KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!  ( 54750 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Shoxjahon12  17 Dekabr 2011, 17:16:48


Eski rasmlardan. Koreya manzaralari.

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2011, 16:22:13

Shoxjahon, bugun Koreyaliklarni "Keranmari" nonushta yeguligini joylagandim forumga, siz yeganmisiz? Mazasi qanaqa?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Dekabr 2011, 07:37:07

Shoxjahon, bugun Koreyaliklarni "Keranmari" nonushta yeguligini joylagandim forumga, siz yeganmisiz? Mazasi qanaqa?
Tuxumli taommi? :D
Tuxum jonu dilim.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Dekabr 2011, 07:43:54


Koreya manzaralari

Qayd etilgan


Ansora  20 Dekabr 2011, 15:12:57

Koreyada bosh ministr (chamamda) o'libdi, xalqi namuncha yig'lamasa...

Bu manzarani ko'rib, Musulmon bo'lganimga yana shukr qildim, dod faryod urguncha duo o'qi, deydigan odam yo'q...achinarli holat.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Dekabr 2011, 05:22:38

Koreyada bosh ministr (chamamda) o'libdi, xalqi namuncha yig'lamasa...

Bu manzarani ko'rib, Musulmon bo'lganimga yana shukr qildim, dod faryod urguncha duo o'qi, deydigan odam yo'q...achinarli holat.
Shimoliy Koreya raxbari Kim Chen Ir 17 dekabr kuni olamdan o'tdi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  22 Dekabr 2011, 07:51:33

Har bir tilning o'ziga xos ibora va uslublari bo'ladi. Jumladan,koreys tilining ham.Qaysi mamlakatga borsangiz shu mamlakat tili va madaniyatini o'rgansa foydadan holi bo'lmaydi.
Kecha bir tanishim telefon qildi:
-Aka, birga ishlaydigan bir koreys:"Seni boshingni kesib tashlash kerak",deyapti. Juda qo'rqib ketyapman. Nima qilsam ekan-a, - dedi ovozi qaltirab. U koreys tilini yaxshi bilar, mayda-chuydasigacha emas. Men uning gapidan kulib yubordim.
-Nega kulasiz? Birov o'laman,desa bu kulaman,deydiya...
Qarasam,astoydil xafa bo'lyapti.
-Ukam, san noo'rin xafa bo'lmaginu, sochlaring o'sib ketganmi?- dedim.
-Ha, nimaydi? Buyog'i xavo sovuq, shunga sartaroshxonaga keyinroq bormoqchiman, dedi u.
-O'sha koreys oshnang "Boshingni kesish kerak",degan iborani aytibdi, bu "soching o'sib ketibdi, sochingni kestir",degan ma'noda keladi,ukam,- dedim tushuntirib.
-Eee, men nima ekan debmana. Bekorga xavotirlanib o'tiribmana,- dedi u. Telefon go'shagidan uning xotirjam tortganligini nafas olishidan sezdim.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Dekabr 2011, 01:58:39

Kecha qor yoqqandi. Havo juda sovub ketdi. Bunaqa sovuq havoda tashqariga chiqqing kelmaydi. Dam olish kunlari issiq uyda kino ko'riiiiiiib o'tirganga yetmaydi.

Qayd etilgan


Solihatun  25 Dekabr 2011, 09:03:08

Koreyslar tarixiy kinolari va seriallari bilan faxrlanishsa kerak a? Shu tarixiy kinolarini suratga oladigan mashxur insonlar va aktyorlari kimlar bilmaysizmi?

Qayd etilgan


ibnUyayna  25 Dekabr 2011, 09:56:36

Koreyslar tarixiy kinolari va seriallari bilan faxrlanishsa kerak a? Shu tarixiy kinolarini suratga oladigan mashxur insonlar va aktyorlari kimlar bilmaysizmi?
googledan qidirib korin..

 (faxrlanmi olsin shu karsla..ozimizda otmagan seraillarri ozbela korvoti dip faxrlanishsa kerede yana bilmadim..man 2 tasini bilaman Pan Gi Mun va Kim De Jun(o'lib ketgan,joyi malum))

Qayd etilgan