Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)  ( 38122 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Shukrona  04 Oktyabr 2010, 08:29:57

1)Agar bodring achiq bo'lsa,uni archib,shakar qo'shilgan sutda ushlab turing.Achchig'i ketadi.
2)Yorilgan pomidor pix bog'lamasligi uchun yorilgan joyiga tuz sepib qo'ying.

Qayd etilgan


yoqutxon  05 Oktyabr 2010, 22:54:25

Xantal kukunini suv bilan emas sut bilan aralashtirsangiz u mayinroq va sekinroq quriydigan bo'ladi.

Barraligini yo'qotgan sabzavotlarni 1-1,5 soat 3-4 choy qoshiq uksus qo'shilgan muzdek suvda qo'yib qo'ysangiz  Svejiy bo'lib qoladi.





Qayd etilgan


BelleQizcha  06 Oktyabr 2010, 02:07:29

Agar qattiq achigan bo'sa magazinga borib qaytarib kelin.

Qayd etilgan


shirin_a  06 Oktyabr 2010, 03:59:19

 :bs1:
 :as:
Chet davlatlarning oshxonalarida tutundan signal chaladigan narsasi bor. Maslahatim ovqat qilishdan oldin o`sha signalizatsiyani o`chirib ovqat qilin, aks holda ovqatning hididan ham signalizatsiya ishlab ketadi.
Signalizatsiya yoq uylada ovqat qilsez, oyna va eshiklarni yopib qo`yin bo`lmasa boshqa xonalarga ovqat hidi urib ketadi.  :)

Qayd etilgan


yoqutxon  06 Oktyabr 2010, 07:58:12

Agar qattiq achigan bo'sa magazinga borib qaytarib kelin.
Belle honim mana shu maslahatga gap yo'q lekin ::) :D

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Oktyabr 2010, 17:18:30

1) Kotlet farshiga tuhumning faqatgina sarig'ini qo'shing. Chunki kotletlarni qovurish jarayonida tezroq pishib go'shtni siqib suvini chiqarib yuboradi, nayijada kotletlar quruq bo'lib chiqadi.

2) Pishloq biroz suvsizlanib yani ozgina eskirib qolgan bo'lsa uni sutga solib qo'ying shunda pishloq o'zining avalgi holatiga qaytadi.

3) Pomidorni po'stlog'idan ajratib olishingiz yengillashishini hohlasangiz, pomidorni archlashdan avval qaynoq suvga solib so'ng sovuq suvga solib oling.




Qayd etilgan


yoqutxon  23 Oktyabr 2010, 06:01:48

Assalom aleykum. Turli hil souslar yoki pishiriqlar reseptida ko'pincha oq vino ham yozilgan bo'ladi. Avvalari bunday taomlarni ummuman tayyorlamasdim. Lekin yaqinda bir pazanda opadan oq vinoning o'rnini shakarning sirka(uksus)dagi eritmasi bosishim bilib oldim. endi oq vino qo'shiladigan barcha pishiriq, souslarni shun day eritma solib tayyorlayapman. Hamma muslima opa-singillarga tavsiya qilaman.


Qayd etilgan


yoqutxon  23 Oktyabr 2010, 06:03:42

Piyoz  to'g'rash jarayoni ko'z yoshlarsiz o'tmaydi albatta . lekin ko'z yosh to'kmaslikning bir necha yo'lli bor!
1) Piyoz to'g'rayotganingizda yoningizga bir piyola suv olvoling. Suvdan ichib tursangiz bunday holatdan qutilasiz.
2) Piyozlarni archlab holodilnikka qo'yib qo'ying( Ovqat qilishdan 2-3 soat oldin.)


Qayd etilgan


yoqutxon  08 Noyabr 2010, 19:19:49

 :as:
Ovqatning rangini qizartirish uchun ishlatiladigan tomat bankasini ochganimizdan so'ng, bir necha  kun o'tib tomatning ustgi qismi mog'orlashni boshlashi mumkin. Lekin bunday holat yuz bermasligi uchun tomatning ichiga pista yog'ini quyib qo'yishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Ansora  08 Noyabr 2010, 19:28:12

Baliq qorurganimizdan so'ng, baliq hidi osonlikcha tovadan ketmaydi. Shuning uchun baliq uchun alohida tova yoki qozon ishlating. Yo bo'lmasa, idishingizni ko'piklab yuvgandan keyin quritib, limon bilan arting.

Qayd etilgan