G'animatim - otajonim!  ( 68893 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Secret  14 Iyul 2012, 07:24:42


 tanish satrlar
     
     * * *

  Shu kun tunda uch chiziqli daftarimga,
  Oro berib katta-katta harflarimga,
  Xira chiroq yorug'ida ko'z ishqalab —
  Dadamga xat yozmoq uchun surdim qalam:

   "œDadajon!"
Men sizni juda sog'indim.
Sog'indim ikkala ko'zim bilan teng.
Kelib qolarmishsiz ertami-indin,
Ayam shunday dedi,
Rostmi shu, ayting?!
Dada,
U kun sizni tushimda ko'rdim.
Oq otda keldingiz,
So'radingiz suv.
Men buni ayamga gapirib berdim.
Dadang keladi, deb aytdi,
Rostmi shu?..

Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo'ltiqtayog'i bor,
Bir oyog'i yo'q,
Rustam aytib berdi:
Ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o'q"¦
Hol aka qaytgandi uyga to'satdan,
O'g'li, dadajon, deb chopib kelibdi.
Ota quchay desa desa qo'li yo'q ekan,
Tik turgan joyida yig'layveribdi.
Darsga kelmay qoldi
Tunov kun Tal’at,
Muallim urishsa turaverdi jim.
Dadasidan kelgan ekan qora xat.
Hammamiz yig'ladik,
Hatto muallim"¦
Dadajon!
Sizga o'q tegmasin hecham,
Men uchun ham tezroq qayting salomat,
Buvim aytgan,
Agar men tilak qilsam,
Tilagim bo'lardim doim ijobat.
Rost aytaman,
Sizni juda sog'indim,
Sog'indim ikkala ko'zim bilan teng,
Kelib qolasizmi, ertami-indin?
Kutaman,
Dadajon,
albatta keeling".   E. Vohidov

 Alloh ota - onalarimizdan vafot qilganlarni rahmatiga olsin!  :amn3:


Qayd etilgan


Muxsiya  06 May 2013, 17:06:19

Esimni tanibmanki dadam qizlarini mehmondek avaylab hech qachon qattiq gapirmaydi

Qayd etilgan