Jum'a muborak!  ( 272763 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 69 B


Ansora  15 Oktyabr 2010, 13:45:47

 :bs1:

Rabbim, Muborak azonlaringdan mahrum etma bizlarni....

Jonimizni iymonla taslim etmakni nasib ayla....

Barchamizga Juma muborak azizlar...

Qayd etilgan


T.Yusupov  15 Oktyabr 2010, 13:56:24

 :as:

Aziz birodarlarim, Allohning sevimli bandalari! Sizlarni ulug' Jum'a ayyomi bilan tabriklab qolaman. Allohim, bizlarni ham dinda, ham dunyoviy ilmda kuchlilardan qilsin. Ikki dunyo saodati sohiblari bo'lishimizni nasib aylasin!

Bugun Jum'ada juda ta'sirlanadigan bir ibrat oldim. Hali blogimda maqola qilib yozib qo'yarman.

Qayd etilgan


yoqutxon  15 Oktyabr 2010, 15:55:45

Assalomu aleykum varahmatullohu vabarakatuh.

 Barcha mo'minu muslimalarga Kunlarning Sayyidi Juma muborak. Olloh hammamizdan o'z marhamatini darig' tutmasin. Har bir kunimiz ushbu kundagidek fayzu barokatga to'lsin.Ayyom muborak!

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  22 Oktyabr 2010, 04:44:51

Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Лайғамбар салоллоҳу алайҳи васаллам: «Қуёш чиққан куннинг снг схшиси Жума кунидир. Унда Одам халқ қилинди. Унга у жаннатга киритилди. Унда у андан чиқарилди. Қиёмат куни ҳам фақатгина Жума куни қоим бслур», дедилар».
Муслим, Абу Довуд, Термизий, Аасаий ривост қилган.
Абу Довуд қуйидагиларни зиёда қилган:
«Унда унинг тавбаси қабул қилинди. Унда у вафот қилди. Унда қиёмат қоим бслур. Жума куни ҳамма жониворлар тонг отгандан то қуёш чиққунча (қиёмат) соатини қсрқинч ила кутиб турурлар. Фақат жин ва инс бундан мустасно», дейилган.


Bu kun Barchamizga muborak!

Qayd etilgan


JeeS  22 Oktyabr 2010, 05:20:44

Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir,
Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham ancha to‘qdir.

Bugun qalblar rohat ila masjidga qo‘ymish qadam,
Bu kun Alloh kalomini tinglagay har bir odam.

Bukun go‘yo farishtalar osmondan tushib saf-saf
Horig‘, so‘lg‘in ko‘ngillarga taqib ketmishlar sadaf.

Sadaflar asli iymondan so‘zlabon yuraklarga
Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga.

Alloh lafzin unutgan qalb yangi oy chiqqan kecha
O’n bir oylik chang-g‘uborni boshladi bir-bir yecha.

Qanday yaxshi bu kun do‘stlar, qanday go‘zal bu kunlar,
Alloh uchun aziz bo‘lmish yarim oy bedor tunlar.

Bu kun yana kelarmi, yo u kunga yetmaymizmi,
Shu bois, bul aziz kunni qadriga yetmaymizmi?

JUMA AYYOMI MUBORAK BO'LSIN !!

Qayd etilgan


Habib  22 Oktyabr 2010, 11:46:50

Bugungi ulug' kun hammaga muborak bo'lsin!
Keyingi Jum'alarga yetish nasibi ro'zi aylasin.

Qayd etilgan


T.Yusupov  22 Oktyabr 2010, 13:44:44

 :as:

Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu, azizlarim! Jum'a muborak bo'lsin! Bu ulug' ayyomda qilgan ibodatlaringiz ortidan onadan to'g'ilgandek, gunohlardan forig' bo'lishimizni Alloh hammamizga nasib etsin! Hammamizga ikki dunyo saodati nasib etsin!

Ehtirom ila,
To'lqin

Qayd etilgan


Ansora  22 Oktyabr 2010, 14:33:04




 :bs1:

Tolib bo'lingan qadriyat qanchalar buyuk bo'lsa...Tobe' tutulgan imtihonlar ham shunchalik qiyin bo'lar ekan...

Qo'llarimizdan tut Allohim...Tut ki qolmaylik Sen'siz...Shubhasizki bizning tadbirimiz Sen'ing taqdiringdan kichikdir...

Bizlarni qozonma yo'lida yo'qotganlardan emas, haqiqiy rizongga erganlardan ayla...

Jumamiz muborak bo'lsin, aziz forumdoshlar...

Qayd etilgan


Habib  29 Oktyabr 2010, 12:12:12

Ayyomlarnin Sayyidi muborak!
Ushbu kunni bizga ulug' qilgan Zotga hamdu sanolar!
Barchaga birdek muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Ansora  29 Oktyabr 2010, 12:18:54

 :bs1:


Yaratgan Egam. Mana 1 hafta suvday o'tib ketibdi ham...

Agar men kasal bo'lsam edi, boshimga yomon kunlar kelsa edi, bu bir hafta "suvday" o'tarmidi?
Demak holi vaqtim joyida, bir bandang sifatida qornimni to'q, ustimni but qilibsan, alhamdulillah.
Ey Rabbim, bizlarni qo'ri, SEN'i doimo eslaganlardan ayla, bizlarga qahring bilan emas, mehring-shafqating bilan muomala ayla...
SEN'i eshigingdan boshqa boradigan, yolvoradigan eshigimiz yo'q. Bizlarni bandalikka qabul et, Rabbim...

Eng maqbul duolar safida biz ojiz qullaringni duolarini ham qabul ayla Yaratgan Egam...

Jumamiz muborak bo'lsin azizlar...

Qayd etilgan