Vodiy uchrashuvi â„–3 (yohud) Andijonchasiga aqiqada osh.  ( 39534 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


azizbek_mx  15 Noyabr 2010, 12:21:36








Qayd etilgan


azizbek_mx  15 Noyabr 2010, 12:25:16

BATAFSILROQ VAQT TOPISHIM BILAN BAYON ETAMAN

Yoki Mirolim aka, o`ziz izohlavorasimi? ;)

Qayd etilgan


Ansora  15 Noyabr 2010, 13:14:33

 :as:


Rabbim do'stliklaringizni yana ham mustahkamlasin, nazarlardan saqlasin.
Safingiz yana ham ortib boraversin...

 :ms: :ms: :ms:

Qayd etilgan


Chustiy  15 Noyabr 2010, 14:01:02

manda rasmlar ochilmadi :( hech kimni husni jamolini ko'ra olmadim, shunchun rahmat ham yo'q :)
Mirzo poytahtdan ubu kim keldimi?  :o

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Noyabr 2010, 20:24:15

Alhamdulillah, Aqiqani ham eson-omon o'tkazib bugun Toshkentga qaytdim. Internetga ham kompyuterdan kirish boshqacha, mobildan kirib tuzukroq o'qib ham bo'lmaydi : )

Azizbek va Davronbek pataparatlaridan anchagina rasmlarga tushgandik, bir qismi forum yuzini ko'ribdi. qolgan rasmlarni ham qo'yinglar do'stlar, maza qilib ko'raylik : )

Forumdoshlarga rahmat, quvonchimizga quvonch qo'shdi. Maza qilib o'tirdik, to'rtta yangi do'st orttirdim : )
Javlonbekni rasmlar orqali ko'rib yaxshi eslab qolgan ekanman, kelayotganda adashmay tanidim, kulishi o'ziga yarashib turadi.
Kela olmagan forumdoshlar ham ko'p bo'ldi, muammolar chiqib qolibdi... inshaalloh qolganlar bilan Muhammad Sohib qiladigan aqiqada tanishib olamiz.
Davronbek davrani bir qizitib rasmlardan qo'yib, ostiga sharhlar ham bitib o'ting. Hayit kunlari quvonchli o'tsin : )
Iyd Barchaga muborak bo'lsin.

Mirzo poytahtdan ubu kim keldimi?  :o
Yo'q okam, hech kim kelmadi, aniqrog'i kelishi ham kutilmagandi.
Toshqondan tashkilotchilar 3ta, yoshlardan siz, o'rta yoshliklardan Abror aka, katta yoshlilardan Mirzo Kenjabek domla.
Mirzo domla esa og'ir betob bo'lib qolgan ekanlar, shu kunlarda alhamdulillah asta-sekin oyoqqa turmoqdalar. shunga "Uzr bora olmayman, Toshkentda osh bersangiz o'tarman" deb farzandimiz haqqiga duo qilib qoldilar.
Abroraka band ekanlarmi yo aqiqani eshitmadimi bilmadim, keyingi vaqtlarda Forum.Uzchilar bilan qalinroq, biz g'ariblar nazarlaridan tushganmiz : (
Chustiyaka esa hay-haylashimga qaramay Polat Alemdar bilan rasmga tushgani Turkiyaga ketib qoldi : )
Lekin odam kam kelgani bilan juda yaxshi o'tdi, ochig'i begona davrada o'tirganday his qilmay erkin o'tirdik, hammani avvaldan taniydiganday.
shunday uchrashuvlar tez-tez bo'lib tursa go'zal ish bo'lardi.

Qayd etilgan


Abdullоh  15 Noyabr 2010, 20:53:42

Rasmdan xursand ekanliklaring ko'rinib turibdi. Sizlar uchun ham xursand bo'ldik.

Qayd etilgan


Mirоlim  16 Noyabr 2010, 10:47:06

BATAFSILROQ VAQT TOPISHIM BILAN BAYON ETAMAN

Yoki Mirolim aka, o`ziz izohlavorasimi? ;)
Kattalar izoh berishar...
(Davronbekaka ayrim sabablarga ko'ra rasm joylay olmadilar hali zamon o'zlari rasm qo'yip chiroyli izohlar qoldiradi inshaAlloh.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2010, 09:10:58

"Qassob" voqeasi

Hammasi qassob voqeasidan boshlandi. Gergous bergan raqamga qo'ng'iroq qildim. Salom-alikdan so'ng o'zimni obdon tanishtirdim: "Men ziyouz.com dagi Abdulaziz akangiz bo'laman (qayerdan bilay, mendan 3 yosh kattaligini, nikidan yoshroqmikan deb o'yladim) ..."
- Siz Gergoussiz-a?
- Ha.
- Ismingiz nima edi?
- Avazbek.
- Ha, yaxshimisiz? Ishlar yaxshimi? Paxtalar tugab qoldimi?
- Ha, rahmat.
- Ertaga aqiqaga boramizmi?
- Qanaqa aqiqa?
- Mo'min Mirzo chaqirgan aqiqa-chi?
- Kim deysiz?
- Siz o'zi Jo'rjusmisiz?
- Kim?
- Gergous.
- Yo'q, aka, men qassobman...

Bir Damasda naq 12 kishi

O'sha kuni saxarlabdan haqiqiy Gergous bilan tanishib oldim. Kecha men telefon qilgan Avazbek qassobning uzoq qarindoshining qo'shnisining tanishi ekan. Ismi Boburbek ekan. Ul kishi bilan qanday yetib borish rejalarini muhokama qildik. Avvaliga Namangandan Muhammad Sohib va Azizbek_mx bilan birgalikda ko'rishib, Chinobodga yo'l olish maqsadi ila, Marg'ilon-Namangan taksisiga chiqdim. Taksichi yo'lda Ulug'nordan ham Chinobodga marshrutlar borishini, u yerdan borish osonroq ekanini aytdim. Javik ham shu kuni o'sha yerda mehmon ekan. U bilan birga ketmoqchi edig-u, Damasimiz ketib qoldi.
Xullas Ulug'nordan Chinobodga Damasda yo'lga tushdim. Damasda naq 12 kishi o'rin olgandik. Eng qizig'i haydovchi o'rindig'iga ham 2 kishi joylashgandi. Quyuq tuman tushgan, haydpychi omonatgina o'tirib, yo'lni taxminan topib borardi. Men tumanda ko'ra olmagan necha-necha qisgloqlardan o'tib, bechora Damasimiz Chinobod markazida tormozni bosdi.

Aqiqa marosimi

Mo'min Mirzoning farzandlari Umarbekning aqiqa marosimida quyidagi forumchilar yig'ildik:
1. Mo'min Mirzo Andijoniy
2. Javlonbek Andijoniy
3. Mirolimbek Andijoniy
4. Muhammad Sohib Namangoniy
5. Azizbek Namangoniy
6. Boburbek Bo'ziy-Andijoniy
7. Abdulaziz Marg'iloniy.
Bu safar Andijoniylar ko'pchilikni tashkil etdi. Marosim yaxshi o'tdi. Qizg'i suhbatlar bo'ldi. Marosim oxirida mezbonlar bizga hadya taqdim etishdi.
Kulib hazillashdik:
- Mo'min Mirzo, keyingisi endi egizak bo'lsin, shunda hadya ham ikkitadan bo'ladi :)

Masjid ziyorati

Chinoboddagi eng katta masjidlardan biri bo'lgan Mulla Hizr masjidi shahar markazida joylashgan ekan. masjid qurilishi 1990 yillarda boshlanib, hozirga qadar ta'mirlash ishlari olib borilmoqda ekan.
Masjid ichkarisi juda go'zal. Ayniqsa, ustunlari, peshtoqlaridagi o'ymakorlik va naqsh san'atlari bilan boyitilgan kompozitsiya yaxshi taassurot qoldiradi. Ko'pchilikning e'tiborini tortgan yana bir narsa ulkan tasbeh bo'ldi. Tasbeh diametri ikki metrdan iborat bo'lib, toshlari taxtadan yasalgan ekan.
Masjiddagi diqqatga sazovor yana bir joy uning kutubxonasi bo'lib, u yerdan foydalanuvchilar kitoblarni olib, o'sha yerda istalgancha foydalanishlari mumkin ekan.

Masjiddan chiqib, hamma uy-uylari tomon yo'nalarkan, barchaning yuzida tabassum balqib turardi...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  17 Noyabr 2010, 09:42:07

:as:
Rahmatlar hikoyalaru rasmlarga(lekin Abdulaziz aka qo'ygan 1-chi rasm mandayam ochilmadi)...Yaxshi o'tkazib olganilardan benihoya xursand bo'ldik, bizgayam nasib qilsiin...
Jiyanchamiz Umarbek haqiqiy mard o'g'lonlardan bo'lib yetishsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2010, 10:00:00

Ko'rolmay armonda qolganlar uchun (ko'rinadigan formatda :) )


Qayd etilgan