Internet hoshiyasidagi bitiklar  ( 31941 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


T.Yusupov  14 Oktyabr 2010, 00:56:21

Bu manam bitta blog ochib qo'yay.

Rosa forumni sog'inibman.

Ana endi Habrni to'liq ochyapti Chrome brauzerim.

Qayd etilgan


T.Yusupov  14 Oktyabr 2010, 00:59:15

Hozirda kompyuterni tanigan odam antivirus deb dod soladi. Jonga tegdi viruslaringam, antiviruslaring ham. Tushirma, shu savil qolgurdan.

Qayd etilgan


studentcha  14 Oktyabr 2010, 01:13:19

ajoyibku

Qayd etilgan


T.Yusupov  14 Oktyabr 2010, 01:13:43

Twitter deganlari balo. Medvedov ham, Arnold Schwarzenegger ham, Bill Gates ham, men ham twitterga yozib boramiz.

Qayd etilgan


BelleQizcha  14 Oktyabr 2010, 05:12:26

LOL, zo'r blog.

Qayd etilgan


useruz  14 Oktyabr 2010, 06:44:16

Ilhom parilarining eng dahshati studentlik paytida kelarkanmi..

Qayd etilgan


Akbarjоn  14 Oktyabr 2010, 07:08:10

Twitter deganlari balo. Medvedov ham, Arnold Schwarzenegger ham, Bill Gates ham, men ham twitterga yozib boramiz.

Menimcha esa sizni uardan ustun joyiz bo'lsa borki kam joyingiz yo'q

Aytmoqvchi bloglar muborak bo'lsin

Qayd etilgan


T.Yusupov  14 Oktyabr 2010, 08:10:54

Oldin sotkalarimizni domlalar ko'rib qolsa, biz xuddi jinoyat ustida tushib qolgan bo'lardik, hozir esa noutbugimizni ko'rib qolishsa . . .

Lekinchi, baribir rivojlanayapmiz, magistratura bo'lgani uchunmi, noutbuklardan bemalol foydalanamiz. Kecha darsda MacBookimni ochib, ishlab o'tirsam, bir talaba, bu netbukmi deydi. Yo'q, "Olmasevar"larning noutbugi dedim. Mundoq qarab, operatsion sistemaning chiroyliligini ko'rib, shu dasturni flashkamga yozib berolmaysizmi deydi :))

Qayd etilgan


T.Yusupov  14 Oktyabr 2010, 12:34:06

Cafedamiz. Tushlik qilyapmiz. Yemakdan ko'ra, temir-tersak ko'p. iPod, iPhone, iPad va MacBook. Eee bitta iMac yetishmadida.

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Oktyabr 2010, 15:41:04

Assalom aleykum.
T.Yusupov nickini yana qayerda ko'rganman desam twitterda ko'rgan ekanman......
Blog muborak bo'lsin.

Qayd etilgan