Podcast.uz  ( 7457 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


useruz  30 Sentyabr 2010, 20:06:07

O‘ylab-o‘ylab, qaror qilib, sudrab-sudrab oxiri o‘zbek tilidagi birinchi podkastni yozishga muvaffaq bo‘ldik. :) Ushbu fikr ancha oldin tug‘ilgan bo‘lsa-da, faqat shu hafta podkastimiz yozildi.]


Tinglash:
<a href="http://podcast.uz/files/audio-player/player.swf?soundFile=http://podcast.uz/pod/birinchi-podkast-001.mp3" target="_blank" class="new_win">http://podcast.uz/files/audio-player/player.swf?soundFile=http://podcast.uz/pod/birinchi-podkast-001.mp3</a>

Birinchi o‘zbek podkasti: nomi ham «Birinchi podkast». Podkast, saytidan ham ko‘rishingiz mumkin, axborot texnologiyalari, internet va gadjetlarga bag‘ishlangan. Shu sohadagi turli mavzularda userUz, Farhodjon va iBlogger suhbat olib boramiz.

Kamchiliklari, xatolari xolis ko‘rsatilsa, ularni keyingi epizodlarda hisobga olishga va’da beramiz. Hozirgi sayt ham eng minimal rejimda ishlayapti. Saytning o‘zi Tas-ix tarmog‘ida (mulohaza qoldirish qismidan tashqari). Ko‘p provayderlarimiz uchun traffik hisoblanmaydi.

Xullas, birinchi o‘zbek podkastining birinchi epizodi mavzulari bilan tanishib olamiz:

— Tanishib olamiz
— «.uz»ning yaxshilari
— Google shunchalik yovuzmi?
— Buzz nima uchun kerak
— Chrome: maqtov va shikoyatlar
— Podcast yozish vositalari haqida;


Podcast.uz

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Oktyabr 2010, 08:26:17

Yaxshi loyiha qilibsizlar.

Mulohazalar:
1. Bosh sahifangizga podcast haqida yozma ma';lumot berib o'ting. Juda ko'pchilik userlar podcast haqida taassurotga ega emas.
2. Keltirilgan xabarlarning yozma matn ko'rinishi ham berilsa.
3. Playerda surish, yarmiga o'tkazish imkoniyati bo'lsa.

Qayd etilgan


useruz  01 Oktyabr 2010, 15:33:27

Yaxshi loyiha qilibsizlar.

Mulohazalar:
1. Bosh sahifangizga podcast haqida yozma ma';lumot berib o'ting. Juda ko'pchilik userlar podcast haqida taassurotga ega emas.
2. Keltirilgan xabarlarning yozma matn ko'rinishi ham berilsa.
3. Playerda surish, yarmiga o'tkazish imkoniyati bo'lsa.

Taklif va mulohazalaringiz uchun rahmat. Bu ishda yangi bo'lganligimiz uchun, hozirda bildirilgan har qanday munosabat, xoh u tanqid bo'lsin, xoh maqtov - biz uchun qadrli. Albatta, takliflarni imkon qadar inobatga olib, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilib boramiz.
1. Bizda avval-boshdan shunday fikr yo'q emasdi. Sayt eng minimal rejimda ishga tushirilgani sababli buning imkoni bo'lmay qoldi. Shuning uchun, suhbat davomida podcast nima ekanligi haqida ozgina tushuntirish berib o'tdik. Ochig'i, lohiya 2 kun ichida ishga tushirildi - bir kechada podcast yozib tahrir qilindi, yana bir kecha saytni tayyorlash uchun ketdi.
2. Bu dastur 100% improvizatsiyaga asoslangan, shu sababli matnlarning o'zi mavjud emas. :) Suhbat jarayonida faqat shownote, mavzu nomlari va tezislargagina tayandik. Shuning uchun podcastning matnli transkripsiyasini tayyorlash uchun ko'ngillilar chiqib qolsa, biz buni faqat qo'llab quvvatlaymiz..
3. Flash Playerda shunday (Pause, Forward, Rewind) imkoniyat hozirda ham bor. Audio faylni "peremotka" qilish uchun u avval to'liq yuklanishi kerak bo'ladi.

Darvoqe, o'zingiz uchun qiziq bo'lgan mavzularni ushbu sahifada muhokamaga tavsiya qilishingiz mumkin.

Qayd etilgan


_Otabek_  17 Noyabr 2010, 19:41:55

Juda ajoyib tashabbus, umid qilamanki, loyiha rivojlanib ketadi!

Qayd etilgan


Bek aka  29 Noyabr 2010, 13:18:54

Juda ajoyib tashabbus, umid qilamanki, loyiha rivojlanib ketadi!

1-podkast chiqqaniga mana 2 oy bo'libdi. Rivojlanish shunday tempda borsa 30-40 yillarda rosa kuchayib ketadi, inshoolloh. :)

Qayd etilgan


useruz  20 Dekabr 2010, 00:47:11

Uzoqqa cho‘zilgan tanaffusdan so‘ng, nihoyat, "œBirinchi podkast"ning 2-sonini yozishga muvaffaq bo‘ldik. Bu safargi podkastimizni avvalgi epizodga bildirilgan munosabat va ilgari surilgan takliflardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda yozishga harakat qildik.

Demak, axborot texnologiyalari, internet va gadjetlarga bag‘ishlangan turli mavzularda userUz, Farhodjon va iBlogger suhbat olib boramiz.

Tinglash:
<a href="http://podcast.uz/files/audio-player/player.swf?soundFile=http://podcast.uz/pod/birinchi-podkast-002.mp3" target="_blank" class="new_win">http://podcast.uz/files/audio-player/player.swf?soundFile=http://podcast.uz/pod/birinchi-podkast-002.mp3</a>

Birinchi podkast #2

- Virtual va real hayotimizdagi o'zgarishlar
- Provayderlar urushi: Sarkor vs SharqStream vs TPS
- Kutib oling - Opera 11
- Tinglovchilarning mavzulari
- Facebookning e-mail xizmatidan nimani kutish mumkin?
- Twitterda yil yakunlari

(37m:07s)

Podkast bo‘yicha fikr-mulohazalaringiz va keyingi sonda muhokama uchun taklif qilinadigan mavzularingizni kutamiz.

Yuklab olish (21 Mb) | Podcast.uz

Qayd etilgan


useruz  17 Yanvar 2011, 14:04:16

Ishtirokchilar: userUz, Farhodjon, iBlogger, Behzod

Tinglash:
<a href="http://podcast.uz/files/audio-player/player.swf?soundFile=http://podcast.uz/pod/birinchi-podkast-003.mp3" target="_blank" class="new_win">http://podcast.uz/files/audio-player/player.swf?soundFile=http://podcast.uz/pod/birinchi-podkast-003.mp3</a>

Birinchi podkast #3

- Mehmonimiz - Behzod Saidov
- Microsoft: yutuqlar va yo'qotishlar
- Navbat - Apple muxlislariga! iQurilmalar haqida hamma narsa
- O'zbekistondagi xosting kompaniyalari
- VPS, VDS va Shared Hosting farqini bilib olamiz
- BP bo'yicha tilaklar va takliflar

(39m:19s)

Podkast bo‘yicha fikr-mulohazalaringiz va keyingi sonda muhokama uchun taklif qilinadigan mavzularingizni kutamiz.

Yuklab olish (22,6 Mb) | Podcast.uz | Facebookdagi sahifa

Qayd etilgan


Nоdirbek  02 Fevral 2011, 23:00:57

Yashang Podcastchilar, juda ham zo'r tarzda ketyapti, yana yangi sonlarni kutib qolamiz. Ijodlarga omad!

Qayd etilgan