Abdullajonning sarguzashtlari yoxud eng yaxshi til (I qism)  ( 5170 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


T.Yusupov  16 Oktyabr 2010, 21:57:05

Aziz bolajonlar, man hozir sizlarga bir ertak so'zlab beraman.
Yaqin zamonlarda, vodiy tamonlarda Abdullajon ismli yosh dasturchi bo'lgan ekan. Kunlarning birida u qaysi dasturlash tilini o'rgansam ekan deb o'ylab qolibdi.O'ylab-o'ylab dunyo kezishga va qaysi til eng yaxshi ekanligini aniqlashga qaror qilibdi. Yo'lga tayyorgarlik qilibdi, qayerlarga borishni va kimlardan maslaxat so'rashni aniqlab olib yo'lga tushibdi.
Yo'l yuribdi, yo'l yursa mo'l yuribdi. Juda ko'p yuribdi. Ba'zida charchab o'z fikridan qaytmoqchi xam bo'libdi. Ohiri so'ramoqchi bo'lganlaridan birichisi- Yaxyo(Yahoo.com) boboning oldiga kelibdi. U o'z yurtining oqil dono kishilaridan,shu sabab ko'p narsani bilar edi. Ayniqsa uning Aypay(API) degan jini bo'lib unga bir o'giz buyruq yetarli edi. U berilgan buyruqqa asoslanib istalgan narsa haqida ma'lumot olib kela olar edi.
— Manga yordam bering bobo, qaysi dasturlash tili eng zo'r, bilolmayabman. debdi yosh dasturchi.
Shu payt Yaxyo bobo o'z jinini chaqirib unga «programming language» deb baqiribdi. Shu payt osmonni qora bulut qoplab, Aypay tezlik bilan qidirishga tushib, ko'p o'tmay bir dunyo ma'lumot bilan qaytib kelibdi. Yaxyo bobo topilgan natijalarning ichidan eng ko'p nazarda tutilganligiga qarab dasturlash tillarining ro'yxatini tuzib beribdi.

Yahoo


Abdullajon bu ma'lumotni kam bilibdi. Endi u maslaxat so'rash uchun Yaxyo bobo yaqinida turuvchi Graig(Graigslist.org)ning oldiga kelibdi. Bu zot ham dunyoda mashxur zotlardan edi. Kimga xizmatkor-mutaxasis kerak bo'lsa shu odamga murojaat qilar ekan.
-Graig aka, manga yordamiz kerak,qaysi til egalarining bozori chaqqon. deb so'rabdi Abdullajon. Aypay Yaxyo boboga xizmat qilishdan tashqari Graig akaning xizmatida xam ekan. Shu sabab Graig aka «Aypay» deb chaqiribdida ,unga tushunarsiz buyruqni beribdi.
-language programmer -«job wanted» site:craigslist.org
Buyruqdan cho'chib tushgan Aypay darrov ishga tushibdi.Osmonni yana qora bulut qoplab, shamol turibdi va soniyaning ichida Aypay ulkan ma'lumotlar bilan qaytib kelibdi. Graig aka Aypay olib kelgan ma'lumotlarni eng qidiriladigan mutaxasislar bo'yicha saralab quyidagi ro'yhatni tayyorlab beribdi.

Craigslist


-Abdullajon endi qayoqqa borasan? Mani tanishim mashxur kutubxonachi, kitob xam bosib chiqaradi. O'shani oldiga bor undan yaxshi ma'lumot olishing mumkin. Ismi Pavel(Powell's Books — powells.com), qari ingliz. Ko'pchilik Pavel tog'a deb chaqiradi. Shuning oldiga ham borib ko'r, deya maslaxat beribdi Craig aka.


Qayd etilgan