Jum'a muborak!  ( 273091 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 69 B


Ansora  18 Mart 2011, 15:15:32

:bs1:

Ey qalblarning mutlaq sohibi Allohim!

Qalblarimizni haq diningda sobit qil!

Sajda todini olmaganlarga bu totni nasib ayla!

Biz gunohkor qullaringni o't balosi, shu balosi va yana qancha biz bilmagan, ustasidan kela olmaydigan balolaringdan sen qo'ri Yaratgan Egam.

Musulmonlar orasidagi mehr-muhhabatni kuchaytir. Bizni bir-birimiz bilan imtihon bo'lishdan saqla!




Qayd etilgan


Nurdinboy  18 Mart 2011, 16:44:08

 :bsm:
 :as:
Mo'minlarning chin bayrami sayyidul ayyom muorak. Bu kunda barcha mo'minlarga ikki dunyo saodati yor bo'lsin.  :amn:

Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Mart 2011, 20:21:55

 :as:
Bu ulug' kun Toshkentga charaqlagan quyoshi ila kirib keldi. Kun davomida mo'minlarga ajoyib bir kayfiyat ulashdi. Yod etgan bandalariga Allohning rahmati bu Kun - Ulug' Kun. Ahli mo'min, bunday kun bilan Qutlayman. Duoda bo'lingiz.

Qayd etilgan


Zamiraxon  25 Mart 2011, 06:46:29

 :as:

Kunlarning tez o'tishini qarang! Hash-pash deguncha bir xafta o'tib, Muborak Jum'a ayyomi "Men keldim. Sizlarga juda-juda ko'p savoblar olib keldim" deb eshik qoqdi. Keling bu kunni yaxshi amallar bilan - yaqinlarimizni xursand qilish, yordam berish, yosh bolalarning ko'nglini shirinliklar bilan ko'taraylik.
Barchangizga JUM'A muborak!

ps: Toshkentga Jum'a yomg'iri bilan kirdi.

Qayd etilgan


azizbek_mx  25 Mart 2011, 08:10:10

Bizda ham o'z savlati bilan kirib keldi. Yomg'ir yog'magan bo'lsada, etlarni junjiktirib, hali bu sovuqlar ham g'animatligini anglatib keldi. Sayyidul ayyom muborak!

Qayd etilgan


Shukrona  25 Mart 2011, 08:47:55

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.


Bu amal o’zida barchasin yig’mish,
Anga go’zal damlar barobar sig’mish.
Xattoki jibril ham o’rtadan chiqmish,
Alloh xuzurida farz bo’lgan namoz.

Hamma amalgam bir-bir nazar sol,
Barida dunyoviy ulush bor  misqol.
Biroq sabab yolg’iz ilohiy visol
Alloh xuzurida farz bo’lgan namoz.
                                                            X.Xamidov

 Xurmatli forumdoshlar Juma ayyomingiz muborak bo’lsin.Alloh barchamizga namozlarimizni O’zi rozi bo’ladigan holda ado etishligimizni nasib etsin omin.

Qayd etilgan


Habib  25 Mart 2011, 09:42:27

Дсзаҳ чсғин кам қилувчи улуғ Жумаъ муборак,
Мсминларни жам қилувчи қутлуғ Жумаъ муборак! ©

Qayd etilgan


Nurdinboy  25 Mart 2011, 12:18:11

 :bs1:

 :as:

Barcha ahli mo'minlarga savoblar kuni kuni JUM'A muborak. Bu kundagi qilgan ibodatlarimiz barchamizga ikki dunyo saodatini nasib etsin.  :amn:

Qayd etilgan


azizbek_mx  25 Mart 2011, 12:52:30

Oshiq bo'ldim Ollohga,
Go'zal Rasulullohga.
Robbisini sevganlar,
Qo'l urarmi gunohga?!
Yuragimda ohim bor,
Ortimda gunohim bor...
Ne g'am chekarsan ko'ngil,
Avf etuvchi Olloh bor.
Roziman, desa Olloh,
Kel desa Rasululloh,
Baxt erur. Shunday kunga
Ayting Alhamdulilloh!

Qayd etilgan


muxlisa  25 Mart 2011, 13:21:03

 :as:

- Sahiylikni kimdan o'rganding, - deb so'radilar Hotam Toyidan.

- G'ishttan o'rgandim, - deya javob qildi.

- Xech zamonda g'ishtdan ham bir narsa o'rganib bo'larkanmi?

- Odamlarning qator turib bir-biriga g'isht uzatganlarini ko'rganimisiz? Bir gal men shunday hasharda qatnashdim. Ajib bir holdan o'zim uchun xulosa chiqardim: qachonki qo'limdagi g'ishtni uzatsamgina menga g'isht uzartishdi. Uzatmay, qo'lda tutib tursam, g'isht kelishi ham to'xtadi.
  Xayol qildim: demak, mol-dunyo, ham shunday. Infoq-ehson chiqarib tursang, biringga o'n keladi, Baxillik qilsang, boridan ham baraka ketadi, - degan ekan shunda Hotam Toyi.  :)

Robbimiz hammamizni sahovatli bandalaridan qilsin. Barchamizga Ulug' Ayyom muborak!

Qayd etilgan