Bolalarda ich qotishi.  ( 79622 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


yoqutxon  23 Oktyabr 2010, 06:13:58

Assalom aleykum. Ushbu mavzu ko'pchilik bolajonlar hamda ularning ota-onalarini qiynaydigan muamo yani bolalarda bo'ladigan qabziyat haqida. Bu mavzuda qabziyat haqida malumotlar va shunga oid maslahatlar berib borishga harakat qilaman. Siz ham aziz forumdoshlar mavzuga oid maslahatlariningiz bo'lsa  o'z ma'lumotlaringizni shu mavzuda yozib qoldirasiz degan umiddaman.

Qayd etilgan


yoqutxon  23 Oktyabr 2010, 06:14:47

Ich qotishi (qabziyat) chaqaloq hayotining ilk kunlarida uchraydi. Bazan go'dakning ikki uch kunlab ichi kelmasligi mumkin.  Qabziyatda bolaning ichi qattiq va quruq bo'ladi.Shunda go'dak qattiq bezovtalanadi kuchanib- tirishib, yig'laydi, terlab holsizlanadi. Agar ich qotishi mumtazam davom etsa ahvoli yomonlashadi.  Ya'ni ahlatning qattiqligi tufayli to'g'ri ichakning shilliq qavati jarohatlanadi.

Nima uchun?
Chaqaloqda ich qotishining bir necha sabablari  bor:
1) Bolani noto'g'ri ovqatlantirish ( masalan, noto'g'ri emizish ) ko'pincha qabziyatga olib keladi.
2) Ayrim onalar bolani emizish bilan birgalikda. Turli hil qo'shimcha ozuqalarni so'rg'ich orqali berishadi. Bu paytda so'rg'ich orqali o'tgan infeksiya bola ichak mikrflorasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada ichak mikraflorasi buzlgani uchun medada oziq moddalar  yahshi hazm bo'lmaydi va yetarlich aso'rilmaydi. Shundan so'ng bolada ich qotadi.
3)Bazan ichaklardagi infeksiya asorat qoldirib, ichak atoniyasi kelib chiqadi va natijada surunkali qabziyat rivojlanadi.
4) Chaqaloqning old qorin mushaklari yahshi rivojlanmagani  uchun u kuchanishga qiynaladi. Natijada tabiiy ravishda bola ichaklarida gaz yig'iladi va ich yurishini qiyinlashtiradi.
5) Bundan tashqari bolaning  qorni to'ymasa ham ichi qotadi.

Qayd etilgan


yoqutxon  23 Oktyabr 2010, 06:15:25

 Qanday yo'l tutish kerak?
Ich qotishini oldini olish uchun har bir ona quyidagi maslahatlarga amal qilishi kerak:
--- chaqaloqni to'ydirib emizing, qorni och qolmasin.
--- chaqaloqni ko'pincha qorni bilan yotqizib qo'ying.
--- bolani qo'ltig'idan ushlab , tanasini harakat qildirish kerak.
--- ichak faoliyatini yahshilash uchun, shifokor bilan maslahatlashgan holda bolaga vitaminlar berib turish kerak.
--- bolaning qornini soat mili bo'yicha asta sekin silang.

 


Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2010, 13:32:33

Bolalarni ichini yumshatish uchun 1 choy qoshig'i zaytun yog'i ichiring.

Qayd etilgan


yoqutxon  23 Oktyabr 2010, 23:00:17

Bolalarda ich qotganda ko'pgina onalar huqna ya'ni klizma qilishga kirishadilar. Lekin bunday holatda klizmalardan foydalanishni tavsiya qilmagan bo'lardim chunki bunda bola organizmida ko'nikish hosil bo'lishi mumkin. Sizga eskittan keladigan bir usulni tavsiya qilaman. Bolaning ichi qotganda  kir sovunli shamchalardan foydalaning. Bunda toza ho'jalim sovunidan yupqa lekin katta to'rtburchak qilib kesib olasiz, keyin  uni o'rab shamcha hosil qilasiz va bolaning to'g'ri ichakkiga qo'yasiz. Bunda bolaning ichi ham tez yumshaydi ko'nikish ham hosil bo'lmaydi.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  27 Noyabr 2010, 10:41:56

Агар-ки, Аллоҳ сақласин аммо снги туғилган, 1 ойликка етмаган болаларда ҳам ич қотиш холати кузатилса, юқоридаги тавсисларни қилиш сринлими?
Яъни асосан қорин билан ётқизиб қсйиш, қслтиғидан ушлаб ҳаракатлантириш каби...

Qayd etilgan


Ansora  02 Dekabr 2010, 14:37:55

Агар-ки, Аллоҳ сақласин аммо снги туғилган, 1 ойликка етмаган болаларда ҳам ич қотиш холати кузатилса, юқоридаги тавсисларни қилиш сринлими?
Яъни асосан қорин билан ётқизиб қсйиш, қслтиғидан ушлаб ҳаракатлантириш каби...

 :as:

Muhammad Sohib, ona sutini emgan bolalarda ich qotishi emas, bazan ich ketishi holatlari kuzatiladi.
Bolalarga esa 1 oydan keyin asta-sekin kichkina mashqlar qilinishi foydadan holi emas. Bolani qorni bilan yotqizsangiz qornidagi damlari ketadi.
Qo'ltig'idan ushlab sekinlik bilan harakat ettiring, bu ham bolani mushaklarini sog'loq qiladi. Onalarimiz bolani beshikdan olgandan keyin turli xil mashqchalar qilishadi:) bilasiz...

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  02 Dekabr 2010, 15:01:37

Odatda chaqaloqqa ona suti yetmasa, yoki qo`shimcha tarzda NESTOGEN kashasi beriladi. agarda miqdor keragidan oshib solib yuborilsa (odatda 100 ml suvga uch choy qoshiq solinadi) ham bolada ich qotishi yuzaga keladi. Aptekalarda mahsus svechalar bor, kirsovundan ko`ra o`shalar havfsizroq.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  12 Dekabr 2010, 13:43:33

Бизда аввалги куни шундай нохуш холат бслди. Кичкинамизнинг ичи 1 сутка давомида келмади. Ҳар турли йсллар ила йиғисини тсхтатиб, ичини келтира олмадик. Мажбур клизма қилинди. Ўша клизмадан кейин кеча кечасигача ҳам ичи келмаган сди, тиббиёт вазелинида кичкинтойни қорнини соат стрелкаси каби оҳиста массаж қилдик. Йиғиси тсхтаб срталабгача безовта бслмади. Шукр-ки, бугун тонгда Аллоҳ енгиллик бериб, болачамизнинг ичлари келди. У кишидан кспроқ биз енгилладик.
Ае скан а бу фарзанд дегани. Ўлурми бсйла :)

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2010, 13:47:31

Muhammad Sohib, Alloh shifo bersin.
Keyin onajon ham yeb-ichganlarida e'tibor berishlari kerak.

O'rik qoqidan tez tez kompot qilinglar.

Bu ona va bolani hazmini qulaylashtiradi.


Qayd etilgan