Assalamu alaykum. Mana hash-pash deguncha noyabr oyining birinchi Jum'asiyam keldi. Xafta davomida bilib bilmay qilgan gunohlarimizni yuvish uchun berilgan Muborak Ne'mat.
Ana shu Kun bilan barchani tabriklayman. Dinimizga fidoyi insonlardan bölaylik. Taqvomiz kamaymasin. Öng taraf sohib va sohibalaridan bölaylik. Oxiratimizni obod aylasin Tangri taolo. Shunday Muborak kunning hali anchasini körishni Alloh subhanahu va taolo nasib aylasin.
Uyda yosh bolasi borlarga Rabbim kuch-quvvat, sabr-toqat bersin, shuncha mehnatining samarasi ölaroq, bu yosh qalblar Allohga bölgan sevgi ila sug'olib katta bölsin. Mömin-u möminalardan bölishsin. Dinimiz ustunlarining tirgaklaridan bölishsin.
Duoga qöl ochgan mahal mendek bir bandalarni ham duo qilib qöying, birodarlarim.