Munavvar qori Abdurashidxonov. Tajvidul Qur'on  ( 89542 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 07:01:26

31-DARS. TA’AVVUZ, BASMALA

Savol: Ta’avvuz nima?

Javob: اَعُوذُ بِاللهِ مِنَ الشَّيْطٰانِ الرَّجِيمِ (A’uzu billahi minash shaytonir rojim).

Savol: Basmala nima?

Javob: بسم الله الرحمن الرحيم (Bismillahir rohmanir rohim).

Savol: Ta’avvuz aytish qanday amal?

Javob: Qur’oni karim oyatlaridan birontasini o’qiydigan kishiga avvalo ta’avvuz aytish mustahabdir.

Savol: Basmala aytish qanday amal?

Javob: Qur’oni karim suralaridan birini boshlaydigan kishiga basmala aytish sunnat.

Savol: Basmaladagi الرحيمning mimi nechta suraning boshidagi harflarga qo’shilib o’qiladi?

Javob: الرحيمning mimi Qur’oni karim suralaridan 11 suraning boshidagi sukunlik harflarga qo’shilib o’qiladi.

Savol: Ularning 1-si qaysi?

Javob: Fotiha surasi  ( الْحَمْدُ) (Alhamdu)

Savol: 2-si qaysi?

Javob: An’om surasi  ( الْحَمْدُ) (Alhamdu)

Savol: 3-si qaysi?

Javob: Kahf surasi  ( الْحَمْدُ) (Alhamdu)

Savol: 4-si qaysi?

Javob: Anbiyo surasi  ( اقْتَرَبَ لِلنَّاسِ) (Iqtaroba linnasi)

Savol: 5-si qaysi?

Javob: Saba surasi  ( الْحَمْدُ) (Alhamdu)

Savol: 6-si qaysi?

Javob: Fotir surasi  ( الْحَمْدُ) (Alhamdu)

Savol: 7-si qaysi?

Javob: Qamar surasi  ( اقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ) (Iqtarobas sa’ati)

Savol: 8-si qaysi?

Javob: Rahmon surasi  ( الرَّحْمَنُ) (Ar-rohman)

Savol: 9-si qaysi?

Javob: Al-haqqa surasi  ( الْحَاقَّةُ) (Al-haaqqotu)

Savol: 10-si qaysi?

Javob: Alaq surasi  ( اقْرَأْ) (Iqro)

Savol: 11-si qaysi?

Javob: Qori’a surasi  ( الْقَارِعَةُ) (Al-qoori’a)

Savol: الرحيمning mimi nechta surada sukun bilan vaqf qilinib o’qiladi?

Javob: الرحيمning mimi 9 suraning boshida vaqf qilinib, sukun bilan o’qiladi.

Savol: Ularning 1-si qaysi?

Javob: Muhammad (s.a.v.) surasi  ( الَّذِينَ) (Allazina)

Savol: 2-si qaysi?

Javob: Qiyomat surasi  ( لَا أُقْسِمُ) (Laa uqsimu)

Savol: 3-si qaysi?

Javob: Mutaffifiyn surasi  ( وَيْلٌ) (Vaylun)

Savol: 4-si qaysi?

Javob: Abasa surasi  ( عَبَسَ) (‘Abasa)

Savol: 5-si qaysi?

Javob: Balad surasi  ( لَا أُقْسِمُ) (Laa uqsimu)

Savol: 6-si qaysi?

Javob: Bayyina surasi  ( لَمْ يَكُنِ) (Lam yakun)

Savol: 7-si qaysi?

Javob: Takosur surasi  ( أَلْهَاكُمُ) (Alhaakum)

Savol: 8-si qaysi?

Javob: Humaza surasi  ( وَيْلٌ) (Vayl)

Savol: 9-si qaysi?

Javob: Masad surasi  ( تَبَّتْ) (Tabbat)

Savol: Ushbu o’tgan suralardan boshqa suralarning boshida الرحيمning mimi qanday o’qiladi?

Javob: O’tgan 20 ta suradan boshqa suralarning boshida الرحيمning mimi vaqf qilinmasdan kasralik qilib o’qiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 07:02:03

Allohning yordami ila "œTajvidul-Qur’on" darslarini ham nihoyasiga yetkazdik. Kitob muallifi Munavvarqori bobomizdan Alloh rozi bo’lsin! Bilganlarimizga amal qilishlikni Alloh nasib qilsin!

"œQiyomat kunida Qur’on o’quvchi qoriga aytiladi: O’qi va ko’tarilib boraver. Tilovat qil, u dunyoda qandoq o’qigan bo’lsang , oxirgi oyatni o’qigan joyingda sening jannatdagi martabang-manziling bo’ladi"

Ilohim, shunga erishtirsin!

Qayd etilgan



AbdulAziz  12 Iyul 2008, 09:18:23

Tajvidul Qur'on



Muallif: Munavvar qori

Hajmi: 87 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan