Yaxshi loyiha qilibsizlar.
Mulohazalar:
1. Bosh sahifangizga podcast haqida yozma ma';lumot berib o'ting. Juda ko'pchilik userlar podcast haqida taassurotga ega emas.
2. Keltirilgan xabarlarning yozma matn ko'rinishi ham berilsa.
3. Playerda surish, yarmiga o'tkazish imkoniyati bo'lsa.
Taklif va mulohazalaringiz uchun rahmat. Bu ishda yangi bo'lganligimiz uchun, hozirda bildirilgan har qanday munosabat, xoh u tanqid bo'lsin, xoh maqtov - biz uchun qadrli. Albatta, takliflarni imkon qadar inobatga olib, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilib boramiz.
1. Bizda avval-boshdan shunday fikr yo'q emasdi. Sayt eng minimal rejimda ishga tushirilgani sababli buning imkoni bo'lmay qoldi. Shuning uchun, suhbat davomida podcast nima ekanligi haqida ozgina tushuntirish berib o'tdik. Ochig'i, lohiya 2 kun ichida ishga tushirildi - bir kechada podcast yozib tahrir qilindi, yana bir kecha saytni tayyorlash uchun ketdi.
2. Bu dastur 100% improvizatsiyaga asoslangan, shu sababli matnlarning o'zi mavjud emas.
Suhbat jarayonida faqat shownote, mavzu nomlari va tezislargagina tayandik. Shuning uchun podcastning matnli transkripsiyasini tayyorlash uchun ko'ngillilar chiqib qolsa, biz buni faqat qo'llab quvvatlaymiz..
3. Flash Playerda shunday (Pause, Forward, Rewind) imkoniyat hozirda ham bor. Audio faylni "peremotka" qilish uchun u avval to'liq yuklanishi kerak bo'ladi.
Darvoqe, o'zingiz uchun qiziq bo'lgan mavzularni
ushbu sahifada muhokamaga tavsiya qilishingiz mumkin.