Parhezga o'tganimga mana 22 kun bo'ldi. Orada ochlik ham qilib turibman, Pol Bregg ko'rsatmalari bo'yicha, buni yaqinda bir birodarimiz tavsiya etdilar, Alloh rozi bo'lsin birodarimizdan.
"Asab shikastlangan bo'lsa meditsina sizga yordam bera olmaydi, o'zingizni o'zingiz davolay olasiz, tabiiy ovqatlanish va parhezga o'ting..." deganda hayron qoldim, ovqatlanishim yomon emasku deb. keyin bildimki har kuni ko'plab zaharlarni yutayotgan ekanman.
To'g'ri avval ham ko'p yemasdim, biroz to'laligim bu semirtiruvchi dori-darmonlar (avtohalokatga uchraganimda 17kunlik ovqatsizlikdan tanamda yog' qolmagan ekan) va antibiotiklar ko'p olganimdan, va ko'p o'tirib ishlaganimdan deb bilaman.
Ochlik va parhezni alhamdulillah juda katta nafi tegyapti, avvalo ovozim ochildi, tutilib qolish ham ketdi, yurak atrofidagi og'riqlar ham ketdi, kayfiyat juda ko'tarinki, hayotdan hafa bo'lish yo'q, g'ayrat jo'shib turibdi.
22kun davomida faqat bir marta quyuq ovqat - osh yedim. Shunda ham kungaboqar moyidan qildim, qo'y go'shti o'rniga baliq go'shti soldim (chunki baliq go'shtida holesterin juda kam), tuz umuman solmadim...
Qolgan vaqtlarda sholg'om va qizilchani qaynatib, har hil sabzavotlarni esa homicha istemol qilyapman, mevalar ham kunda 2-3 bor.
Barchaga sog'lom ovqatlanishni, vaqti-vaqti bilan ochlik qilib turishni tavsiya etaman. Hech bir odam sog'lom emas, shuni tushunib yetishimiz kerak, dard ichimizda to'planib keyin birdan ko'pirib chiqadi.
Kundalik taomnomamizdagi asosiy zaharlar:
1. Yog'. Yog'da katta miqdorda holesterin bor. Bu esa yurakka bosim o'tkazadi, qon aylanishi buziladi, qonda holesterin miqdori oshib ketadi, yurak atrofini yog' bosadi, odam hansiraydigan, tez charchaydigan bo'lib qoladi.
2. Tuz. Biz har bir ovqatimizga qoshiqlab tuz solamiz, bilmaymizki tuzni insonga zarracha foydasi yo'q, aksincha suyaklarimizni "gipslab" tashlaydi. Buyrak, qovuqda esa toshlar yig'ilishiga sabab bo'ladi. Suyaklarimiz mo'rtlashib tez sinadi... Ayrim go'shtli a'zolarimizda esa tuz yig'ilib qolib og'riq beradi, va yana ko'plab ziyonlari bor.
3. Kofein. Shokoladlar, kofelarda kofein moddasi anchagina bor. Bu yurakka kuchli bosim o'tkazadi. Kofe ichgan odam huddi kashanda sigareta chekkani kabi biroz dam oladi, lekin yarim soat o'tmay yurak bezovta bo'la boshlaydi, asablar buziladi. Kofein katta dushmanimizdir.
4. Shakar. shu bilan murabbolar, marmaladlar, muzqaymoqlar, shokoladlar, konfetlar, kompotlar, mevali (shakar qo'shilgan) sharbatlar, pirojniylar, qandolat mahsulotlaridan chetda bo'lishimiz lozim, chunki bularda katta miqdorda shakar bo'ladi.
5. Krahmal. Krahmal oshqozonda hazm bo'lmaydi, aksincha ichaklarga yopishib qolib oshqozonni qiynab qo'yadi. Shuning uchun oliy navli unlardan chetlandim, tabiiy, qayta ishlanmagan tegirmon unidan non qilib yemoqdamiz. halq tilida Zog'ora non ham deyilsa kerak.
6. Konservalar, dudlangan yaxna go'shtlar (qazi qarta, kolbasalar), sut mahsulotlaridan pishloq, qaymoq, yog'lar ham zararli.