Bir vaqtlar narigi forumda bir voqeani yozgandim, shularni shu yerga kopy qilib qo'ysam ruhsatlariz bilan:Kompiyuter masalasida yana bir narsa esimga tushib ketdi
bilmiyman buni sizlarga kulgulik qilib yetkaza olamanmi yo'qmi, amo o'sha vaqtda rosa mazza qilib kulgandim, xatta osha voqea guvohlari xam mazza qilib kulishgandi
Xullas bilasizlar Kollejda Classter kompiyuterlar bo'ladi, yani bir sinfda Set ga ulangan 12 ta kompiyuter bo'ladi, Bitta Programma bor xuddi Mail. agent.ru ga o'xshiydi faqat internetdan emas Set dan SMS yuboriladi, xullas shunaqa programma o'rnatilgan xamma kompiyuterlarga
u vaqtlar kompiyuter xaqid tasavurlar xozirgu kundagiday emas, kompiyuterdan xamma faqatgina yozish uchungina foydalanadi, boshqa funksiyalarini umuman bilishmiydi
Xullas bir VayeniyRuk domla bor edi katta letinant yoshlari xam katta
Shu desangiz, xonaga kirsam shu kishi o'yin o'ynab o'tiribdi
boshqa kompiyuterga borib o'tirdimda, u kishining kompiyueriga SMS yozdim, Salom Shovkat aka deb
keyin boshqa ishlarimni qilib turovirdim, diqqatim shu kishida, men o'yladimki shu jpydan menga xam qaytarib SMS yuborsa kerak deb, ammo kuzatib turibman u kishi jimib qoldi qimirlamayabdi. keyin kompiyuterni yaxshiroq tushunadi dedimi mening oldimga kelib, menga qarab qarang manabu kompiyuter mani tanirkan desa boladimi, menga qarab salom beryabdi deydi
Men esa bosh kelmasdan, bilmasam xozir kompiyuterlar rivojlanganku, balki shunaqadir dedim
Keyin u kishi yana qaytib joyiga borib o'tirdi. Men yana "Shovkat aka ishlariz yaxshimi, bugun Ped savetda nima gaplar bo'ldi" deb yozib yubordim. Shunda Shovkat aka iye deb yubordi va xayratlanganligidan so;kinvordi (Voyeniy odam og'zi salgina buzug'roq edi
)
Keyin men yana "So'kinishga uyalmiysizmi" deb SMS yubordim. Bu safar u tomonda xech qanaqa ovoz eshitilmadi, sukunat
yana bir SMS yubordim: "Aka yoshiz xam bir joyga borib qolibdi Hudodan qo'rqmiysizmi so'kinishga" deb.
shundan keyin xaligi kishi asta o'rnidan turdida tashqariga chiqib ketdi. Me avva xayron qoldim orqasidan chiqaychi deb chiqsam uni o'zining xonasiga kirib ketdi deyishdi, Asta bilmaganlikka solib o'zimni orqasidan kirdim, kirsam o;ziga yaqin odam bilan gaplashib o'tiribdi, ikalasi tortishishayotgan ekan, narigi she'rigi meni ko'rib qolib oldimga yugurib keldida: "Akbarjon o'ziz ayting kompiyuterda xech qanday aql bolmiydi a, Shovkat aka kompiyuter bilan gaplashdim deyabdi," deydi. Kulvorishimga sal qoldi, Kasbim yuzasidan o'zimni Emotsiyamni boshqara olaman, bo'lmasa baqirvorardim kulgudan
Men yana nima boldi tinchlikmi desam Shovkat aka menimcha bu Xudo yoki Farishtalar bo'lsa kerak, men ular bilan gaplashdim dedida, bitta Baklashkada suv olib tashqariga chiqib ketdi.
Sherigidan nimaga bunaqa qilayotganligini so'rasam, u gunohlarim ko'payib ketganiga Xudo menga xabar yubordi, endi taxorat olib nomoz o'qimasam bo'lmiydi deb taxorat olgani ketdi dedi. Bu men uchun bir tomondan yaxshi edi, ammo u kishi yana shuni aytdiku Shovkat akaning sog'ligi uncha yaxshi bo'lmaganligi uchun sal narsadan fil yasayabdi, tasirchan bo'lib qolgan, u kishini yuragi sanchib turadi dedi
Endi esam men rostaamiga qo'rqa boshladim, shu xazilim sabab bo'lib bir kishini Narigi dunyoga yuborvormay ishqilib deb. Keyin Shovkat akaning orqasidan yugurib chiqib xammasini yotig'i bilan asta tushuntirdim.
Dastlab u menga shunday qaradiki ...
tasavvur qilaolmaysiz. Menga qarab nima deyishni bilmiydi. baqirib XAX!!! dedida kulvordi,
buni iloji boricha boshqa kishilarga aytmaslikka xarakat qildim, Ammo shu 3 kishi yig'ilib qolsak mazza qilib kulamiz eslab