Muallif Mavzu: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!  ( 32565 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #45 : 25 Dekabr 2011, 14:23:09 »

 karisla alkashku..ichvolip kochada baqir chaqir qilib yurishadi..
 kochalarini uzbela tozalavoti de shunga toza..

Shu yerda shu xalqni orasida nasibamni terib yurgan ekanman, shu xalq haqida yomon fikr ayta olmayman. Tuzini yeb, tuzlig'iga tupurishdek bo'lib qoladi. Azaldan xarakterim shunaqa. Shu bilan birga koreyslardan o'zbek xalqi haqida biron marta yomon fikr eshitmadim. "Qayerliksan?" deb so'rashsa "O'zbekman",deyman. "O, O'zbekiston!!! Good!" deb bosh barmog'ini ko'rsatadi. Mexnatdan qochmaydigan, mexmondo'st xalq deb biladi o'zbeklarni.
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #46 : 25 Dekabr 2011, 14:45:08 »

25 dekabr. Koreya. Poyezd ichidan olingan rasm. :)
« So'nggi tahrir: 25 Dekabr 2011, 15:51:47 muallifi Shoxjahon12 »
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #47 : 25 Dekabr 2011, 15:41:06 »



Hozirgina "KBS News"da:"Koreyalik 102 yoshli ayol Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi",deb xabar tarqatdi. Ma'lum bo'lishicha, Koreyaning Jeju orolida istiqomat qiluvchi Mun Kvi Chun ismli 102 yoshli ayol rak kasali operatsiyasidan muvaffaqiyatli chiqibdi. Bu butun dunyoda rak kasalini yengib chiqqan eng yoshi ulug' odam bo'lib chiqyapti. Shu paytgacha o'tgan yili 99 yoshida rak kasali operatsiyasidan omon chiqqan eng qari odam angliyalik odam edi. Xudoning qudratini qarangki, 102 yoshli koreys onahon ancha tetik ko'rinadi. Olloh barchamizni yomon dardlardan asrasin!
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #48 : 30 Dekabr 2011, 01:48:15 »
KOREYALIK SPORTCHI  ROSSIYALIKKA AYLANDI



Koreyalik sportchi An Xyon Su endilikda Rossiya terma jamoasi uchun o'ynaydigan bo'ldi. U 1985 yil Seulda tug'ilgan. An Xyon Su Rossiya fuqaroligini qabul qildi va ismini ham ruschaga moslab Viktor An nomi bilan musobaqalarda Rossiya bayrog'i ostida qatnashadigan bo'ldi. U Torino (Italiya)da o'tgan qishki olimpiadada short-trek bo'yicha 3ta oltin medalga ega chiqqan va 5 marta ketma-ket Jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Yaqinlashib kelayotgan 2014 yili Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan qishki olimpiadada An Xyon Su (Viktor An)dan umidlar katta. U keyingi oydayoq Yevropa chempionatida Rossiya termasidagi debyutini nishonlashi mumkin. Va xatto fevralda Moskvada o'tadigan Jahon birinchiligida endilikda sobiq vatandoshlari bo'lgan koreyalik sportchilarga raqiblik qilishi ham mumkin.

OTABEK YO'LDOSHEV TAYYORLADI
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #49 : 11 Yanvar 2012, 02:19:39 »
KOREYS  ADABIYOTIDAN


СHONG YONG CHEOL



YOMG’IR
(Hikoya)


Ayolim yomg’irli havoni yoqtiradi.
Tashqarida yomg’ir yog’a boshlasa darrov derazani ochib qo’yadi. Yomg’ir tomchilarining osmondan yerga intilishlarini tomosha qilish maroqli, ammo u yomg’ir tomchilarining toshlarga va tuproqqa urilib chiqaradigan tovushlariga maxliyo. Qizlik paytlarida uyining hovli tomonga qaragan eshigini ochib qo’yib uxlaganligiyu, ertalab yomg’ir tomchilariga jodulanib maktabga borishni unutganliklarini ko’p gapirib beradi.
To’yimizdan keyin idoramizga qarashli furgonda uyga kelgan paytimni eslayman. O’shanda ham osmon ko’z yoshlarini to’kayotgandi. Ayolimni bir xursand qilay, degan xayolda birga uyimizga yaqin joydagi tepalikka olib bordim. Men chaqqonlik bilan mashinaning o’rindiqlarini chiqarib yerga qo’ydim va ikkalamiz chalqqancha yotgancha yomg’ir tomchilari yuzimizni silashiga qo’yib berdik…
Qaysidir kafega tushlik qilgani kirganimizda osmon musaffo va tiniq bo’lsa ham yomg’ir yog’ayotgandek tuyulaverdi. Yaxshilab razm solib qarasam, tomdan oqayotgan yomg’irni bir o’zanga solib qo’ygan temir moslama o’rnatilgan ekan. Tomdan sirg’alib tushayotgan yomg’ir tomchilari chilp-chilp etib yerga sakramoqda. Buni ko’rib ayolim to’lqinlanib ketdi:
- Uy qurganimizda xuddi shunaqasidan yasab berishingizni istardim, azizim!
- Albatta. Yigirma to’rt soat yomg’ir tovushi keladigan uy quramiz! - dedim uning yuzidagi quvonchni davomli qilish uchun.
U she’r yozishni yoqtirar, o’rta maktabda o’qib yurgan chog’larida adabiyot muallimasi: ”Qalaming o’tkir!” - deb maqtashi ortidan bir qancha daftarlarni to’ldirganligini tabassum bilan eslaydi.
Yillar o’tdi.
Hozir esa… Biz ko’pqavatli uyning 11-qavatida istiqomat qilamiz. Yomg’ir shovullab yog’masa, uning yog’ayotganligini sezish mushkul. Balkonimizga tunukadan yomg’ir tomchilarini yig’ib, jildiratib turadigan bir narsa o’rnatish niyatim yo’q emas. Lekin hozircha bu xayoldan nariga o’tilmayapti. Yom’gir tomchilari bilan birga ayolimning ilhom parilari ham yo’qolib ketgandek, she’r ham yzomay qo’ydi. Men uchun ilgarilari farishtadek ko’ringan ayolim endi oddiy bir ayolga aylanib qolgandek go’yo: ona bo’lib, ovqat tayyorlaydi, idish-tovoq yuvadi, kir yuvadi, uy tozalaydi, bolalarga qaraydi…
Avvallari e’tibor bermasdim. Hozir esa yomg’ir yoqqan paytlarda ayolimdagi romantik hissiyotlar qayoqqa g’oyib bo’lganligini bilgim keladi va “Nega bunaqa bo’lib qoldi?” - deb xavotir ham olaman.
Kecha ovqat tayyorlayotgan ayolimni bir zum kuzatdim. Qarasam, ovqat tayyorlash ham oson ish emasga o’xshaydi. Sabzavotlarning sarasini tanlab, suvga solib, yuvib… Eh, hisoblashga vaqtim yetmasa kerak. Bir kunda qancha harakat, qancha energiyasini sarf etarkin-a. She’rxonligu yomg’irga maftunlik nima uchun yo’qolganligini tushungandek bo’lyapman. Shoir Xvang Dong Gyuning she’r to’plamidagi “Sevgi qo’shig’i”da shunday satrlar bor:

Guldek toza sevgisin menga bag’ishlab,
Qip-qizil olma kabi beg’ubor yorim.
Javoban idish-tovoq yuvishga tashlab,
Sevgingni oyoqosti qilgan men – zolim.

Endi har xil sovg’alar olib berishlaru muhabbatga to’la issiq nigohlar o’rnini oddiy oilaviy hayot egalladi. She’r yozishlar va yomg’ir tomchilarini avaylab tutadigan nozik qo’llari endi kir buyumlaru idish tovoq yog’laridan sal xiralashib qolgandek go’yo. Nazarimda, sal husnini yo’qotgandek. Lekin baribir u men uchun haqiqiy farishtaning o’zi – bolalarimning onasi.
Yoshlikdagi romantikani ortga qaytarish uchun deraza yonida o’tirib yomg’ir tomosha qilish uchun bir yaxshi kreslo sotib olsammikin-a?!


Koreys tilidan Otabek Yo’ldoshev tarjimasi
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

MUSLIM_uz

  • BoBuR
  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 131
  • -oldi: 133
  • Xabarlar: 263
  • Jins: Erkak
  • Namoz mo'minning meroji!
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #50 : 11 Yanvar 2012, 09:24:18 »
Anionhasio ;D
Gar qullar keksayib qolishsa kuchdan
Hojasi ozot qilar kursatib himmat.
Lek sen holiqim avlosan uz karaming ila qullikta kechti umrim
Ozod et jahannamingdan!!!

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #51 : 23 Yanvar 2012, 14:24:05 »
"SEULLEND"DAN RASMLI REPORTAJ







Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #52 : 23 Yanvar 2012, 14:29:40 »
SEULLEND







Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #53 : 23 Yanvar 2012, 14:34:03 »
SEULLEND





Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #54 : 23 Yanvar 2012, 14:40:02 »
SEULLEND








Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #55 : 23 Yanvar 2012, 14:45:55 »
SEULLEND. BOTANIKA BO'LIMI.







Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #56 : 06 Fevral 2012, 20:55:25 »
Koryo Universiteti (Koreya) 8-10fevral kunlari Toshkentda "Orzularni ushaltirgan koreys tili"nomli konferensiya o'tkazadi.Unda Koreya madaniyati va tili haqida fikr yuritiladi.
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #57 : 07 Fevral 2012, 21:03:07 »
Kelayotgan 25 fevral kuni Koreyaning Chonju shahrida futbol bo'yicha O'zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi.
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #58 : 29 Noyabr 2012, 20:28:03 »


Koreyada ko'rib ko'zing quvnaydigan holatlardan biri... Bir katta supermarketda O'ZBEKISTONdan keltirilgan qovun sotilyapti ekan. 1donasi 9800 won!
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
« Javob #59 : 30 Noyabr 2012, 14:02:19 »
Koreyada ko'rib ko'zing quvnaydigan holatlardan biri... Bir katta supermarketda O'ZBEKISTONdan keltirilgan qovun sotilyapti ekan. 1donasi 9800 won!

Bizning pulga qanchaga to'g'ri keladi?
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

"Forumdan biroz uzoqlashmoqchiman" deganlarga yo'l-yo'riq ko'rsatamiz:)

Muallif AnsoraBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 48
Ko'rilgan: 14822
So'nggi javob 05 May 2012, 16:59:17
muallifi Ansora