avvalo ichiga bir miqdor sirka solib qaynating. Shunday qilsangiz, kelajakda qizartmalaringizni tovaga  yopishib qolishini oldini olgan bo'lasiz.

2. Siqilgan limon qobiqlarini tashlamasdan qirg'ichdan o'tkazing, shakar bilan aralashtiring va bankaga solib muzxonaga qo'ying. Bu aralashma uzun muddat aynimaydi. Tort yoki shirinlik qilayotganingizda vaqtingiz ketmaydi:)

Qayd etilgan


Ansora  29 Sentyabr 2010, 15:05:57

3. Pishloqni oson qirmoqchi bo'lsangiz, 15 daqiqa muzxonaga qo'ying.

4. Pechenyelaringiz yumshab qolgan bo'lsa, ularni bir necha daqiqa duxovkada "qotiring".

Qayd etilgan


Ansora  29 Sentyabr 2010, 15:09:54

5. Tomatingiz judayam nordon bo'lsa, ichiga 1 dona sabzini qiring. Sabzi nordonligini oladi.

6. Qo'ziqorinlaringiz yana ham lazzatli bo'lsin desangiz, tozalagandan keyin ustiga tuz va limon suvi seping. 5 daqiqadan keyin pishirishingiz mumkin:)

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Sentyabr 2010, 16:41:17

Ajoyib!!!! Juda to'g'ri o'ylab ochibsiz.Mendan ham ba'zi maslahatlar:
7. Qo'ziqorinlarni kilolab olgan bo'lsangiz. Ularni birinchi navbatta qaynatib qo'ying, chunki qo'ziqorin tez ayniydi. Qaynatib qo'ysangiz hohlagan payt taomlar uchun ishlatsangiz bo'ladi.
8. Noningizni suvi ketib qolgan bo'lsa, mantiqasqon listlariga terib, 10-15 daqiqa parda ushlang. Shundan so'ng dasturxonga yangi uzilgan nonday tortib, oila a'zolaringizni hursand qilasiz.

Qayd etilgan


Sakiina  29 Sentyabr 2010, 17:43:34

bodiringni postini archishdan oldin ohirgi tomonini (yani dumini) dumaloq shakilda kesib  bir biriga oq kupigi chiquncha ishqalasangiz achigi ketadi

Qayd etilgan


Shukrona  01 Oktyabr 2010, 09:02:14

Assalomu alykum.Kapalak opa albatta bu mavzuni sizdan kutgandik.Alloh rozi bo'lsin.
Mandan ham bazi maslahatlarni qabul qilila:
1)Muzlatilgan sabzavotlani muzidan tushirmay to'g'ri qaynoq suvga soling.Shunda ular mazali bo'lib,vitaminlari yaxshi saqlanadi.
2)Agar sabzavotla tuzli suvda pishirilsa,vitaminlarning 70%i yo'qoladi.Shuning u-n pishish oldidangina tuz seping.
3)Kartoshka yaxshi artilishi u-n uni tuzli sovuq suvda biroz ushlab turing.
Hozircha shular.Allohdan barchangizning oshxonangizga halolidan barokatli rizq so'rab qolamiz.

Qayd etilgan


Shukrona  02 Oktyabr 2010, 07:42:18

Assalomu alaykum.
1)Past olovda qovurilgan tuxum mazali chiqadi.
2)Sho'rvaga solingan kartoshka ezilib ketmasin desangiz, bir necha joyiga sanchqi suqib qo'yin.
3)Ortib qolgan osh, shovla, qovurma kabi taomlar qayta isitiladigan bo'lsa, ularga bir bosh piyozni maydalab to'g'rab qo'shib yuborin.Bu ovqatning ta'mini asl holiga keltiradi.Alloh dasturxoningizga baraka bersin.

Qayd etilgan


BelleQizcha  02 Oktyabr 2010, 08:32:56

Suti qaynatish oson, lekin toshib ketishi tez-tez uchrab turur,
Buni oldini olish uchun, qozoni chetiga ozgina yog' surtib qoysez toshmaydi.


Qayd etilgan


Shukrona  04 Oktyabr 2010, 08:25:17

Assalomu alaykum.
1)Agar pishirig'ingiz tegi kuygan bo'lsa,uni qirg'ichning mayda tishi orqali ketkizishingiz mumkin.
2)Tvorogli pirogni pishirayotganda ustida yoriqlar paydo bo'lmasligi u-n uni isitilmagan gaz pechiga solib,sho'ng olovni yoqish kerak.

Qayd etilgan