G'animatim - otajonim!  ( 68970 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


BilmasOY  19 Iyul 2011, 15:19:17

    Haqiqatan ham shu paytgacha onalarimiz haqida ko'p yaxshi gaplarni aytibmizu lekin otalarimizga kelganda negadir jimmiz... Nimadan bu? Balki Payg'ambarimiz (s.a.v.) eng birinchi "onangga" deb aytganlaridanmi??? Lekin kech bo'lsa ham esga keldi alhamdulillah, to'rtinchi martasida "OTANGGA" deganlari...
   Dadajonim...  Shu kungacha bor mehringizni berdingiz, hayotda qoqilganimda dalda berdingiz, tog'ri yo'l ko'rsatdingiz, nimaiki topsangiz eng yaxshisini birinchi navbatda opamga, akalarimga, menga tutdingiz, bizni doimo eng go'zal so'zlar bilan chaqirdingiz, eng katta boyligimiz - namoz o'qishni o'rgatdingiz... Bizning yutuqlarimizdan ko'zingizga yosh keldi, qayg'ularimizga bizdan ko'ra ko'proq qayg'urdingiz. O'zingiz otasiz o'sganingiz sababmi, bizga eng yaxshi ota, o'rnak bo'ldingiz. InshaAlloh, oxirigacha shunday bo'ladi. Baxtimizga Robbim sizni doim o'z panohida saqlasin biz uchun...
SIZ MEN UCHUN DUNYODAGI ENG YAXSHI OTASIZ!!!
 Butun urimiz davomida siz bilan faqatgina faxrlanib keldik, InshaAlloh, oxirigacha shunday bo'lajak... Ollohim siz boshchiligingizda butun oilamizga ikki dunyo saodatini nasib etsin :amn3:
   
                   Shodligimsiz suyangan tog'im
                   Gullarimni asragan bog'im
                   Talpinaman sog'ingan chog'im
                   Mehri daryo OTAJONIMSIZ!!!

Qayd etilgan


AL_laziz87  22 Oktyabr 2011, 14:42:12

O'shanda bor edi boshimda Otam,
O'shanda bormidi mendayin xotam..
Gar qo'lim yetgudek qayga uzatsam,...
Baxor qaytib keldi...........
Baxor qaytib kelar takror va takror...
...............................................

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  14 Noyabr 2011, 21:04:59

ne'matning qadri u yo'qolganda bilinadi. Eng ulug' va aziz ne'matlardan biri bo'lgan otamizni qadriga yetiwlik barchamizga nasib etsin.

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  06 Yanvar 2012, 19:03:59

Assalomu alaykum v.r v.b
mana Dadomlani kurmganimgayam qancha buptiyu ulani juda sog'indim.
Bundan 3 yil oldin azgna shuhlik bilan tergovchi quliga tushib qolgandim ushanda  tergovchi bilan Dadam gaplawkanlarda keyin tergovchi mani oldimga krib bir gap gapirgandi
shu gapimmi esingdan chqarmagin ukam''bu dunyoda sanga otangda boshqa hechkim dust bulmaydi san otangni sotishing mumkun ammo otang he4qa4o seni sotmaydi''u ishla hal buldi man ushanda bildim dadomlani manga qanchali mehribonliklarini. mani bir kunlik quvonchim uchun kerak bulsa barcha quvonchlarini berishka tayyor ekanla.

Qayd etilgan


missy_google  12 Yanvar 2012, 02:36:41

Oqshom g'animatu nahor g'animat. Kuy qo'shiq g'animat alyor g'animat. Dil taftin dil olar degan hikmat bor. Bu foniy dunyoda diydor g'animat

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2012, 14:02:08

ДАДАМАИ СОҒИАИБ

Сизнинг дунёнгизга сиғмайман, дсстлар,
Ҳафталаб уйимдан чиқмайман, дсстлар.
Кулгили туюлар балки ҳолатим —
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Мени Яратгандан тортиқ билади,
Хатто отасидан ортиқ билади.
Астиқдошим смас, ёстиқ билади,
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Қирқ ёшдан стдиму дард ста қолмас,
Ксксимга муз боссам, совута олмас,
Бугун мени онам овута олмас —
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Ҳурматим жойида, иззат жойида,
Улуғ устозларим ссзи — қоида.
Халқимнинг бошида, пошшо пойида
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Кснглимга келганни қайтармай ёзиб,
Кснгилларда қсноқ бслдим муносиб.
Кснгилчан сғлимни бағримга босиб,
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Ҳасратимга қулоқ солиб тургандир,
Теран хаёлларга толиб тургандир.
Менга жаннатдан жой олиб тургандир,
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Iqbol Mirzo.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  30 Yanvar 2012, 00:08:27

Sen otangga har na qilding yaxshilik,
Kut bolangdan yaxshilikka yaxshilik.

(Ahmad Donish)

Qayd etilgan


UzMuslim  31 May 2012, 13:07:26

Uzatilayotgan qizga otaning duosi.

Izlaringiz bo'lsin amin gul ila rayhon qizim
Ham muborak qutli bo'lsin siz borar oshyon qizim.
Keldilar o'z hojangiz menga omonat edingiz
Topshirurman qo'lariga tinch sihat omon qizim.
Har ayolga er turur mavqeda Allohdan keyin
Hohi qul hohi qarol hoh bo'lsin u sulton qizim.
Endi hojangiz hududi bo'ldi qalbu jismingiz
Husningizni qilmagaysiz elga dasturhon qizim.
Hovlingizda chiqmagaysiz hojangizdan beizn
Sog'inib hatto onangiz bo'lsa ham giryon qizim.
Egningizga kiydirarman sabru toqat to'nini
Besabrga nafsidin shayton qo'yur qopqon qizim.
Qoldi ota uyingiz bundan buyon shu hojangiz
Go'ja yesa go'ja yeng talqon yesa talqon qizim.
Hojangiz sizga libosdir hojangizga siz libos
Yechmagaysizki ilohiy ikki bul chakmon qizim.
O'tsa gap ro'zg'orchilik avval uzr sizdan bular
Shunda bulgay beodob shayton dili vayron qizim.
Ozmi-ko'pmi topganiga shukur eting, sabr eting
Bandasiga katta boylik aslida - iymon qizim.
Deydilar: Yahshi ayol saqlar haromdan juftini
''Ho'p'' degaysiz bo'lsa qancha to'gri so'z farmon qizim.
Chorlasa o'choq boshida bo'lsangiz ham tez kelin
Tongmi peshinmi azr yo hoh bo'lar hufton qizim.
InshaAlloh uyingizdan keltirursiz yahshi gap
Achchig'in yerga ko'mib uyda qiling gumdon qizim.
Har ayoldan eri rozi bo'lsa - Alloh rozidur
Berilur unga mukofot- Jannati rizvon qizim.
Hojangiz izni ila har qo'shnidan oling habar
Hoh taom hoh yahshi so'z harna qiling ehson qizim.
Yahshilarga yahshilik aylab Allohni qarz qiling
Hoh musofir hoh yo'lovchi hoh bo'lsin mehmon qizim.
Ba'zi hotunlar kabi bo'lmang havas mol jinnisi
Pul topay deb hojangiz ko'p bo'lmasin sarson qizim.
Qo'shdirib qo'ydim sepingizga bahosiz mullk- kitob
Molingiz but bo'lmadi deb qilmayin armon qizim.
Qodiriy Mashrab Navoiy ham Huvaydo sizgadir
Boburu Rumiy Buhoriydan hadis Qur'on, qizim.
Sizga bu pand o'n maoshin sep berganimdan yahshidur
Ikki dunyo bahtin ko'zlab yuringiz jayron qizim.
Siz birovni hasmisiz osh-non umid qilmam sira
Tinch omon sog' bo'lsangiz- bas boshimiz osmon qizim.
Otangiz pandi yozildi Marhabo ilki ila
Bu o'tinchni yodingizda saqlagaysiz jon qizim.
yahshi borgaysiz va bizdan rozi bo'lgaysiz onam
Mushfiqim jonim jigarbandim mening biyron qizim.


Qayd etilgan


Хадича  13 Iyul 2012, 12:48:11

Otajon...
Naqadar sabrlisiz... Naqadar mehribonsiz... Turib turib goho o'zim hayron qolaman. Alloh mani qanchalik suyarkan... Alloh manga qanchalar mehribon. MashaAlloh.sizdek Otani menga Ota qilib berdi. Qanchalar Baxtliman... Eh, Otama... Ishda neki yuzxotirliklar ötgan taqdirda, uyda tabassum bilan, xushmuomala ,shirin so'zsiz... Kuzatsam, nechi yildan beri uzingizga yengi kiyim olmabsiz. Faqat Opami to'yida yengi kiyim oldiz. Ushandayam "Qudalar oldida qizimni yuzi yorug' busin"dib, quldan kelgancha barcha seplarini yubordingiz. Yoningizda o'zimni Malikadek xis qilaman. Shunchalar e'tiborli, shunchalar g'amxörsizki,uzingiz uchun 1ta oyoq kiyim oliwga qizg'anasizu,bizni hamma istaklarimi bajo keltirishda naqadar saxiysiz... Bizni kezi kelganda sabrga o'rgata olgan Jannatiy Otajonimsiz... Biror yeringiz og'rib, do'ktor qayta qayta qabuliga chaqirgandayam ishni bohona qilib,ortga surib, xonadonimiz barakasi uchun yelib yugurman Panohkorimsiz... Ovqat mahali zimdan sezdirmasdan jigaringizni og'rig'ini bosib, bizga kulib turaverasiz... Naqadar Sabrlisiz... Kimnidur bolasini Oilasi buzilgani,yo notinchligini ewitsangiz,xuddi uz farzandingizday qayg'urasiz " Nega Ota Onasi suriwtirmabdi,nega befarq qarashdi"deb. Xarxashalarimizga joningizni berib chidaysiz... Naqadar Yaxshisiz,naqadar Mehribon... Sizdek Otam borligi bu Baxtimni charog'on yog'dusidir... Yaqinda buladigan, ishxonada hamma boradigan  " Obro'lilar"  o'tiriwiga ,faqatgina siz, aroq quyilarkan,deya bormayotgan Otam-a... Usha dunyo ne'matiyu, ulfatlardan vos kechib Oila davramizni afzal ko'rgan Mehribonim, Iymonligim Otam-a... Kitob o'qi,deya tanbeh beradigan,hamda orastalikni sevadigan Pokvijdonim Otam-a.... Kunlari Oila ro'zg'or, machit orasida o'tib ketayotgan, G'animatim Otam.... Bizni o'zaro hurmatga urgatgan, Oqibatni uyg'otgan G'amxo'rim Otam... So'kinishlarni uyimizga yo'latmagan,ko'cha ko'yga o'rgatmagan Oilaparvar Otam-a.... Farzandlil haqqimni ado etmog'im uchun bir umr xizmatingiz qilsamda, duoyingiz qilsamda, hecham uddasidan chiqa olmasman...
Qanchalar Yaxshisiz, Qanchalar G'amxo'r...
Sizni judayam yaxwi kuraman... Robbimdan jannat bog'larida sayr etiwingizni, Robbim marhamatiyu rizoligiga yetishingizni surayman...

Qayd etilgan


JeeS  14 Iyul 2012, 03:15:16

DADAM   

Meni tushunasiz har doim o’ziz,
Mehrla boqadi doimo ko’ziz,
Ko’zimga surtishga arziydi iziz,
Bizni deb ishlaysiz, kam olasiz dam,
Farzandim deb o’zni unutgan dadam.
   
Urushsangiz meni hafa bo’lmayman,
Menga yaxshi bo’lsin deysiz bilaman,
Ishonchiz oqlashga va’da beraman.
Katta qildiz meni ko’rsatmasdan g’am,
Farzandim deb o’zni unutgan dadam. 
 
Boshizda ne tashvish, biz bilmaymiz,
Bema'ni ishlar deb, sizni qiynaymiz,
Siz borsiz, bizlar hech g’amni bilmaymiz,
Hayoliz bizdadir, yo’lda bo’lsangiz ham ,
Farzandim deb o’zini unutgan dadam.
   
Qo’ng’iroq qilsam gar, diliz quvnaydi,
Onam ham tinch uyda, sizni o’ylaydi,
Otasiz farzandlar qanday yashaydi,
Suyanchim ham sizsiz, sizsiz do’stim ham,
Farzandim deb o’zni unutgan dadam.
   
Oilangiz baxtiga sog’ bo’ling endi,
Mehnatlariz o’zin mevasin berdi,
O’g’liz ham otam deb ko’kragin kerdi,
Hamma fazilatni o’zda qilgan jam,
Farzandim deb o’zni unutgan dadam .

haqida.uz

Qayd etilgan