G'animatim - otajonim!  ( 69076 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


siddiqa  08 Oktyabr 2010, 09:35:01

 :as:

Yoshligimizdan hozirgacha dadamning qo'llaridan palov ,kabob yiyishni yahshi ko'ramiz ,qizlar onaga yaqin deyishadiku lekin dadajonimning erktoyi bo'lish bundan ham suyikliroq .

akam uzoq davlatga o'qishga ketib xat yozganlarida o'qidilar hursand bo'ldilar ,
opacham ham o'qishga ketib ,xat yozardilar ,oilaga bitta xat va alohida dadamga degan bitta xat .dadam bildirmasdan yig'lardilar ,o'shanda va buvijon vafotlarida ko'rdim ko'zyoshlarini .

dadajonim ,Sizga bo'lgan mehrimni faqat erkatoy deb chaqirganingizdagi  o'sha qarashlarim isbotlay oladi ,va shu mehrli ovozni har doim hayotimning yahshi va yomon kunida ham eshitib turishni hohlayman .
dada salom pul tamom diganimdayam ko'proq pul berib turing ))))))))))))))))))))



Qayd etilgan


Robiya  11 Oktyabr 2010, 11:06:11

 :as:

ОҚ ОЛМАЛАА  ЛИШГААДА

Отам Умматқул Худойбердиевнинг
ёрқин хотирасига багишлайман


Отагинам!
Сиз кетдингиз, қолди кетмону пахта,
Лаймонангиз шунча срта тслишини билмабман.
Куз келмасдан илдизига болта теккан дарахтдай
Сслишини билмабман.
А­симда бор: сочингизга илк оқ тола тушган чоқ
Қайғурибман, отам срта қарисптилар чоғи.
Аогоҳ, сизни йсқотдим мен оқ олмалар пишган чоқ,
Дилдан кетмагай доғи.
Оқ олмалар пишган кунлар босди-ку қора ғамлар,
Тополмадим мен отамни боғ айланиб, ёш тскиб.
Ҳар йилгидай тикланса-да саф-саф пичан ғарамлар,
Уни сзи тиклолмади, кетган бслса-да скиб.
Ташвиши ксп сди ҳали, пичан пишиб далада,
Шохлардаги унга мустар оппоқ олмалар қолди.
Отагинам, оқ олмани севардингиз боладай,
Сизга олма терар қслим бу кун термасдан толди.
Оқ соқолли боболарни тавоб қилардим-ку мен,
Оқлик ксриб изида.
Сизга, отам мсйсафидлик умрин тилардим-ку мен,
Тилакларим тсзиди.
Билардингиз, услибми, боқолмасдим сизга тик,
Тсйиб қаролмагандим.
Тирикчилик кунингизга ризқи тскин фарзанддек
Ҳали сролмагандим.
«Ота мерос» уйни қуриб, тснғич сғилни уйлаб,
Узатмоқчи сдингиз-а сндигина оёқни.
Бугун кезар сканман мен танҳо олмазор бсйлаб,
А­зиламан кстарганча армон деган зил тоғни.
Гарчанд умр сснгигача инсонга сермеҳнат йсл,
Билмадингиз Сиз дунёда борми унинг адоғи.
Ксз олдимдан стаётир у чапдаст, сертомир қсл
Ва кафтларнинг счмас муҳр — танга-танга қадоғи.
Қорайган сахий тупроқнинг ранги акс стар унда,
Минг кишилик давраларда бслсангиз ҳам топардим.
Ўша қслингиздан таниб топар сдим, оҳ, шунда,
Гсдаклигим соғинчию зори билан спардим.
Саманингиз турар сша қозиғида депсиниб,
Акам миниб, балки бир кун сиздай чавандоз бслар,
Ҳаёт қизиқ, ссар скан сснгсиз йиллар спкини,
Чавандозлар кетар скан, чавандозлар туғилар.
Аммо «тойлар от бслгунча юраклар лат бслар», деб,
Онам йсқлар йсқловларда, сиз ёдига тушганда.
Йиллар оша укаларим такрорлаб юрар мендек:
«Биз отамдан айрилганмиз оқ олмалар пишганда»...
1971 йил 18 сентсбрь

Халима Худойбердиева

Qayd etilgan


Robiya  11 Oktyabr 2010, 11:20:34

 :as:

Yuqoridagi kabi she'rlarni o'qiganda qalbimda bir boshqacha his tuyg'u uyg'onadi... Go'yoki otajonim o'lib qoladigandek... Xayolan buni tasavvur qilaman... Dahshat....

Allohim, hayotimda o'zgacha darajadagi qiymatga ega OTAJONIMni jonlarini hamisha omonda saqlagin... Hayotimizda maslahatgo'yimizning chiroyli va'z-nasihatlarini takror va takror eshittiravergin...

Ularga sarkashlik qilishdan O'zing saqla, ya Rabbim!

Ota rozi - Alloh rozi deganlaridek, hamisha u kishini rozi qilish nasib etaversin!

Baxtimizga otajonlarimiz sog'-salomat bo'lishsin!

Qayd etilgan


Hadija  18 Oktyabr 2010, 16:17:37

Ey birodar ota-onang g`animat!

Hayot karvonini tortib o`tamiz
Umrni sarhisob qilib o`tamiz
Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz
Bu dunyoda bormi o`zi diyonat
Ey birodar ota-onang g`animat

Inson yashar yolg`on kunning ostida
Inson yashar qil ko`prik ustida
Inson yashar ko`cha-ko`yning qo`ynida
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Ba`zan do`stdan chiqib qolar dushmaning
Ko`zlab urar yashnab turgan chamaning
Agar bo`lsa sevgan yoring yomoning
Ota-onang yonidasan xijolat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Otang hayot xonadoning charog`on
Onang hayot baxting to`kis farovon
Ular borki bosgan qadaming ravon
Har ne borki saqlay olgin qanoat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Mehr bergin ayolingga, gulingga
Mehr bergin ,farzandlaring yo`lingga
Mehr bergin jigaring-u qoshningga
Atrofingda yaqinlaring tumonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Farzand uchun yemagan-u yedirgan
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan
Qaro ko`zim kam bo`lma deb o`stirgan
Ular uchun qilolmasak inoyat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Yashayapsan bu dunyoda kimni deb
Olomasang duosini onam deb
Tiriklikda yo`qlolmasang otam deb
O`tgandan so`ng qilma bekor dod —faryod
Tushun axir ota-onang g`animat


www.sherlar.uz

Qayd etilgan


AL_laziz87  20 Oktyabr 2010, 18:20:59

Dadajon! Ilik bor maktabga borganimda darsdan qochib kelganimda tanbix sifatida ayitgan mana bu gaplariz xali xam yodimda. O'g'ilim buna betarbiyalik qilsaiz kelajagda katta bo'lib meni qanaqilib boqasiz. Sizdan umidim katta edi.
-Dadajon Siz xoxlagandek o'g'il bo'ldimmi bilmadim... lekin nima uchun meni  bu dunyada erta tashlab ketdiz. Xech bo'lmasa go’dak qalbimdagi erkaliglarim tugaguncha, bu xayotdi achchiq va noxaq kunlarini anglagunimcha yonimda bo’lsangiz bo’lmasmidi Otajon.

Qayd etilgan


Hadija  21 Oktyabr 2010, 11:47:20

Alloh sabr bersin!

Qayd etilgan


Hadija  26 Oktyabr 2010, 09:49:08

3 yoshga to’lmagan go’dakning Onaizoridan qilgan iltijosi"¦

OTA

Ertalab tursam Otam yo’q hovlimiz motamsaro,
So’radim hayron bo’lib, "œOnajon Otam qani?",
So’radim giryon bo’lib, "œOnajon Otam qani?",
Ishga ketgan dedingiz, ishdan nega kelmaydilar?!
Nega aldaysiz meni, mehribon Otam qani?!
Ursalar ham, so’ksalar ham, yonimda tursalar bas!
Yig’laganni kulduruvchi shodimon Otam qani?!
Na gunoh qildim Xudo, uch yoshga to’lmay man yetim!...
Yig’laganni bildiruvchi g’amgizor Otam qani?!
Ranjitib qo’ydimmikan, yoki Otamni bilmadim?
Yig’laganni kulduruvchi shodimon Otam qani?!
Do’stlariga mehribon g’amgizor Otam qani?!
Vaqt yetib bir kun menam, Onajonimni qo’yib yer ostiga
Ey Xudo kimdan so’rarman Onajon Otam qani?!
Ey Muhammad, gar Otangni qimmatini bilmasang,
Yig’lama do’zaxda giryon Onajon Otajonim qani?!
Ranjitib qo’ydimmikan yoki Otamni bilmadim?!
Yig’laganni kuldiruvchi mehribon Otam qani?!...

Isoqjon"¦

Qayd etilgan


Abdulhafiz  06 Dekabr 2010, 01:19:35

Каламимга гариб сузлар жойланган,
Мехринг таъриф айламокка йук имкон.
Согинч дилга чуккан куюк ок туман,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Йиллар аро ишонмадим руёга,
Бир кун сени кайтар дедим дунёга,
Куз олдимда йиллар утди пиёда,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Тиззангга бош урмай кетдим уйимдан,
Ачик ёшлар хотирадир туйимдан,
Сен утганда кичик сдим углимдан,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Уша куни билдим ота кадрини,
Келин булган отасизлар дардини,
Курсанг сди юрагимнинг рангини,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Укинч нима мен биламан, армон не,
Суйиб, сийлаб ташлаб кетиш ёмон-сй,
Етти ховли тулди сендай инсон-сй,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Жойинг билдирмай деб гам чекди онам,
Аммо оталиклар килганда байрам,
Айтгин, нечун менга килмасин алам,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Чарклатиб ёкдик ортингдан чирок,
Етим смас, Онам бизни килди тог,
Мухаббатдан сралганмиз кукси бог,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Киёматга биздай мушток сна ким,
Жойнамозда дуойим бор куну-тун,
Жойинг жаннатларда булсин илойим,
Дийдор киёматга колган Отажон.


Dilsora Fozilova

PS: she'r boshqa mavzudan ko'chirildi

Qayd etilgan


Sevdo  06 Dekabr 2010, 08:47:02

Alloh mukofotlasin bloklariz juda ajoyib opajonim.Otajonim bahtimizga sog' bulsin,u kishi bilan bush vaqtlarida uqigan kitoblarimiz borasida fikr mulohaza qilamiz,hoh tarixiy,hoh diniy kitob bulsin.Men va otajonim asosan tarixiy kitoblani sevib uqimiz,ba'zan kitobdgi voqealar haqida tortishib ham qolamiz,shunda otam voqea yozilgan betni ham behato aytib beradilar.Turkiy tildagi kitoblani kup uqiydilar.Ba'zan kuchada birga yursak manabu kishi Alloh rozi bulsin kasbini halol qilgan deb yonidagi ayoliga otajonimni mahtashganda,hursand bulib ketaman.Uzlari ham haromdan asrasin,baribir bir kun ziyoni yetadi didilar.Bizni shunchalik ustirganlari uchun Allohim u kishiga 2 dunyo saodatini nasib etsin ilohim. 

Qayd etilgan


Мuslim  06 Dekabr 2010, 10:45:53

To`yimda sizni izladim otajon

Yaqinda bir akamiz uylangandi. To`yi kuni hamma qarindoshlari yonida, lekin akamizni ko`ngli nimadandur hursand emasdi, yuzida qandaydur mahzunlik bor edi. Yonida turar ekanman, chuqur ho`rsindi, ha aka desam, Otam to`yimda bosh bo`lmadilar, Doim to`yingda bunday qilamiz, bunday qilamiz derdilar. mana o`zi yo`qlar deb ho`rsindi. Ko`nglini ko`tardimda. Stolga borib o`tirar ekanman. Ota -onamiz biz uchun naqadar g`animatligini sezdim. Lek baribir qalbimdagi "Otajon -sizni yahshi ko`raman " so`zni otamga ayta olmaganman.

Qayd etilgan