Muallif Mavzu: Imlo qoidalarini o'rgatinglar.  ( 18046 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Alisher123

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 11
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 17
Imlo qoidalarini o'rgatinglar.
« : 25 Oktyabr 2010, 17:10:35 »
 :bsm:
Assalomu alaykum!

forumdoshlardan yordam berishlarini kutib qolaman.
Men aslida maktab davrida o'qishni o'rniga futbo'l oynab yuravergan ekan man.
shuning uchun men imlo qoydalarini uncha bilmayman.Shunga siz Aziz forumdoshlardan yordam so'rayman.Yana shuki men yaqinda forumga kirdim. Bu juda qulay ekan bilmay yurgan ekanman.
Qani endi meni ustozlarim kimlar bo'lar ekan.

Savol;
1.imlo qoydalariga qanday qoydalar kiradi?
2.Fel,ot,bu qanday qoydalar?
3.Fel,ot qoydalarga o'hshash qoydalar bormi? Bor bolsa ayting
4.qavuslar qaytda,qanaqilib ishlatiladi?
5.   ''qoydalar bormi? Bor bolsa ayting''shu so'zda so'roq belgisidan keyingi sozni boshlanishi katta harf bilan bo'ladimi?
6.   ! shu belgini nomi nima va qaytda ishlatiladi?
7.  - bu chiziqcha qatyda ishlatiladi va nomi nima?

Ush-bu so'zlarimda hato kamchiliklari bo'lsa ayting.
hozircha shu Alloh rozi bo'lsin.
« So'nggi tahrir: 29 Oktyabr 2010, 19:19:35 muallifi Alisher123 »

Shoxruh Mirzo

  • Mehmon
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #1 : 25 Oktyabr 2010, 19:26:25 »
Va alaykum assalom!

O'h-xo!

Sizga birinchi maslahatim o'rta maktabning boshlang'iz va yuqori sinf ona-tili o'quv qo'llanmasini bir o'qib, chiqing.

Savollaringizga ojizona aqlim bilan javob berishga harakat qilaman inshaALLOH!:

1. ...
2.Fe'l, ot bular so'z turkumlari bo'lib so'z turkumlari ma'no va vazifasiga ko'ra 5ga bo'linadi:
1.Mustaqil so'zlar;
2. Yordamchi so'zlar;
3.. Undov so'zlar.
4. Taqlid so'zlar.
5. Modal so'zlar.
 Siz so'ragan fe'l va ot bu mustaqil so'z turkumlariga kiradi.

3. fe'l, ot, sifat, son, olmosh va ravisblar

4. Bu savolingizga kitobni bir titkilash kerak-da...

5. Savolingizni tushunmadim unchalik, agar siz so'roqdan keyin bosh harf bilan yoziladimi demoqchi bo'lsangiz, ha.
(Umuman, shahar nomi; ismlar; joy nomlari bosh harf bilan yoziladi.
Kamchiligi bo'lsa uzr.)

6.!-Bu belgini nomi (undov).Qisqacha:
His-hayajon bilan aytilgan gaplar undov gaplar deyiladi.
M-lan:
-O' bahor keldi!

7. ...Qisqacha:so'z ajratishdami...vallohua'lam aniq esimda yo'q hullas misollar keltiraman:
har-xil; tuk-tuk; yoki bir so'zni yozmoqchisiz ko'p bo'g'inli, yozayotganingizda bir qatorga sig'may qolsa davom ettirish uchun pasgi qatordan yozishingiz kerak. Ushanda usha chiziqcha (-) orqali so'zni bo'lib olishingiz mumkin.
M-lan: Da-
raxt;  Kap-
tar. va h.k.

Javoblardan to'g'ri bo'lsa ALLOHdan, kamchilik bo'lsa, ALLOHdan mag'firat tilab bizni haqqimizga duo qiling!


Alisher123

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 11
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 17
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #2 : 25 Oktyabr 2010, 20:41:51 »
Umringiz va rizqingizga Allohim baraka bersin!
Bunday yordamingiz uchun ajri-savobi ulug' bo'lsin.Rahmat!

Albatta Insha Alloh siz aytgan kitoblardan olib o'qiyman.Va ijozat bersangizlar shu mavzuga ,o'sha kitobdan chunmagan masalalarni so'rayman.Rahmat!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #3 : 26 Oktyabr 2010, 18:36:19 »
1.imlo qoydalariga qanday qoydalar kiradi?

İmlo qoidalari yani Orfografiya juda keng mavzu, agar erinmasdan o'qiyman desangiz bu mavzuda O'zbek grammatikasi kitobidan ma'lumotlar joylayman.

Alisher123

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 11
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 17
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #4 : 26 Oktyabr 2010, 21:52:58 »
1.imlo qoydalariga qanday qoydalar kiradi?

İmlo qoidalari yani Orfografiya juda keng mavzu, agar erinmasdan o'qiyman desangiz bu mavzuda O'zbek grammatikasi kitobidan ma'lumotlar joylayman.

[/quote]

Albatta o'qiymanda saqlab ham olaman.Insha Olloh Juda zo'r ish bo'lardi.Kutib qolaman.Rahmat Olloh rozi bo'lsin

lolo

  • Mehmon
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #5 : 27 Oktyabr 2010, 15:09:13 »
Ko'p kitob o'qisangiz ham shu kabi qoidalarni sekin-asta o'rganib borasiz, so'zlarni to'g'ri yozish, "h" va "x"ni to'g'ri qo'yish, vergul, tire va undalmalardan to'g'ri foydalanish va hokazo. Qolaversa, so'z boyligingiz va dunyoqarashingiz ham boyib, kengayib boradi. Inshaalloh.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #6 : 27 Oktyabr 2010, 15:15:39 »
ORFOGRAFIYA

   Adabiy nutqning og‘zaki va yozma shakllari mavjud bo‘lib, ular ma’lum qonun-qoidalar asosida rivojlanadi. Nutqning og‘zaki shaklida talaffuz me’yorlariga (orfoepiyaga) amal qilinsa, yozma shaklda esa imloviy me’yorlarga (orfografiyaga) amal qilinadi.
   Orfografiya grekcha orphos va grapo so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, «to‘g‘ri yozaman» degan ma’noni bildiradi.
Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga tegishli bo‘lib, so‘zlarni to‘g‘ri yozish, so‘zlarning o‘zak va negizlarini, qo‘shimchalarini, qo‘shma so‘zlarning qo‘shilib yoki ajratib yozilishini, qisqartma so‘zlarning yozilishini, bosh harflarning yozilishini, bo‘g‘in ko‘chirilishini adabiy talaffuz me’yoriga moslab, qoidalashtirib beradigan fandir. Adabiy tilning yozma shaklini ma’lum qonun qoidalar asosida turg‘un holatda ushlab turadigan orfografiyaning qo‘yidagi prinsiplari mavjud: fonetik prinsip, fonematik prinsip, morfologik pгinsip, tarixiy an’anaviy prinsip, etimologik yoki grafik prinsip.

Fonetik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra so‘z yoki uning tarkibiy qismlari qanday talaffuz qilinsa, shunday yoziladi: 1) ko‘k+ga>ko‘kka, tok+ga>tokka, qishloq+ga>qishloqqa kabi; 2) og‘iz+im>og‘zim, o‘g‘il+im>o‘g‘lim, burun+i>burni kabi; 3) yosh+a>yasha, son+a>sana, ong+la>angla kabi; 4)so‘ra+q>so‘roq, qishla+v>qishlov, sayla+v>saylov kabi; 5) ikki+ov>ikkov, etti+ov>ettov kabi; 6) qot+iq>qattiq, achi+iq>achchiq, isi+iq>issiq kabi; 7) ulug‘+ay>ulg‘ay, sariq+a>sarg‘ay kabi.

Fonematik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra harflar so‘z tarkibidagi tovushlar talaffuziga emas, balki fonemalarga moslab yoziladi, ya’ni yozuvda so‘z tarkibidagi fonemaning talaffuzi emas, asli hisobga olinadi: obod>obot, ozod>ozot, mazkur>maskur, fan>pan, fasl>pasl, fabrika>pabrika, harf>harp kabi.

Morfologik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra so‘z va uning qismlari qanday talaffuz qilinishidan qat’i nazar asliga ko‘ra yoziladi: ayt+di>aytti, ket+di>ketti, borib+di>boripti, chop+di>chopti, ish+ga>ishka, ket+gan>ketkan, ket+guncha>ketkuncha, zavod+dan>zavottan, ko‘p+dan>ko‘ptan kabi.

Tarixiy–an’anaviy prinsip. Bu prinsipga ko‘ra so‘z va uning qismlari tarixda qanday yozib kelingan bo‘lsa, hozir ham shunday yoziladi. So‘zlarning tarixiy an’anaviy printsipda yozilishidan ko‘proq uslubiy maqsadlarda foydalaniladi: kelgin||kelgil, kelar||kelur, kelarmi||kelarmu, u||ul, bilan||ila kabi.

Etimologik yoki grafik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra o‘zlashma so‘zlar qaysi xalqning tilidan yoki grafiksidan olingan bo‘lsa, o‘sha qadimgi etimologik yoki grafik holatni saqlagan holda yoziladi: ma’no, she’r, a’lo, muammo, mojaro, fabrika, aeroport, stansiya, telegramma, fotoelement kabi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #7 : 27 Oktyabr 2010, 15:16:54 »

      Unli fonemalarni ifodalovchi harflar imlosi

   Aa harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) old qator keng unlini ifodalash uchun: aka, ona, fan, mana, qalam, paxta kabi; b) ba’zi so‘zlarning tarkibida o ga moyilroq talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi: bahor>bohor, zamon>zomon, savol>sovol, gavda>govda, navqiron>novqiron, mart>mort, zal>zol kabi; d) ba’zi so‘zlarning tarkibida i ga moyilroq talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi: muomala>muomila, muhokama>muhokima, munosabat>munosibat kabi.

   Oo harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) orqa qator keng unlini ifodalash uchun: oila, ona, ota, non, bahor, ma’no, oftob kabi; b) o‘zlashma so‘zlarda: o‘ ga yaqinroq: boks>bo‘ks, tonna>to‘nna, poezd>po‘ezd, opera>o‘pera kabi; a ga yaqinroq: agronom>agranom, gorizont>garizont, doklad>daklat; i ga yaqinroq: traktor>traktir, direktor>direktir, rektor>rektir kabi talaffuz qilinsada o harfi yoziladi.

   Ii harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) qisqa va old qator unlini ifodalash uchun: bilim, bilan, bir, biron, til kabi; b) urg‘uli bo‘g‘inlardagi cho‘ziq i unlisini ifodalash uchun: lirika, Navoiy, tarixiy kabi; d) q, x, g‘ tovushlari bilan yonma-yon kelganda qisqa va qattiqroq aytiladigan i unlisini ifodalash uchun: qizil, qishloq, g‘isht, xirmon kabi; e) rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda Ñ‹ fonemasini ifodalash uchun: vistavka, posilka, vishka kabi.

   Uu harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) bir va ikki bo‘g‘inli so‘zlardagi qisqa u unlisini ifodalash uchun: kun, tun, qurt; ulug‘, urug‘, uzum kabi; b) urg‘uli bo‘g‘indagi cho‘ziq u unlisini ifodalash uchun: arxitektura, struktura kabi; d) tarkibida o, a, u unlilaridan biri bo‘lgan bo‘g‘indan so‘ng v bilan boshlanadigan yopiq bo‘g‘inda keluvchi u fonemasini ifodalash uchun: qovun, sovun, ovul, sovuq, qirg‘ovul, tovush, tarvuz, tasavvur, quvur kabi; e) birinchi bo‘g‘inda, u (yu) kelgan so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida, aytilishiga muvofiq, u (yu) yoziladi: turmush, ulush, butun, buyuk, buyum, yulduz, tugun, gumbur-gumbur kabi; f) so‘zlarning ikkinchi ochiq bo‘g‘inida q yoki g‘ fonemalaridan keyin ham u yoziladi: uyqu, tuyg‘u, urg‘u kabi.

   O‘o‘ harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: bir bo‘g‘inli so‘zlarda, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi o‘ ni ifodalash uchun: o‘t, qo‘l, o‘tin, ko‘mir, to‘qi kabi.

   Ee harfi faqat old qator o‘rta-keng e fonemasini ifodalash uchun yoziladi. Qiyoslang: egat-egat, ekin-ekin, ekspertiza-ekspertiza, lekin-lekin, mehnatsevar-mehnatsevar, elka-yelka, etmish-yetmish, e’lon-e‘lon, she’r-she‘r kabi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #8 : 27 Oktyabr 2010, 15:18:12 »
Kirill yozuvi asosidagi imloga ko’ra Ээ, Ее, Ёё, Юю, Яя harflarining yozlishi:


Ээ harfi qo‘yidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘zlarning bosh qismidagi e fonemasini ifodalash uchun: экин, элак, эртак, экан, этак, экран kabi; b) so‘zlarning o‘rtasida o‘zicha alohida bo‘g‘in hosil qilgan e fonemasini ifodalash uchun: поэзия, поэма kabi; d) so‘z ichidagi bo‘g‘in boshida kelgan  э fonemasini ifodalash uchun: дуэт, дуэль kabi.

Ee   harfi qo‘yidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek, o‘zi alohida bo‘g‘in hosil qiluvchi ye fonemalar birikmasini ifodalash uchun: ер>йэр, ем>йэм, етмиш>йэтмиш, разъезд>разйэзд, елим>йэлим kabi; b) so‘zlarning tarkibida undoshdan so‘ng yoki ikki undosh orasida keluvchi e fonemasini ifodalash uchun: кел>кэл, кeÑ‚>кэт, Ñ‚eÑ€>тэр, меµмон>мэµмон, телефон>тэлэфон  kabi.

Ёё harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek o‘zicha bo‘g‘in hosil qilgan йo fonemalar birikmasini ifodalash uchun: ёш>йош, Ñ‘³>йо³, ёрдам>йордам, аёл>айол, пиёз>пийоз, тайёр>таййор kabi; b) rus tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda o tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun: самолёт>самольот, счёт>счьот, режиссёр>режиссьор, актёр>актьор kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra rus tilidan o‘zlashgan bunday so‘zlar o harfi orqali`   yoziladi. Qiyoslang: режиссёр-rejissor, суфлёр –suflor kabi.

Юю harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek o‘zicha bo‘g‘in hosil qiladigan yu fonemalar birikmasini ifodalash uchun: юз>йуз, юк>йук, юрт>йурт, юлдуз>йулдуз, уюшма>уйушма, июль>ийуль, юрак>йурак kabi; b) rus tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda u tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun: бюджет>бьуджет, брошюра>брошьура, сюжет>сужет kabi.

lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra bunday so‘zlar u harfi orqali yoziladi. qiyoslang: бюджет – budjet, брошюра - broshura, дюжина- dujina, дюйм - duym, сюжет - sujet, шлюз - shluz, этюд– etud kabi.

Яя harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) So‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek o‘zicha bo‘g‘in hosil qiladigan ya fonemalar birikmasini ifodalash uchun: япро³>йапро³, яхши>йахши, жияк>жийак, суяк>суйак, яшил>йашил, ноябрь>нойабрь kabi; b) rus tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda bo‘g‘in o‘rtasida kelib a tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun: октябрь>октьабр, сентябрь>сентьабр, отряд>отрьат  kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra bunday so‘zlar a harfi orqali yoziladi. qiyoslang: октябрь - oktabr, сентябрь - sentabr, отряд - otrad, шляпа – shlapa kabi.


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #9 : 27 Oktyabr 2010, 15:19:47 »
Undosh fonemalarni ifodalovchi ba’zi harflarning imlosi

1.   Bb harfining imlosi: a) ba’zi so‘zlarning oxirida jarangsiz p tarzida aytilsa ham b yoziladi: maktab>maktap, javob>javop, kitob>kitop, yozib>yozip, olib>olip kabi; b) ba’zi so‘zlarning boshida m tarzida aytilsa ham b yoziladi: bunday>munday, bo‘yin>mo‘yin, burun>murun, buyum>muyum kabi.

2.   Jj harfining imlosi: a) qorishiq portlovchi dj undoshini ifodalash uchun yoziladi: javob>djavob, jadval>djadval, jazo>djazo, jamoa>djamoa, janub>djanub kabi; b) sirg‘aluvchi j undoshini ifodalash uchun yoziladi: ajdar, gijda, mujda, jurnal, jyuri, projektor kabi;

3.   Nn harfining imlosi: a) so‘z o‘rtasida b, p, m lab undoshlari bilan yonma-yon kelganda m tarzida aytilsa ham, har vaqt n shaklida yoziladi: shanba>shamba, sunbul>sumbul, manba>mamba, yonbosh>yombosh, aylanma>aylamma kabi; b) so‘z o‘rtasida k, g, q, g‘ undoshlari bilan yonma-yon kelganda, ng tarzida aytilsa ham n yoziladi: ko‘lanka>ko‘langka, alanga>alangga, chanqamoq>changqamoq, qo‘ng‘iroq>qo‘ngg‘iroq kabi.

4.   Xx va Hh harflarining imlosi: a) x harfi qattiq talaffuz etiladigan chuqur til orqa undoshi o‘rnida yoziladi: xabar, xayol, xaloskor, xiyobon, paxta kabi; b) h harfi yumshoq talaffuz etiladigan bo‘g‘iz undoshi o‘rnida yoziladi: havo, hayot, bahor, tahlil, sohibkor kabi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #10 : 27 Oktyabr 2010, 15:20:39 »
So‘z qismlarining imlosi
   

So‘zning o‘zak qismiga turli so‘z yasovchi yoki shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan ularda turlicha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Talaffuzdagi bunday o‘zgarishlar imloda ham o‘z aksini topadi. Masalan: son+a>sana, ong+la>angla, yosh+a>yasha, ot+a>ata, tara+q>taroq, so‘ra+q> so‘roq, chanqa+q>chanqoq, bo‘ya+q>bo‘yoq kabi.

   So‘z qismlarining imlosi haqida fikr yuritilganda amaldagi imlo qoidalari bilan yangi lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari o‘rtasida bir oz farq borligini hisobga olish zarur.

   Amaldagi imloga ko‘ra taqlidiy so‘zlardan fe’l yasovchi                  -илла qo‘shimchasi asliga ko‘ra yoziladi: шарилламо³ ша³Ð¸Ð»Ð»Ð°Ð¼Ð¾³, ³Ð°Ñ€ÑÐ¸Ð»Ð»Ð°Ð¼Ð¾³, шовилламо³, гувилламо³, ²ÑƒÐ²Ð¸Ð»Ð»Ð°Ð¼Ð¾³, гурилламо³, варилламо³, чийилламо³ kabi.
   Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidlariga ko‘ra esa taqlidiy so‘zlardan fe’l yasovchi –illa qo‘shimchasi tarkibida v yoki u tovushi bo‘lgan so‘zlarga qo‘shilganda asliga ko‘ra emas, aytilishiga ko‘ra –ulla shaklida yozilishi belgilab qo‘yildi. Qiyoslang: зувилламоі – zuvullamoq, шовилламоі - shovullamoq, гувилламоі - guvullamoq, Іурилламоі - g‘urullamoq kabi.

   Qolgan holatlarda esa lotin yozuvi asosidagi imloda ham asliga ko‘ra -illa shaklida yoziladi: shaqillamoq, sharillamoq, qirsillamoq, chiyillamoq, g‘izillamoq kabi.
   Ammo  g bilan tugagan ba’zi o‘zlashma so‘zlarda o‘zgarish bo‘lmaydi, g bilan yoziladi: pedagog+ga>pedagogga, xirurg+ga> xirurgga, Lyuksemburg+ga> Lyuksemburgga kabi.

   Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra esa tarkibi g va g‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga g tovushi bilan boshlanadigan -ga,        -gacha, -guncha, -gani, gudek, -gan, -gin, -gina qo‘shimchalari qo‘shilganda aytilishiga mos holda emas asliga ko‘ra yozilishi belgilab qo‘yildi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #11 : 27 Oktyabr 2010, 15:21:36 »
   Tarkibi k yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k tovushi g kabi, q tovushi g‘ kabi aytiladi va shunday yoziladi: chelak+im>chelagim, istak+im>istagim; qishloq+im> qishlog‘im, o‘rtoq+im>o‘rtog‘im kabi.

   Ammo k yoki q undoshi bilan tugagan ba’zi bir bo‘g‘inli hamda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda ham yuqoridagi kabi o‘zgarish bo‘lmaydi: tok+i>toki, chek+im>chekim, o‘q+im>o‘qim, nok+i>noki, sirk+i>sirki, ittifoq+i>ittifoqi, tasdiq+i>tasdiqi kabi.

   Men, sen olmoshlariga –ning, -ni, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda bir n undoshi aytilmaydi va shunday yoziladi: men+ning>mening, sen+ning>sening, men+ni>meni, sen+niki>seniki kabi.

   U, bu, shu olmoshlariga –da, -dan, -day, -ga, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda talaffuzda bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+da>unda, bu+dan>bundan, shu+day>shunday, u+ga>unga, bu+cha>buncha, shu+cha>shuncha kabi.

   Fe’lning orttirma nisbat qo‘shimchasi –dir qo‘yidagicha yoziladi:    a) jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda –tir, shaklida yoziladi: bo‘shat+dir>bo‘shattir, ek+dir>ektirmoq, cho‘k+dir>cho‘ktirmoq, bo‘rt+dir>bo‘rttirmoq, uq+dir>uqtirmoq kabi;  b) jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda –dir shaklida yoziladi: yoz+dir>yozdirmoq, bil+dir>bildirmoq, ol+dir>oldirmoq, sur+dir>surdirmoq kabi. Ammo kel so‘zi bundan mustasno: kel+dir>keltirmoq; v) jarangli undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda –tir shaklida yoziladi: kiyin+dir>kiyintirmoq,cho‘mil+dir>cho‘miltirmoq,
sevin+dir>sevintirmoq, uzay+dir>uzaytirmoq kabi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #12 : 27 Oktyabr 2010, 15:22:46 »
Qo‘shma so‘zlarning imlosi

 I. Quyidagi tarkibdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi:

        1. Tarkibida xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxt, kam, umum, aro, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlardan biri qatnashgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: ishxona, qabulxona, ma’lumotnoma, tabriknoma, sholipoya, g‘o‘zapoya, ommabop, xushxabar, hamdo‘st, hamsuhbat, orombaxsh, kamgap, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, izzattalab kabi.

        2. Ikkinchi qismi –ar (inkor shakli -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: otboqar, o‘rinbosar, molboqar, beshiktervatar, tezoqar, ertapishar, tinchliksevar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi.

        3. O‘xshash, qiyoslash asosida yuzaga keluvchi qo‘shma otlar va qo‘shma sifatlar: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, bodomqovoq, devchechak kabi.

        4. Narsani biror belgisi asosida bildiruvchi qo‘shma otlar: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.

        5. Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qo‘shma otlar: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.

        6. Biror maqsad, ish uchun mo‘ljallangan narsani bildiruvchi qo‘shma otlar: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, ko‘zoynak kabi.

        7. Qaratqich x qaralmish tipidagi birikmaning so‘zga aylanishi bilan Yuzaga keluvchi qo‘shma otlar: mingboshi, shaftoliqoqi, olmaqoqi, qovunqoqi kabi.

        8. Ikkinchi qismi turdosh otlardan yoki obod so‘zi bo‘lgan joy nomlari: Sirdaryo, Kattaqurg‘on, To‘rtko‘l, Yakkabog‘, Yangiobod, Xalqobod, Fayziobod kabi.

Ammo ikkinchi qismi atoqli otlardan bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Qo‘yi Chirchiq, Ko‘hna Urganch kabi.

        9. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida hosil qilingan qo‘shma so‘zlar: kinoteatr, fotoapparat, elektroapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, suvosti, bayramoldi kabi.

       10. Qisqartma otlar qo‘shib yoziladi: O‘zMU (O‘zbekiston Milliy Universiteti), O‘zXDP (O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi) kabi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #13 : 27 Oktyabr 2010, 15:23:55 »
    II. Chiziqcha bilan yozish.
       

1. Juft va takror so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: mehr-oqibat, katta-kichik, el-yurt, asta-sekin, bordi-keldi, don-dun, mayda-chuyda, taq-tuq, qop-qop, baland-baland, chopa-chopa, yura-yura ayrim-ayrim, borib-borib kabi.
Kirill yozuvi asosidagi imloga ko’ra agarda juft so‘z qismlari –у (ÑŽ) bog‘lovchisi yordamida bog‘lansa chiziqcha qo‘shilmaydi: катта-кичик = каттаю кичик, эл-юрт = элу юрт, ор-номус = ору номус, тун-кун = туну кун, кеча-кундуз = кечаю кундуз kabi.
   Lotin yozuvi asosidagi imloda esa bu qoidaga o‘zgartirish kiritilgan, ya’ni juft so‘z qismlari orasida –u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi, deb belgilab qo‘yilgan. 
Qiyoslang:
         ÐšÐ°Ñ‚аю кичик      -      katta-yu kichik
         Ð¢ÑƒÐ½Ñƒ кун            -      tun-u kun
         Ð­Ð»Ð»Ñƒ юрт            -     el-u yurt  kabi.

       2. Amaldagi imloga ko‘ra йилдан – йилга, кґпдан – кґ, кундан - кунга kabi birikmalar juft so‘zlar doirasida qaralgan, shunga ko‘ra chiziqcha bilan yozish qoidalashtirilgan.
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan kundan kunga, yildan yilga kabilar shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, ochdan och kabi birikishlarning chiziqchasiz yozilishi belgilab qo‘yilgan.

   Qiyoslang:
Йилдан-йилга                -      yildan yilga
   ÐšÑƒÐ½Ð´Ð°Ð½-кунга                -      kundan kunga
   ÐÐ°Ñ€Ð¸Ð´Ð°Ð½-бери                -      naridan beri
ТґІридан-Ñ‚Ò‘²Ñ€Ð¸              -      to’g’ridan to’g’ri
Кґпдан-кґп                  -      ko’pdan ko’p
Текиндан-текин             -      tekindan tekin
Янгидан-янги                -      yangidan yangi
Очи³Ð´Ð°Ð½-очи³               -      ochiqdan ochiq

      3. Amaldagi imlo qoidalariga ko‘ra yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha qo‘yilmaydi: 2003 йил,    1 сентябрь kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra bunday o‘rinlarda chiziqcha qo‘yib yozish belgilab qo‘yilgan.
   Qiyoslang:
2003 йилнинг 9 сентябри    --  2003 –yilning 9 –sentabri kabi.
     4. Kuchaytirilgan belgi shakllari chiziqcha bilan yoziladi: qop-qora, yam-yashil, yap-yapaloq, ko‘m-ko‘k, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, yop-yorug‘ kabi.
     5. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida o‘zlashgan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: injener–konstruktor, gramm-molekula, kilovat-soat, changlagich-purkagich, vitse-prezident kabi.


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #14 : 27 Oktyabr 2010, 15:25:30 »
III. Ajratib yozish.

        1. Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: imzo chekmoq, ta’sir etmoq, vafo qilmoq, sotib olmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq kabi.

        2. Belgining ortiq yoki kamligini bildiruvchi och, to‘q, tim, nim, liq, jiqqa, lang kabi so‘zlar bilan kelgan sifat turkumiga oid so‘zlar ajratib yoziladi: och qizil, to‘q qizil, tim qora, nim pushti, liq to‘la, jiqqa ho‘l, lang ochiq kabi.

        3. Har, hech, hamma, ba’zi, g‘ayri, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari yonida kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har zamon, hech kim, hamma vaqt, ba’zi bir, g‘ayri tabiiy, bir qancha, bir yo‘la, bir oz, qay kuni, u erga, bu yoqdan, shu erdan, o‘sha yoqqa kabi.
Lekin birpas, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon (beri) so‘zlari qo‘shib yoziladi.
   Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra biroz so‘zining ham qo‘shib yozilishi belgilab qo‘yilgan.
   Qay so‘zi yer, yoq, yon so‘zlari bilan kelganda bir y tushib qolishi natijasida bu so‘zlar qo‘shib yoziladi:
   Qiyoslang: qay yerda – qayerda, qay yoqqa – qayoqqa, qay yondan – qayondan kabi.
Qaybir, qayvaqt so‘zlari ham qo‘shib yoziladi.

        4. Murakkab sonlarning qismlari ajratib yoziladi: yigirma besh, bir yuz ellik ikki kabi.

        5. Kirillcha yozuv asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra муз ёрар, иш Ñ‘³Ð¼Ð°Ñ, ³Ò‘л ёзма, шер юрак so‘zlari ajratib yoziladi deb belgilab qo‘yilgan. Lekin amaldagi lug‘atlarda turlicha yozib kelingan. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra bu so‘zlarning qo‘shib yozilishi qat’i belgilab qo‘yildi: muzyorar, sheryurak, devyurak, ishyoqmas, qo‘lyozma kabi.

       6. Tojikcha izofali birikmalar ajratib yoziladi: tarjimai hol, nuqtai nazar, oynai jahon, dardi bedavo kabi. Shuningdek, yangi imlo qoidalarida izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida , unli bilan tugagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shilishi belgilab qo‘yildi.
   Qiyoslang: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, oynayi jahon, piri badavlat kabi.

 

O'zbek tilining imlo lug'ati

Muallif AbdulAzizBo'lim Lug'atlar

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 44324
So'nggi javob 17 Iyun 2011, 07:26:44
muallifi NANO
Eng oson tabriknoma tayyorlash yo'lini o'rgatinglar, iltimos:)

Muallif AnsoraBo'lim Darsxona

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 9276
So'nggi javob 26 Iyul 2012, 02:35:39
muallifi azizbek_mx
Imlo xatolari hit-paradi

Muallif МузаффарBo'lim Fotogallereya

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 24110
So'nggi javob 16 Aprel 2017, 18:38:38
muallifi Turonii
Imlo uyalganda

Muallif TuroniiBo'lim Fotogallereya

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1163
So'nggi javob 16 Aprel 2017, 18:31:59
muallifi Turonii