KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!  ( 54749 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Shoxjahon12  25 Dekabr 2011, 13:46:32

Koreyslar tarixiy kinolari va seriallari bilan faxrlanishsa kerak a? Shu tarixiy kinolarini suratga oladigan mashxur insonlar va aktyorlari kimlar bilmaysizmi?

KBS,EBS,MBC kabi kanallarda ko'p qo'yiladi seriallar. Kuzatishlarimga asoslanib aytadigan bo'lsam, MBCda ko'proq tarixiy seriallarni qo'yib turishadi. Seriallarning keti uzilmaydi. Bitta serial tugamasdan turib keyingi oyda qaysi serial navbatda turganligini eslatuvchi reklamalar ko'p. O'zbekiston TVsida oxirgi paytlarda koreyslarning tarixiy seriallarini tarjima qilib qo'yish ko'paygan. Ba'zan Koreya TVsida seriallarni ko'rib o'tirib, o'ylab qolaman:"Yana 2-3 yildan so'ng shu serialni o'zbek tomoshabini o'zbek tilida tomosha qilsa kerak-a"...
Seriallarni yaxshi ishlashadi. Bunga gap-so'z yo'q. Lekin o'zimizning ham milliy seriallarimiz ko'paysa undan ham zo'r bo'lardi. Nimaga Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Mirzo Bobur kabi buyuk sarkardalarimiz haqida tayinli filmlar yo'q? Vaxolanki, ular koreyslarning Jumong, Dejoyong kabi sarkardalaridanda buyukroq bo'lishgan. Yoki bo'lmasa Turkistonning Chor Rossiyasi mustamlakasiga tushib qolmasligi uchun astoydil kurashgan Xiva xoni Sherg'ozixon, Olimqul sarkarda (1865 yili Toshkent uchun janglarda ruslarga qarshi kurashgan qo'shin sarkardasi), yoki yaqin o'tmishimizdagi "bosmachilik" deb noto'g'ri talqin etilgan, aslida  milliy istiqlol kurashchilari bo'lgan Madaminbek,Shermuxammadbek kabi qo'rboshilar haqida mubolag'asiz aytishim mumkinki, 1000 seriyalik filmlar olsak arziydi.

Qayd etilgan


Ansora  25 Dekabr 2011, 13:52:25

 :asl3:

Kecha Turk kanalida Janubiy Koreyani ko'rsatishayotgandi, ovqat sotadigan ko'chalari biraz ozoda. Havasim keldi. Baliqlar judayam chiroyli ko'rinardi:)

Non yo'q, dedi ko'rsatuvni olib boruvchi qiz, non olib keling bu yerga keladigan bo'lsangiz, bug'doy yo'qmi deyman?

Keyin o'zimizni Pashmak, Turkcha "pishmaniye" ga o'hshagan dahshat shirinlgi bor edi, yoshgina bola ustalik bilan xamirni minglab toladay ochdi, asalni qotirib qilisharkan, zo'r edi:) yeganmisiz bundan?


Qayd etilgan


ibnUyayna  25 Dekabr 2011, 13:57:27


 karisla alkashku..ichvolip kochada baqir chaqir qilib yurishadi..
 kochalarini uzbela tozalavoti de shunga toza..

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Dekabr 2011, 13:58:13

:asl3:

Kecha Turk kanalida Janubiy Koreyani ko'rsatishayotgandi, ovqat sotadigan ko'chalari biraz ozoda. Havasim keldi. Baliqlar judayam chiroyli ko'rinardi:)

Non yo'q, dedi ko'rsatuvni olib boruvchi qiz, non olib keling bu yerga keladigan bo'lsangiz, bug'doy yo'qmi deyman?

Keyin o'zimizni Pashmak, Turkcha "pishmaniye" ga o'hshagan dahshat shirinlgi bor edi, yoshgina bola ustalik bilan xamirni minglab toladay ochdi, asalni qotirib qilisharkan, zo'r edi:) yeganmisiz bundan?


Mazasi sal g'alatiroq. Shirinlik jonu dilim. Lekin usti yaltiroq,ichi qaltiroq narsalari ko'p. O'tgan safar sirtiga "cake" deb yozib qo'yilgan "shirinlik"ni falon summaga oldim. (Bu yerda oziq-ovqat ancha qimmat:)). Uyga olib kelib ochib yeb ko'rsam ta'mi taxir... Keyin bilsam u narsani bug'doy unidanmas, guruch unidan tayyorlashgan ekan. Shakar ham solmagan shekilli umuman ta'mi yo'q. O'shandan buyon yegulik olishda ancha extiyotkor bo'lib qolganman. (O'sha guruchli "cake"ni mazasini qo'shnimning buldog iti totib ko'rdi)

Qayd etilgan


Ansora  25 Dekabr 2011, 14:00:01


 karisla alkashku..ichvolip kochada baqir chaqir qilib yurishadi..
 kochalarini uzbela tozalavoti de shunga toza..

Forumni ilk qoidalaridan biri boshqa millat vakillarini mazah qilmaslik edi shekilli...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Dekabr 2011, 14:23:09


 karisla alkashku..ichvolip kochada baqir chaqir qilib yurishadi..
 kochalarini uzbela tozalavoti de shunga toza..

Shu yerda shu xalqni orasida nasibamni terib yurgan ekanman, shu xalq haqida yomon fikr ayta olmayman. Tuzini yeb, tuzlig'iga tupurishdek bo'lib qoladi. Azaldan xarakterim shunaqa. Shu bilan birga koreyslardan o'zbek xalqi haqida biron marta yomon fikr eshitmadim. "Qayerliksan?" deb so'rashsa "O'zbekman",deyman. "O, O'zbekiston!!! Good!" deb bosh barmog'ini ko'rsatadi. Mexnatdan qochmaydigan, mexmondo'st xalq deb biladi o'zbeklarni.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Dekabr 2011, 14:45:08


25 dekabr. Koreya. Poyezd ichidan olingan rasm. :)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Dekabr 2011, 15:41:06




Hozirgina "KBS News"da:"Koreyalik 102 yoshli ayol Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi",deb xabar tarqatdi. Ma'lum bo'lishicha, Koreyaning Jeju orolida istiqomat qiluvchi Mun Kvi Chun ismli 102 yoshli ayol rak kasali operatsiyasidan muvaffaqiyatli chiqibdi. Bu butun dunyoda rak kasalini yengib chiqqan eng yoshi ulug' odam bo'lib chiqyapti. Shu paytgacha o'tgan yili 99 yoshida rak kasali operatsiyasidan omon chiqqan eng qari odam angliyalik odam edi. Xudoning qudratini qarangki, 102 yoshli koreys onahon ancha tetik ko'rinadi. Olloh barchamizni yomon dardlardan asrasin!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  30 Dekabr 2011, 01:48:15

KOREYALIK SPORTCHI  ROSSIYALIKKA AYLANDI



Koreyalik sportchi An Xyon Su endilikda Rossiya terma jamoasi uchun o'ynaydigan bo'ldi. U 1985 yil Seulda tug'ilgan. An Xyon Su Rossiya fuqaroligini qabul qildi va ismini ham ruschaga moslab Viktor An nomi bilan musobaqalarda Rossiya bayrog'i ostida qatnashadigan bo'ldi. U Torino (Italiya)da o'tgan qishki olimpiadada short-trek bo'yicha 3ta oltin medalga ega chiqqan va 5 marta ketma-ket Jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Yaqinlashib kelayotgan 2014 yili Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan qishki olimpiadada An Xyon Su (Viktor An)dan umidlar katta. U keyingi oydayoq Yevropa chempionatida Rossiya termasidagi debyutini nishonlashi mumkin. Va xatto fevralda Moskvada o'tadigan Jahon birinchiligida endilikda sobiq vatandoshlari bo'lgan koreyalik sportchilarga raqiblik qilishi ham mumkin.

OTABEK YO'LDOSHEV TAYYORLADI

Qayd etilgan


Shoxjahon12  11 Yanvar 2012, 02:19:39

KOREYS  ADABIYOTIDAN


СHONG YONG CHEOL



YOMG’IR
(Hikoya)


Ayolim yomg’irli havoni yoqtiradi.
Tashqarida yomg’ir yog’a boshlasa darrov derazani ochib qo’yadi. Yomg’ir tomchilarining osmondan yerga intilishlarini tomosha qilish maroqli, ammo u yomg’ir tomchilarining toshlarga va tuproqqa urilib chiqaradigan tovushlariga maxliyo. Qizlik paytlarida uyining hovli tomonga qaragan eshigini ochib qo’yib uxlaganligiyu, ertalab yomg’ir tomchilariga jodulanib maktabga borishni unutganliklarini ko’p gapirib beradi.
To’yimizdan keyin idoramizga qarashli furgonda uyga kelgan paytimni eslayman. O’shanda ham osmon ko’z yoshlarini to’kayotgandi. Ayolimni bir xursand qilay, degan xayolda birga uyimizga yaqin joydagi tepalikka olib bordim. Men chaqqonlik bilan mashinaning o’rindiqlarini chiqarib yerga qo’ydim va ikkalamiz chalqqancha yotgancha yomg’ir tomchilari yuzimizni silashiga qo’yib berdik"¦
Qaysidir kafega tushlik qilgani kirganimizda osmon musaffo va tiniq bo’lsa ham yomg’ir yog’ayotgandek tuyulaverdi. Yaxshilab razm solib qarasam, tomdan oqayotgan yomg’irni bir o’zanga solib qo’ygan temir moslama o’rnatilgan ekan. Tomdan sirg’alib tushayotgan yomg’ir tomchilari chilp-chilp etib yerga sakramoqda. Buni ko’rib ayolim to’lqinlanib ketdi:
- Uy qurganimizda xuddi shunaqasidan yasab berishingizni istardim, azizim!
- Albatta. Yigirma to’rt soat yomg’ir tovushi keladigan uy quramiz! - dedim uning yuzidagi quvonchni davomli qilish uchun.
U she’r yozishni yoqtirar, o’rta maktabda o’qib yurgan chog’larida adabiyot muallimasi: "Qalaming o’tkir!" - deb maqtashi ortidan bir qancha daftarlarni to’ldirganligini tabassum bilan eslaydi.
Yillar o’tdi.
Hozir esa"¦ Biz ko’pqavatli uyning 11-qavatida istiqomat qilamiz. Yomg’ir shovullab yog’masa, uning yog’ayotganligini sezish mushkul. Balkonimizga tunukadan yomg’ir tomchilarini yig’ib, jildiratib turadigan bir narsa o’rnatish niyatim yo’q emas. Lekin hozircha bu xayoldan nariga o’tilmayapti. Yom’gir tomchilari bilan birga ayolimning ilhom parilari ham yo’qolib ketgandek, she’r ham yzomay qo’ydi. Men uchun ilgarilari farishtadek ko’ringan ayolim endi oddiy bir ayolga aylanib qolgandek go’yo: ona bo’lib, ovqat tayyorlaydi, idish-tovoq yuvadi, kir yuvadi, uy tozalaydi, bolalarga qaraydi"¦
Avvallari e’tibor bermasdim. Hozir esa yomg’ir yoqqan paytlarda ayolimdagi romantik hissiyotlar qayoqqa g’oyib bo’lganligini bilgim keladi va "œNega bunaqa bo’lib qoldi?" - deb xavotir ham olaman.
Kecha ovqat tayyorlayotgan ayolimni bir zum kuzatdim. Qarasam, ovqat tayyorlash ham oson ish emasga o’xshaydi. Sabzavotlarning sarasini tanlab, suvga solib, yuvib"¦ Eh, hisoblashga vaqtim yetmasa kerak. Bir kunda qancha harakat, qancha energiyasini sarf etarkin-a. She’rxonligu yomg’irga maftunlik nima uchun yo’qolganligini tushungandek bo’lyapman. Shoir Xvang Dong Gyuning she’r to’plamidagi "œSevgi qo’shig’i"da shunday satrlar bor:

Guldek toza sevgisin menga bag’ishlab,
Qip-qizil olma kabi beg’ubor yorim.
Javoban idish-tovoq yuvishga tashlab,
Sevgingni oyoqosti qilgan men — zolim.

Endi har xil sovg’alar olib berishlaru muhabbatga to’la issiq nigohlar o’rnini oddiy oilaviy hayot egalladi. She’r yozishlar va yomg’ir tomchilarini avaylab tutadigan nozik qo’llari endi kir buyumlaru idish tovoq yog’laridan sal xiralashib qolgandek go’yo. Nazarimda, sal husnini yo’qotgandek. Lekin baribir u men uchun haqiqiy farishtaning o’zi — bolalarimning onasi.
Yoshlikdagi romantikani ortga qaytarish uchun deraza yonida o’tirib yomg’ir tomosha qilish uchun bir yaxshi kreslo sotib olsammikin-a?!


Koreys tilidan Otabek Yo’ldoshev tarjimasi

Qayd etilgan