Assalamu alaykum. Hayrli kun. Ishtiyoq bo'lmasakan sizzi ming urib bo'masayam o'sha kitobni o'qishga yoki buyurilgan yohud ixtiyoriy kasb egallash qo'lizdan kemidi. Man hayron qolamande yoshi 30 ga borib qolgan oila boshliqlariyam ota-onasiga orqa qilib na biror hunar egallagan, ota onasi hali ham uyli joyli, bola-chaqali bola/ini deb tinmay mehnatda. Odamzotga 1 marta yashash imkoniyati berilganakan undan unumli foydalanib, yoshligini ilmga bag'ishlab, mehnatda o'tkazsa bo'ladiku? Ba'zilarda farosat degan narsa mutlaqo yo'q! Hay undo qima bu ish noto'g'ri, Qur'on oyatlari qog'ozi yerga tashlama, nohalol yerga olib kirma, desangiz ham odamda farosat bo'masa qiyinakan. Qiziqishni uyg'otsa bo'ladi. Odam o'ziga bog'liq. Ba'zan hayotda yoqtirmagan ishizga kuniz qob ketadi, shunda o'sha qiziqishiz bo'lmagan kitob, yoki kasb sizga asqotadi. Odamda qiziqishni uyg'otsa bo'ladi...