Internet hoshiyasidagi bitiklar  ( 31952 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Chustiy  14 Oktyabr 2010, 16:59:30

Assalom aleykum.
T.Yusupov nickini yana qayerda ko'rganman desam twitterda ko'rgan ekanman......
Blog muborak bo'lsin.

wa alaykum assalam
T.Yusupov inet olamida eng mashxur userlardan ishanavering ;)

Blog egasiga:
To'lqinboy bloglar moro bo'sin...

Qayd etilgan


Nоdirbek  14 Oktyabr 2010, 17:49:01

Kecha darsda MacBookimni ochib, ishlab o'tirsam, bir talaba, bu netbukmi deydi. Yo'q, "Olmasevar"larning noutbugi dedim. Mundoq qarab, operatsion sistemaning chiroyliligini ko'rib, shu dasturni flashkamga yozib berolmaysizmi deydi :))
Flashkasini olib,  bitta screenshot olib, joylab bermabsizda :) Litseyga o'qishga kirgan paytlarimda kompyuter bilan tanisha boshlagan edim. Informatika darsida katta kursdagi bolalar, Nfs porsche o'ynini o'ynashardi va chiqib ketishda o'yinni yashirib qo'yishardi. Bir kuni darsga kirib, qarasam, ish stolida yarlik turibdi. Xursand bo'ldimda, kissamdan 3,5 A diskini oldim va diskovodga solib, yarlikni copy, paste qildim va o'zimcha ana endi uyga borib, kompyuterimda mazza qilib o'ynayman dedim. Uyga kelib, diskni solsam yarlik turipti, lekin ochilmadi :) :) :)
Blog muborak bo'lsin!!!

Qayd etilgan


studentcha  14 Oktyabr 2010, 17:57:49

Domla dars o`tyapti, boshqalar odnoklassniki.ru da o`tiribdi...

Domla: Yig`ishtir hammang!!!
Student: Domla, siz ham leksiyani o`sha yerda o`ting! hamma o`sha yerda!!!!

Qayd etilgan


Chustiy  14 Oktyabr 2010, 18:23:24

Cafedamiz. Tushlik qilyapmiz. Yemakdan ko'ra, temir-tersak ko'p. iPod, iPhone, iPad va MacBook. Eee bitta iMac yetishmadida.

Oshxonada o'tirimman, ovqatdan ko'ra idish tovoq ko'p, qozon, o'choq, lagan, kastrilka, bitta tandir yetmayopti holos ;D

Qayd etilgan


Akbarjоn  14 Oktyabr 2010, 20:45:58

Kecha darsda MacBookimni ochib, ishlab o'tirsam, bir talaba, bu netbukmi deydi. Yo'q, "Olmasevar"larning noutbugi dedim. Mundoq qarab, operatsion sistemaning chiroyliligini ko'rib, shu dasturni flashkamga yozib berolmaysizmi deydi :))
Flashkasini olib,  bitta screenshot olib, joylab bermabsizda :) Litseyga o'qishga kirgan paytlarimda kompyuter bilan tanisha boshlagan edim. Informatika darsida katta kursdagi bolalar, Nfs porsche o'ynini o'ynashardi va chiqib ketishda o'yinni yashirib qo'yishardi. Bir kuni darsga kirib, qarasam, ish stolida yarlik turibdi. Xursand bo'ldimda, kissamdan 3,5 A diskini oldim va diskovodga solib, yarlikni copy, paste qildim va o'zimcha ana endi uyga borib, kompyuterimda mazza qilib o'ynayman dedim. Uyga kelib, diskni solsam yarlik turipti, lekin ochilmadi :) :) :)
Blog muborak bo'lsin!!!

Menda shuni sal boshacharog'i bo'lgandi, NFS  o'yinini WinRarda 3.5 mb lik qilib arxivlab flopikda rosa toshigandim, oxiri uddalaganman, ishlaganu xech qancha o'ynamagandim :)

Qayd etilgan


UzMuslim  14 Oktyabr 2010, 21:11:14

Ajoyib Blog Ochilibdiyu Ko'rmey Qolibmiz..Qullug' Bo'lsin T.Yusupov..Qatdadur Ko'rganman Yana SHu nickni....Eslolmadim..

Qayd etilgan


Akbarjоn  14 Oktyabr 2010, 21:23:33

Ajoyibligi to'g'ri :)

biz ham IT va kompiyuterga daxldor qiziqarli voqealar bolsa qo'yib borsak bo'ladimi :)

Kollejda dars berib yurgan vaqtlarimda kompiyuterlarni tuzatish bo'yicha ancha nom chiqarayotgandim, addel kaderimiz bir kuni kelib mendan kompiyuterimini ko'rib berishni iltimos qildi. Fleshkamda ataylabdan olib qo'ygan bir dastur bor edi, bu dasturni ustiga bosilsa rus tilida "Eto virus, vam kones," degan yozuvlar chiqib o'z o'zidan ekran o'chib ketoverad xamda xar xil shokka tushuruvchi, kompiyuterini kelajagi xaqida voximali gaplar yozilaveradi. Ancha maromiga yetganidan keyingina kompiyuter ishlab ketadi :-)
xullas shuni Pusk> pragrammi>avtozagruska deganni ichiga solib qo'ydim. Kompiyuter o'chirib yoqilganida birinvhi bo'lib shu programma ishga tushadigan qilib :-)
keyin uyga ketdim, bularni xammasi esimdan chiqib ketgan edi. ertasiga kollejda xamma yoqda vohima, qandaydir virus taqaganligi kompuyuterni rasvosini chiqarayotganligi xaqida, keyin AddelKadir meni ko'rib qolib iltimos kompiyuterimni yana bir ko'rib bering deb ko'zida yosh bilan bir axvolda muntazir bo'olib qarab turibdi. O'zimni qilgan ishimdan uyalib ketdim, keyin asta bo'lgan voqeani tushuntirib berganmdan keyin xammamiz mazza qilib kulishib oldik. Bir ikki xafta kulib yurdik eslab

Qayd etilgan


T.Yusupov  15 Oktyabr 2010, 00:10:31

Rahmat, azizlarim. Sizlargayam muborak bo'lsin. Sizlar ham bemalol axborot texnologiyalariga, jumladan, kompyuter, internet, temir-tersaklarga oid xohlagan voqealar, hodisalar, qiziqarli va esda qolgan, hayratlantiruvchi va ajablantiruvchi ma'lumotlaringiz bo'lsa, shu yerga jamlashingiz mumkin. Balkim kelajakda "Internet hoshiyasidagi bitiklar" degan kitobcha chiqararmiz :) Orzuga ayb yo'q.


Qayd etilgan


T.Yusupov  15 Oktyabr 2010, 00:13:46


Qayd etilgan


T.Yusupov  15 Oktyabr 2010, 00:18:19

Orzuda ayb bor oka eng kotta ayb shu Orzuda...

Kimni uchratmay IT shnik usta 4 tomon qibla bo'sa agar shu 4 ta tomonda ham IT ustalari...  :1 ;) :D ;D

Siz it ustasi bo'lmangda . . . :-)))

Siz it ustasimas, AKTM bo'ling.

P.S. AKTM - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi

Qayd etilgan