Sog'indim.....  ( 212675 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 45 46 47 48 49 50 B


Shokir63  30 Avgust 2013, 20:44:28

Men ham sog'indim. Ota-onam, qarindosh, do'stlar va ular bilan o'tgan damlarni sog'indim. 28-avgust kuni birdan xayolimga sh'er yozish kelib qoldi. Word'ni ochib yoza boshladim, o'z-o'zidan so'g'inch haqida yozib qo'ydim.
Shu she'rni etiborlaringizga havola etaman, albatta kamchilikka boy, tanqidning yo'li ochiq

Ba’zida xayolning belanchagida
Tebranib, sen tomon borib qolaman.
Oyoqlarim kuyar quyosh taftida.
Ko’ksimni to’ldirib nafas olaman.
 
Shunda o’zgaradi batamom borliq,
O’smaning hidiga to’ladi xonam.
Salomimga ham olmasdan alik,
Yig'lab quchoqlaydi mushtipar onam.
 
Shunda ochiladi yap-yangi dunyo,
Har taraftan sochar hidini jannat.
Bilmay qolaman bu o’ngimmi ro’yo.
Bilmayin qolaman, tilimni tishlab.
 
Oh naqadar og’ir bu sog’inch toshi.
Ko’tarmoqqa qalbda qolmadi toqat.
Xoyollarning yo’qtir oxiri-boshi.
Har gal uygonaman onamni qo'msab

Qayd etilgan


Muxsiya  31 Avgust 2013, 08:54:57

Kompdan kirganimda 10 ta rahmatni bosvorardim. Ajoyib she'r chiqibdi.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  02 Sentyabr 2013, 23:26:23

Ramazonni sog'indim... Hali bu darajada sog'inmagandim.

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  13 Sentyabr 2013, 09:33:14

istanbulni sogindim ozgna qoldi hudo hohlasa yetvoliz usha kunlagayam.

Qayd etilgan


Zumrad1995  15 Noyabr 2013, 20:54:55

Singlimni juda sog'indim..
Doim "bo'g'irsog'im mani, o'zimmi bo'luchkam" derdim.:D
Yoshi 10da bo'lgani bilan, semizchada.:)
Doim narsa talashardik, doim men yengilardim.. Kuchim yetmasdi-da.:D
Ikki yuzi qizarib yuradi, ashunga "voy o'zimmi pomidorimmm.." diyardim, u bo'lsa javoban: "voy o'zimmi tuzlangan bodiringim" diyardi.:D
Ismi Robiyada, jig'iga tegib "Robiya enaaa" deb chaqirardim, uyam "ha, acho'v" derdi.:D

Juda,juda,juda sog'indim... Ayam bekorga aytmas ekanlarda, (talashib-tortishib urishganimizda) hali bir-birlaringizga zor bo'lasizlar deb..((

Qayd etilgan


Muxsiya  16 Noyabr 2013, 21:53:52

Talawib tortiwiwniyam bir zavqi bor, aytiwadiku jigarni ozori bor bezori yo'q deb. Gina-qudratlar tezda unutilib ketadi, xuddi tongi wabnam gul changini yuvganidek.

Qayd etilgan